Reja: Avtomobil servisi xizmatining sifati to‘g‘risida tushuncha. Ishlar sifati va xizmat madaniyati


Download 450.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi450.63 Kb.
#1507906
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu



2-Modul: Avtomobil servisiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi 
xujjatlar 
 
Reja: 
1. 
Avtomobil servisi xizmatining sifati to‘g‘risida tushuncha. Ishlar sifati 
va xizmat madaniyati. 
2. 
Davlat, tarmoq va korxonalarning xizmatlari sifatini belgilovchi va 
kafolatlovchi standartlari, xavfsizlik va ekologik talablari. 
3. 
Avtoservis xizmati sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik-
texnologik hujjatlar. 
1. Avtomobil servisi xizmatining sifati to‘g‘risida tushuncha. Ishlar 
sifati va xizmat madaniyati. 
Mamlakat avtomobil transportining keskin o‘sishi sharoitida moddiy-texnika 
va mehnat resurslarini tejashni ta`minlovchi omillardan biri - bu avtotransport 
vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash sifatini oshirishdir. 
Bozor munosabatlarining chuqurlashishida bu yo‘nalish o‘z ahamiyatini 
yanada oshiradi, chunki sifatsiz TXK va JT qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi
avtoservis korxonasining obro‘sini tushiradi va mijozni yo‘qotishga olib keladi. 
Maxsulotning navi, sinfi uning ajralmas xususiyati bo‘l-gani holda sifat – bu 
mahsulotni xaridor talabiga qanday javob berishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir.
Mahsulotning sifati deganda uning nimaga mo‘ljallan-ganligiga qarab, 
belgilangan talablarni qoniqtiruvchi xususiyatlar majmuasi tushuniladi. “Yomon”, 
“yaxshi” va “a’lo sifatli” terminlar qo‘llanishi mumkin. 
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sifatini boshqarishda 
asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, avtomobil va uning agregat hamda tizimlarining 
texnik holat darajasi qabul qilinadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga chidash va unda muvaffaqiyatli 
kurash olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga qo‘yilgan tovar yoki 
xizmatning yuqori sifatli bo‘lishi va unga beriladigan kafolat hisoblanadi. 
Avtoservis xizmati ham bu qoidadan holi emas, chunki mijozlar avtomobillariga 
ko‘rsatila-yotgan xizmatlarning sifati xizmat ko‘rsatuvchilarning bozordagi
tadbirkorlik faoliyatidagi muvaffaqiyatlari garovidir. Xizmat ko‘rsatish sohasida, 
jumladan, avtoservis xizmatida ham, sifat ikki qismdan, ya`ni avtomobilda 
bajarilgan ishlarning sifati va avtomobillar egalari-mijozlarga qilinadigan muomala 
madaniyati hamda qulayliklardan iboratdir.
Avtomobillarga TXK va ularni ta`mirlash miqyosida bajariladigan ishlar 
texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga 
rioya qilingan holdagina bajarilsa, bunday bajarilgan ishlarni sifatli deb tan olish 
mumkin. Masalan, avtomobil motorining blok kallagi alyuminiy qotishmasidan 
tayyorlangan bloklarda sovuq holdaligida qotirilsa, cho‘yan qotishmasidan 
tayorlangan bloklarda issiq holdaligida qotiriladi (bu texnik shart), qotirish 
o‘rtadagi shpilg’kadan boshlab shaxmat usulida bajariladi (bu texnologik talab), 


qotirish momentli “GAZ-53” motori uchun 67-72 Nm, “Zil-130” motori uchun 
70-90 Nm va “GAZ-24” motorlari uchun 73-78 Nm bo‘lishi (bu texnik talab).
Har bir sohadagi kabi servis xizmati ko‘rsatishda ham sifat muammosini 
yechishda xar tomonlama yondoshish talab etiladi, ya`ni bir necha o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan masalalarni ketma-ket yoki parallel ravishda hal etish zaruriyati paydo 
bo‘ladi. 

Download 450.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling