Reja Axborot texnologiyalari biznes jarayonlarini boshqarish Axborot texnologiyalari rivojlanishining tendentsiyalari


Nazariyalar va tushunchalarni qo'llab-quvvatlash


Download 198.81 Kb.
bet3/3
Sana17.02.2023
Hajmi198.81 Kb.
#1208966
1   2   3
Bog'liq
laylo biznes

Nazariyalar va tushunchalarni qo'llab-quvvatlash

Boshqarish oralig' nazorat qilish muddati - bu rahbarning tarkibiy tuzilmada boshqaradigan bo'ysunuvchilar soni tashkilot. Biznes-jarayon kontseptsiyasini joriy etish tashkilotning tarkibiy elementlariga va shu bilan birga nazoratning ta'sir doirasiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.[27]


Bozor sifatida tashkil etilmagan yirik tashkilotlar kichikroq bo'linmalarda tashkil etilishi kerak - bo'limlar - bu turli xil printsiplarga muvofiq belgilanishi mumkin.

2.Axborot texnologiyalari rivojlanishining tendentsiyalari

Axborotni boshqarish tushunchalari


Axborotni boshqarish va unga tegishli tashkilotning infratuzilma strategiyalari, "biznes jarayonlarini IT tomonidan qo'llab-quvvatlash darajasini o'lchash uchun asos" ni talab qiladigan biznes jarayoni kontseptsiyasining nazariy asosidir.[28]
Horijiy mutahassislar axborot texnologiyalari rivojlanishining beshta asosiy tendentsiyalarini ajratib ko’rsatadi:
1. Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. Axborot vositasi ko’rinishidagi axborot mahsuloti, ekspert ta’minoti xizmatining ma’lumotlar bazasi strategik ahamiyat kasb eta boradi. Turli shakldagi (nutq, ma’lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish, ko’rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko’ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda mahsulotni etkazib berish vositasi mavjud bo’ladi. Axborot mahsuloti borgan sari yakka foydalanuvchiga taqdim etiladigan o’ziga xos xizmat va hisobot-tahlil ishlari natijalari o’rtasidagi gibridga aylanib bormoqda.
2. Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o’rtasida ideal tarzda almashuvini o’tkazish imkoniyati ilg’or texnologik muammo kasb etadi. Axborot mahsulotlarini qayta ishlash va uzatish muammosi ularning kelishi va tez harakatlanishi bo’yicha to’liq muvofiq bo’lishi lozim.
3. Oraliq bo’g’inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so’ngra, axborot manbai yo’lidan iste’molchiga qarab (ya’ni, bu sohadagi etkazib beruvchi va iste’molchilar) oraliq bo’g’inlar tugatiladi. Masalan, muallif va o’quvchi, sotuvchi va haridor, qo’shiqchi va tinglovchi, o’qituvchi va o’quvchi yoki iqtisodiy ob’ektlarda mutahassislar o’rtasida videokonferentsiya, e.
4. Konvergentsiya. Konvergentsiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq yo’qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi, firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi.
SHunday qilib, yangi axborot texnologiyalari – bu dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o’tish asosidir.
Mazkur tendentsiyaning biznesda qo’llanilishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi:
 har bir ish o’rnida resurslar etarli bo’lganda axborotni qayta ishlash uchun taqsimlangan shaxsiy (personal) hisoblashlarni amalga oshirish;
 xabarlarni jo’natish uchun ish o’rinlari birlashganda kommunikatsiyaning rivojlangan tizimini yaratish;
 iqtisodiy ob’ekt axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global kommunikatsiyalarga ega bo’lishi;
 elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;
 iqtisodiy ob’ekt integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo’g’inlarni bartaraf etish.lektron kiosk, elektron pochta tizimi orqali bevosita muloqot qilish imkoniyati tug’iladi.
5. Globallashtirish. Iqtisodiy ob’ekt yo’ldosh aloqa va Internet tarmog’idan foydalanib axborot texnologiyalari yordamida hohlagan joyda va hohlagan paytda ish 208 olib borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday nuqtasidan turib o’zaro muloqot qilish imkoniga ega.
Bu holatda doimiy va yarim doimiy harajatlar yanada keng geografik mintaqada taqsimlanish hisobiga ustuvorlikka ega bo’ladi, Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar: texnik ta’minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi, dasturiy ta’minot texnologiyasi.
Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining 205 aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularning ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi [18,19].
Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o’z vaqtida ishonchli va kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan ofislar tashkil etish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llagan holda tezkor majlislarni o’tkazish uchun mo’ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Jahondagi iqtisodiy vaziyatni tahlil etish shuni ko’rsatmoqdaki, jahon iktisodiy tizimi zamonaviy axborotlashgan jamiyatga kirib borayapti. Bunday jamiyat elektron mehnat qurollariga asoslangan bo’lib, sifat jihatidan yangi boshqarish apparati hamda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng miqyosda samarali foydalanish kabi jihatlari bilan tavsiflanadi. Kirib kelgan yangi asrda jahon mamlakatlari iqtisodiy o’sishining asosiy sharti - bu ularning barcha sohalarni qanchalik darajada kompyuterlashtirishi bo’lib qoladi .
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning bank, buxgalteriya, marketing , ta’lim,ishlab chikarish va boshqa sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko’lamda kirib kelmoqda. Respublikamizda yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratish bu milliy iqtisodiyot axborotlashtirish makonini tashkil qiluvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Yagona iqtisodiy axborot tizimini yaratishdan asosiy maqsad hozirgi sharoitda vazirliklar, idoralar va bank tizimini bir-birlari bilan aloqalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil qilishdan iborat bo’lib, bunda axborotni yig’ish, jamg’arish, saqlash va tahlil qilish jarayonlarini shakllantirish hisoblanadi.
SHunday kilib , axborot texnologiyalarini turli sohalarga qo’llash yuksak samaralarni beradi. Masalan boshqaruv tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi:
 boshqaruv darajasi miqdori qisqarishi
 ma’muriy harajatlarning kamayishi
 o’rta boshqaruv bo’g’ini xodimlarining ishdan ozod bo’lishi;
 avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni qo’l mehnatidan ozod qilish, intellektual faoliyat uchun vaqt qolishi;
 matematik uslublar va intellektual tizimlarni tatbiq etish
 hisobiga boshqaruv vazifalarini hal qilishning oqilona variantlariga ega bo’lish;
 zamonaviy tashkiliy tuzilma yaratiladi;
 avtomatlashtirilgan texnologiya tashkiliy jihatdan moslashuvchanlikni yuzaga keltiradi;
 ish unumdorligining oshishi.
 vaqtni iqtisod qilish;
 boshqaruvchilar malakasi va kasbiy bilimining oshishi;
 raqobatchilik avzalligi kuchayadi;
 tushum, daromad ko’payadi, ortiqcha harajat kamayadi.
Axborot tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi:
 axborot oqimi tuzilmasini takomillashtirish;
 elektron pochta yordamida samarali muvofiqlashtirish;
 ishonchli axborot bilan ta’minlash;
 ma’lumotlarni qog’ozda tashuvchilarni optikmagnitli tashuvchilarga almashtirish axborotlarini kompyuterda qayta ishlashni oqilona tashkil etishga va qog’ozdagi hajmining kamayishiga olib keladi;
Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi:
 loyihalashtirish va ishlab chiqarish vaqtining qisqarishi;
 mahsulot nisbatan ko’proq qayta ishlanishi natijasida yanada ishonchli bo’ladi, buzilib qolganda ko’p turib qolmaydi, ya’ni oson ta’mirlanadi;
 mahsulotning foydali xususiyati va undan foydalanish imkoniyati kengayadi;
 ish hajmi va buyurtmalarni qabul qilish, qayta ishlash va boshqarish harajatlari qisqarishi;
 iste’molchilarga namunaviy xizmat ko’rsatish;
 ish unumdorligining oshishi;
 tovar va xizmat sifatining oshishi;
 moddiy-texnik ta’minotni ratsionallizatsiyalash (oqilona tashkil etish);
Marketing sohasiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi:
 mahsulotni tarqatishga kam vaqt ketishi;
 yangi bozorlarni izlab toppish
 mahsulot iste’molchilarini identifikatsiyalash imkoniyati;
 axborot olish va tarqatishning yangi imkoniyatlarini yaratish;
 savdoni qo’llab-quvvatlash;
 buyurtmachilar bilan nisbatan samarali o’zaro hamkorlik qilish;
 talabga nisbatan moslashuvchanlik bilan javob berish qobiliyatining oshishi va iste’molchilar yangi istaklarining qondirilishi
Ta’lim sohasiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo’llash quyidagi natijalarni beradi:
 Ta’lim sifati ,samaradorligi oshadi;
Uzoq masofadan turib,bilim olish mumkin;
 Masofaviy ta’lim tizimini tashkillashtirish mumkin;
 Xohlagan vaqtda, xohlagan joyda shug’ullanish imkoniyati. Fanni egallashga ajratilgan vaqtning chegaralanmaganligi.
 Bir vaqtning o’zida o’quv axborotlarining bir qancha manbalariga (elektron kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari va h.k.), o’quvchilarning ko’pchiligi murojaat qilishi.
Aloqa to’rlari orqali bir-birlari va o’qituvchilar bilan muloqatda bo’lishi.
 O’quv xonalari, texnika vositalaridan samarali foydalanish, o’quv axborotlari mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan holda taqdim qilish va unga mulьti erishish o’quv jarayonlarini tashkil etish harajatlarini kamaytirish.
 O’quvchining qaerda yashashidan, sog’lig’ining holati va moddiy ta’minlanganligidan qat’i nazar, ta’lim olish imkoniyatidagi tenglik va xakozo .
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy axborot texnologiyalaridan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish – iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim omillardan bo’lib hisoblanadi.
Download 198.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling