Reja: Axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi
Xavfsizlik siyosati modellari bo‘yicha xulosalar
Download 254.67 Kb.
|
Mavzu 3.36
Xavfsizlik siyosati modellari bo‘yicha xulosalar.
Xavfsizlikning diskretsion va mandatli siyosatlari mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimlarda qabul qilingan an’anaviy mexanizmlarga mos keladi. Diskretsion modellar uchun ob’ektlarga (fayllarga) xuquqlar ular tegishli bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidan tayinlanadi, jarayon vakolatlari esa uni foydalanuvchi nomidan bajarilayotgan foydalanuvchi identifikatori orqali aniqlanadi. Mandatli model uchun ob’ektlarning xavfsizlik darajasi ularda saqlanayotgan xujjatlarning maxfiylik grifiga mos keladi, sub’ektlarning xavfsizlik darajasi esa foydalanuvchilarning “ruxsat(dopusk)” kategoriyasiga asosan aniqlanadi. Aksincha, rolli siyosat xavfizlikning tatbiqiy siyosatini akslantiradi. Shu sababli bu siyosatda aniq moslik mavjud emas. Ushbu siyosatni amalga oshirish mexanizmini tatbiqiy masala shartlari hamda rollar va vakolatlarni tayinlash metodikasiga asosan ishlab chiqish zarur. Modellarning turli-tumanligi va ularni amalga oshirishdagi yondashishlarning ko‘pligi qaysi modellar boshqalaridan yaxshi va qaysilarini u yoki bu holda ishlatish afzal hisoblanadi mazmundagi savol tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Bu savolga javob quyidagicha. Xavfsizlik – taxdidlarga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatish. Shu sababli xavfsizlik modelining o‘zi himoyani ta’minlamaydi, faqat tizim arxitekturasining asos bo‘ladigan prinsipini taqdimetadi. Bu prinsipning amalga oshirilishi modeldagi mavjud xavfsizlik xususiyatini ta’minlaydi. Demak, tizimning xavfsizligi bir xilda uchta omil orqali aniqlanadi: modelning xususiyati, uning tizimga ta’sir etuvchi taxdidlarga adekvatligi va tizim qanchalik korrekt amalga oshirilganligi. Axborot xavfsizligi nazariyasi sohasidagi turli-tuman nazariy ishlanmalarning mavjudligi ma’lum taxdidlarga adekvat modelni tanlash muammo emas, oxirgi hal etuvchi so‘z tanlangan modelni himoyalangan tizimda amalga oshirishda qolgan. Download 254.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling