Reja: Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi


O‘z DSt 1105:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi”


Download 254.67 Kb.
bet8/15
Sana09.02.2023
Hajmi254.67 Kb.
#1180954
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Mavzu 3.36

O‘z DSt 1105:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi”
Ushbu « Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi» ( MShA) standarti elektron ma’lumotlarni muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan kriptografik algoritmni ifodalaydi. MShA - simmetrik blokli shifr bo‘lib, axborotni shifrmatnga o‘girish va dastlabki matnga o‘girish uchun foydalaniladi. MShA 256 bit uzunlikdagi ma’lumotlar blokini shifrmatnga o‘girish va shifrmatnni dastlabki matnga o‘girish uchun 256 yoki 512 bit uzunlikdagi kriptografik kalitdan foydalanishi mumkin.
Standart, elektron hisoblash mashinalari ( EHM) tarmoqlarida, alohida hisoblash komplekslari va EHMda axborotga ishlov berish tizimlarida axborotni shifrlashning yagona algoritmini o‘rnatib, ma’lumotlarni shifrlash qoidalarini belgilaydi.
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi dasturiy, apparat yoki apparat-dasturiy kriptografik modullarda amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Tashkilotlar, korxonalar va muassasalar EHM tarmoqlarida, alohida hisoblash komplekslarida yoki EHMda saqlanuvchi va uzatiluvchi ma’lumotlarning kriptografik muhofazasini amalga oshirishda mazkur standartdan foydalanishlari mumkin.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
O‘z DSt 1047:2003 Axborot texnologiyalari. Atamalar va ta’riflar.
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.
O‘z DSt 1106:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Xeshlash funksiyasi” Ushbu standart axborotni qayta ishlash va muhofaza qilishning kriptografik metodlarida, shu jumladan avtomatlashtirilgan tizimlarda axborot uzatish, qayta ishlash va saqlashda elektron raqamli imzo (bundan keyin - ERI) protseduralarini amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan ikkilik simvollarining istalgan ketma-ketligi uchun xeshlash funksiyasining ( bundan keyin - XF) algoritmini va hisoblash protsedurasini belgilaydi.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
GOST 28147-89 Sistemы obrabotki informasii. Zaщita kriptograficheskaya. Algoritmы kriptograficheskogo preobrazovaniya
O‘z DSt 1047:2003 Axborot texnologiyalari. Atamalar va ta’riflar
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Atamalar va ta’riflar

Download 254.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling