Reja: Axloq tarbiyasi haqidagi tushuncha. Axloq haqida mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning fikrlari


Maktabda axloq tarbiyasining maqsad va vazifalari hamda yo'nalishlari


Download 68 Kb.
bet2/5
Sana19.10.2023
Hajmi68 Kb.
#1709717
1   2   3   4   5
Bog'liq
1407842776 58629

16.2. Maktabda axloq tarbiyasining maqsad va vazifalari hamda yo'nalishlari
O'quvchilarning axloqiy tarbiyasi maktabning etakchi vazifalaridan biridir. Axloq tarbiyaning mohiyati o'quvchilarda axloqiy - ongni, odob tuyg'ularini; xulq - atvor ko'nikmalari va odobini shakllantirishdan iborat.
Shaxsning axloqiy kamoloti faoliyat jarayonida ro'y beradi. Chunki har qanday faoliyatning axloqiy jihati bo'ladi. Maktab o'quvchilari faoliyat jarayonida o'zlashtirilgan axloqiy normalar va talablar asosiga quriladigan va axloqiy prinsiplar bilan yo'lga solib turiladigan axloqiy muomalaga jalb qiladilar. Axloq bizning hayotimizga va ongimizga faol tasir etadi, kishilik jamiyati nomidan yaxshilik bilan yomonlik, adolat bilan adolatsizlik, mehr bilan zulm o'rtasidagi va insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan ishlarni, hatti - harakatlarni belgilab beradi. Huquq normalariga zid hatti - harakat axloqsizlik harakati deb qaralanadi. Shunisi ham borki, huquq majburiy bo'lsa. axloq ixtiyoriydir. Sharq mutafakkirlari axloqni ikkiga ajratishadi. Axloqli, axloqsiz, yaxshi yoki yomon axloqli singari.
Axloqiy munosabatlar - bu jamiyatga, mehtatga, odamlarga va qolaversa, har bir kishining o'ziga munosabatidir.
Karimov ta'kidlaganidek, "Axloq - ma'naviyatning o'zagi". Ma'naviyat - ilm va amal birligi bo'lsa, axloq bevosita har bir shaxsning o'zgalarga nisbatan ma'naviy munosabatini anglatadi. Axloq ma'naviyatning amalidir. U avvalo insof va adolat tuyg'usi, imon va halollik kabi amaliy ma'naviyatning o'zak tushunchalari bilan bog'liq ma'naviyat o'zlikni anglashdir. Dunyoda hamma narsa o'zgaradi, ammo fazilat qonunlari sira ham o'zgarmaydi. Oz-oz o'rganib dono bo'lur (98-bet).
Maktabningmaxsustarbiyaviyfaoliyatibarkamolshaxsnishakllantirishgaqaratilganbo'lib, uaxloqiytarbiyaningquyidagivazifalarinihaletadi: axloqiyongni, mustahkamaxloqiye'tiqodlarnitarbiyalash; yoshavlodningVatanga, jamiyatgavamehnatga, o'zigavaodamlargamunosabatinianglabolishgaqaratilganaxloqiytuyg'ularnitarbiyalash.
"Odatgaaylanmagantarbiya, qumustigaqurilganbinodir". deganK.D.Ushinskiy. Axloqtarbiyaningasosiymaqsadivavazifasi - buharbirkishidaaktivhayotiynuqtainazarnihosilqilishdaniborat. Insonning jamiyatta munosabatini belgilovchi axloqiy fazilatlar orasida Vatanparvarlik etakchi o'rinii egallaydi.
Vatanparvarlik - Vatanga muhabbat, mamlakat manfaatlari xaqida g'amxo'rlik, Vatan himoyasiga tayyor turish, o'z mamlakatining ijtimoiy va madaniy yutuqlari bilan faxrlanish, Vatanniig tarixiy o'tmishiga va uning an'analariga hurmat tuyg'ularini o'z ichiga oladi. Vatanparvarlik va baynalmilallik qarashlar, his - tuyg'ula o'quvchilarning Vatan haqidagi, uning qaxramonlar o'tmishi va hozirgi hayoti haqidagi chuqur va har tomonlama to'la - to'kis bilimlari asosida shakllanadi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling