Reja: Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari


Download 67.91 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi67.91 Kb.
#1581814
Bog'liq
2-WPS Office


2
Mavzu :Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari

Reja:
1. Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari


2. Zamonamizning axloqiy muammolari


3. Zamonaviy jamiyatning axloqiy hayoti.
Insonning aхloqiy hayoti uning aхloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. Zero aхloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Unda individ aхloqiy qadriyatlarni anglab etadi, o’zida aхloqiy fazilatlarni barqaror etadi, aхloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o’rganadi. Aхloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri - qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilmog’ - u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni aхloqiy tarbiyaning amaliy ko’rinishidir.

Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota - onaning o’zi aхloqiy tarbiya ko’rgan bo’lishi kerak degani. Zero qush inida ko’rganini qiladi: ota - ona oilada yuksak aхloq namunasini ko’rsatishi lozim.


Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, aхloqiylik insonda faqat aхloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To’g’ri, aхloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin aхloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat – asosni aхloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham aхloqiy mavjudot tarbiyalab etkazishimiz mumkin bo’lur edi.
Shunday qilib, aхloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka etkazish yo’llaridan biri. Uning vositalari ko’p. Ularning bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo’lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan aхloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an’anaviy tarbiya bilan o’yinchoqlar va o’yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo’llaniladi; bunda bolaning qizg’anchiqlik, g’irromlik qilmaslikka, halol bo’lishga o’yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar aхloqiy tarbiyasida televidenie, radio, qo’g’irchoq teatri, kino san’ati katta rol o’ynaydi.
Umuman, aхloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib, romangacha bo’lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning aхloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko’rsatadilar. Ular orqali kitobhon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita aхloqiy tarbiyaga mo’ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, yuqorida ko’rganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy aхloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan - qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo’lib qolajak.
Aхloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo’lgan yo’li bu – namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota - ona bolaga aхloqiy namuna bo’lishi kerak. Maktabda va oliy o’quv yurtida muallimlarning ta’lim berish usullaridan tortib, to «mayda - chuyda» hatti - harakatlarigacha o’z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz - shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo’ylik yoshlar aхloqiy tarbiyasining shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
Hozirgi paytda aхloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televidenieni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko’rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus aхloqiy tarbiyaga bag’ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. O’zbek tilidagi «Otalar so’zi - aqlning ko’zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari ko’rsatuvlar bunga misol bo’la oladi. Shu bois televidenie hech qachon engiltaklikni targ’ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qatttiqlashtiradigan «o’ldir - o’ldir»lardan iborat videofilmlar korxonasi bo’lib qolmasligi kerak.
Aхloqiy tarbiyaning aqliy - ma’naviy va jismoniy tarbiya bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofiq. O’shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy - ijtimoiy shart - sharoitlar yaratilgan.

Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari


Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko'rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota-onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi.
Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini komillikka yetkazish yo‘llaridan biri. Uning vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol bo‘lishga o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol o ynaydi. Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ulami, awal aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: “Kalila va Dimna”,”Qobusnoma”, “Guliston”, “Zarbulmasal” singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo‘lib qolajak. Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta ’lim berish usullaridan tortib, to “maydachuyda” xatti-harakatlarigacha o‘z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
H ozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. o ‘zbek tilidagi “Otalar so‘zi — aqlning ko’ zi”, “Rivoyat”, “Oqshom ertaklari” singari ko'rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’Idir”lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak. Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko rib o tgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz ko‘pincha “ta’lim-tarbiya” degan qo'shaloq atamani qo‘llaymiz. Ta’lim-tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo‘lajak komil inson deb qarash muhim. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.
Bugungi dunyo boshidan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Lekin, ayrim kuchlar dunyoni yanada murakkablashtirishga xarakat qilayapti. Xususan, doimo zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan boylik orttirib kelgan kuchlar «ommaviy madaniyat» shiori ostida turli salbiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilmoqdalar. Kimki «ommaviy madaniyat» ortidan ergashsa, o‘zining ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va tayyor madaniy mahsulotlar «iste’molchisi»ga aylanib qoladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, «ommaviy madaniyat» asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti o‘zining «Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch» nomli asarida haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi»59. Ommaviy madaniyatni niqob qilib, buzuqlik va zo‘ravonlik singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu madaniyatning asosida avvalo tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini zamonaviy fan ham e’tirof etmoqda. Shunday ekan, ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligiga va axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish davr talabidir. Unutmaslik kerakki, ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga «ommaviy madaniyat»da ko‘p uchraydigan mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi va mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon taraqqiyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik jarayonlar har qanday qudratli bo‘lmasin, hayotni olg‘a boshlaydigan, unga ma’no-mazmun baxsh etadigan kuch baribir, madaniyat va ma’naviyat bo‘lib qolaveradi.
Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko'pchilik o'ylaganidek, zararli tushuncha emas. U, eng avvalo, bir-birimizga «Assalomu alaykum» deya tinchlik tilashimizdan boshlanadi. Xalqimizning ming yillar sinovidan o'tgan bayramlari, to'ylari, xalq og'zaki ijodi, bir so'z bilan aytganda, omma uchun madaniyatga aylanib ulgurgan barcha qadriyatlar ijobiy ma’nodagi ommaviy madaniyat namunalari nhisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim, keyin boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi.Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish - eng dolzarb va ustuvor vazifadir. Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi, bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda, «ildizi yo‘q individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti. Xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda.
Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar kamaytirish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, madaniyat durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy madaniyat»ga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda asl maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti.Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun jamiyatimizda, kundalik hayotimizda ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor qaratishimiz darkor.
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi galda, tili, dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi.
Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
avvalo, insonning erkinligiga daxl qiladi, uni fikriy jihatdan qaram qilishni ko‘zlaydi;
ikkinchidan, insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga yo‘naltirilgan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari shaklida amalga oshiriladi;
uchinchidan, turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostiga yashiriladi;
to‘rtinchidan, katta ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi, xalqlarning milliy va diniy tomirlariga bolta uradi;
beshinchidan, yot g‘oya va zararli dunyokarashni avvalo beg‘ubor yoshlarning ongiga singdirishga qaratiladi;
oltinchidan, mamlakat xavfsizligi va milliy manfaatlariga tahdid soladi, jamiyatni inqirozga olib keladi. Ko‘rinib turibdiki,g‘oyaviy-ma’naviy tahditlar dunyoning barcha mamlakatlari, xalqlari hayotiga daxildor masala sanaladi. Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi qaratilishidan qat’iy nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi kerak.Dunyo boshdan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermokda. Birok ayrim g‘arazli kuchlar shunday ham murakkab bu jarayonni yanada keskinlashtirish, obrazli qilib aytganda, tinik suvni loyqalatib, istagancha baliq tutishga intilmoqda. Jumladan, hamisha zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan katta boylik orttirib kelgan kuchlar mana shunday taloto‘plardan f oydalanib, “ommaviy madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib etayapti.Jumladan, bunday kuchlar o‘z niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurolli vositalardan foydalanibgina qolmasdan, balki demokratiyani yoyish shiori ostida axborot xurjlari orqali harakat qilishmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda axborot-telekommunikatsiya texnalogiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ma’lumotlar almashinuvining tezlashishiga olib keldi. Bunda asosan Internet ijtimoiy tarmog‘i etakchi rolni o‘ynamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda eryuzida 2,1 mlrd. internetdan foydalanuvchilar bo‘lib, uning 44 foizini Osiyo mintaqasida yashovchilar tashkil etar ekan. Umumiy ko‘rsatkichningyarmidan ko‘pi 25yoshgacha bo‘lganlardan iborat.
Bunday murakkab zamonda ma’naviyat va ma’rifat masalasi naqadar dolzarb, hal qiluvchi masalaga aylanib borayotganini ko‘pchilik hamon teran anglab etgani yo‘k. Takror aytish foydadan xoli emaski, agar ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Aksincha, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirsak, o‘zimizning maksad-vazifalarimizga etish uchun kuchli va ishonchli madad topa olamiz.
To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va intilishlarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak.
Ayni paytda barchamiz yoshlar dunyoqarashini kengaytirishimiz, imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim. Masalan, «Ogohlik» iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. YA’ni bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql- idroki va umuman ma’naviyatini diniy-aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi goh oshkora, goh xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy madaniyat»ning emiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ayrim siyosiy kuchlar o‘z maqsadlarini millatlar manfaatiga yot bo‘lgan mafkurali tahdidlar orqali amalga oshirishga qaratishgan. Aslida ularning bu xarakatini buzuqlik, zo‘ravonlik g‘oyalari boylik orttirish, xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlarini qo‘porish, yo‘q qilishga urinish deb baholash lozim.
Kelajak egalarini xalqimiz ma’naviyatiga yot “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun avvalo ularni milliy tiklanish g‘oyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash, yoshlarni axborot-resurs markazlariga, madaniy-tarixiy yodgorlik maskanlariga, teatr va ko‘rgazmalarga jalb etish, barkamol avlodni bilimli, sog‘- lom va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatga ega insonlar qilib tarbiyalash, ular ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda barcha birday mas’uliyatni his etmog‘i lozim.
Binobarin, o‘sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular axborot makoniga kirganda, faqat o‘zi uchun zarur va foydali narsani olsin, internetdan foydalanish madaniyatini o‘rgansin. Bu masalada internet tizimi orqali mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarli ekanligidan barchamizni ogoh bo‘lishimiz zarur. Zero, biz bu masalada hamisha ogoh va hushyor turmasak, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini zaharlashi, “ommaviy madaniyat” deb atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p mingyillik milliy qadriyatlarimizga putur etkazishimiz mumkin.
K o‘p narsa internetting boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga bog‘liq. SHu o‘rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” xavfidan himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan butun millat, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlash lozim. O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy omil insondir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari bir asr avval millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon etkazishi mumkin. Bu tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish talab etiladi. Davr shiddatiga hamohang qadam tashlayotgan yoshlarimiz milliy ma’naviyatimiz asosida tarbiya topsa, odob-axloq tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi.
“YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Milliy qonunchilik tajribasida bu kabi normalarning aks etishi yoshlarimizda turli axborot xurujlari, jamiyatimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, farzandlarimizni xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Zero, har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.

Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari X.Xolida


8-maruza
Zamonamizning axloqiy muammolari: Ayol alkogolizmi
So'nggi paytlarda ayol alkogolizm muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Ichimlik ichadigan ayollar soni 50% dan oshdi. Tibbiy nuqtai nazardan, ayol alkogolizmi giyohvandlikning bir turi. Giyohvandlik - bu irsiy kasalliklar va buning natijasida miyaning ayrim qismlari - qoniqish tizimi ishining buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Ayol alkogolizmining sabablari:

A yol alkogolizmining o'ziga xos xususiyati erkaklarga qaraganda ko'proq psixologik bilimdir. Ko'pincha ayollarda alkogolga qaramlik yolg'izlik (oilaning buzilishi, yaqinlaridan ayrilish, qarindoshlarning o'limi) tufayli rivojlanadi. Kasblarini qurbon qilib, oilaviy baxt uchun ishlaydigan uy bekalari stressga moyil. Bolalar o'sib-ulg'ayadi, er ishda yo'qoladi, xotinini alday boshlaydi. Shu asosda yolg'izlik, hayotda umidsizlik hissi, xafagarchilik paydo bo'ladi. Ayollar stressli vaziyatlarga nisbatan ko'proq hissiy munosabatda bo'lishadi, "o'zlariga kelib olishadi", zudlik bilan echim topish, vaziyatdan chiqish yo'lini qidiradilar va yordam kutadilar. Qo'llab-quvvatlash bo'lmasa, spirtli ichimlik qutqarish uchun keladi, bu iste'molning dastlabki bosqichlarida yengillikni keltirib chiqaradi va "ekstaz" tuyg'usini beradi. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar mavjudligi omili ham rol o'ynaydi.


Ayollarda alkogolga qaramlik erkaklarga qaraganda tezroq shakllanadi.
Qarindoshlar uchun bu ko'pincha beparvo bo'ladi, chunki Ichkilik ichadigan ayollarning jamiyatini qoralashi va rad etishlari sababli ular spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilishni yashirishga harakat qiladilar, ko'pincha yolg'iz yoki do'stlar bilan ichishadi.
Odatda ayollarda spirtli ichimliklarni iste'mol qilish zaifroq ichimliklardan boshlanadi va uzoq vaqt davomida sporadik bo'ladi. Ko'pincha ayollar yashirin va yolg'iz ichishadi. Ba'zida 1-2 oy davom etadigan binges mavjud bo'lib, ular hushyor davrlar bilan almashtiriladi.
Umuman olganda, alkogolizm ayollarda erkaklarga qaraganda tezroq rivojlanadi. Birinchi bosqichning boshidan tizimli foydalanishga qadar jismoniy qaramlikning paydo bo'lishigacha bo'lgan muddati bir yildan uch yilgacha.
Ayollar o'rtasida mastlik va alkogolizmning tarqalishining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi statistik va sotsiologik ma'lumotlarning tahlili muammoning kam rivojlanganligini va ushbu salbiy hodisani oldini olish va uni yo'q qilish uchun asosli tavsiyalar yo'qligini ko'rsatmoqda. Amaliyotda qo'llaniladigan choralar har doim ham ayolning mastligi va alkogolizmining xususiyatlarini hisobga olmaydi.

Zamonaviy axloq


Zamonaviy jamiyatning axloqiy hayotining o'ziga xos xususiyatlari deb quyidagilar keltirilgan, ular to'g'risida ko'pgina tadqiqotchilar rozi.
1. Axloqiy plyuralizm, kasbiy va korporativ kodlar tizimini rivojlantirish, madaniyatlarning xilma-xilligini aks ettirish, axloqni etnik belgilar bo'yicha taqsimlash.
2. Axloq va qonunning yaqinlashishi, axloqning institutsionalizatsiyasi (talablarni rasmiylashtirish va sanktsiyalarni kuchaytirish).
3. Axloqiy qoidalarni me'yorga yo'naltirish, bu xristian ma'nosida cheksiz takomillashtirish talabiga qarshi turish (samoviy otangiz kabi mukammal bo'ling).
4. Kollektiv qarorlar va jamoaviy javobgarlik.
5. Kamroq yovuzlik mantig'iga asoslangan qarorlar qabul qilishni nazarda tutadigan utilitar yondashuv (bu har doim ham mukammal emas, chunki bu ba'zi odamlar guruhlarini yoki shaxslarni vosita sifatida ishlatishni o'z ichiga oladi).
70-yillarning rus etikasida. odob-axloq an'anaviy ravishda shaxsning o'zini tutish tartibini "institutsional bo'lmagan" tartibga solish sifatida ko'rib chiqilgan. Ammo ba'zida axloq ba'zi bir nodavlat muassasalari faoliyati bilan, masalan, cherkov bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi qayd etildi, ammo bu uning tabiatiga mos kelmay, tarixan o'tkinchi deb hisoblangan. An'anaviy axloqiy imperativlar shaxs ongiga qaratilgan edi. Shaxsning qobiliyatiga bog'liq bo'lgan xususiyatlar axloqning o'ziga xos xususiyatlari, tanlash erkinligi (axloqiy majburiyatlarni ixtiyoriy qabul qilish) bilan bog'liq edi; fazilatli turmush tarzi (yaxshilikka intilish); fidoyilikka tayyorlik (jamiyatning manfaati shaxsning manfaatlariga nisbatan eng yuqori deb printsipial bayon qilinishi); odamlar o'rtasidagi tenglik (boshqalarga o'zlari kabi muomala qilishga tayyorlik, shu sababli axloqiy talablarni ifoda etishning universalligi); o'zini takomillashtirish g'oyasi (demak, mavjudlik va mavjudlik o'rtasidagi ziddiyat).
Zamonaviy jamiyatning holati yuqoridagi bir qator qoidalarni rad etadi. Shunday qilib, kasbiy etika rivojlanishida axloqiy me'yorlarni ommaviy kodlash jarayoni boshlandi. Ba'zi tashkilotlar normalarning bajarilishini nazorat qiladi: universitetlarda etika yoki apellyatsiya komissiyalari; qo'shimcha ma'naviy-axloqiy funktsiyalarni o'z zimmasiga olgan shifokorlarning kasbiy yig'ilishlari; Axloqiy nuqtai nazardan, deputatlarning xatti-harakatlariga yo'l qo'yiladigan yoki yo'l qo'yilmasligini baholaydigan parlamentning axloqiy qo'mitalari; ishbilarmon doiralarning professional tashkilotlari yoki jamoatchilik bilan aloqalar xodimlari tashkilotlari; jurnalistlar axloqi bo'yicha kengashlar. individual korporatsiyalar va umuman ijtimoiy hayot. Bundan ayonki, axloq qisman institutsional bo'ladi. Shu bilan birga, kasbiy etika qoidalari Kantning fikriga ko'ra, er yuzidagi barcha odamlarga yoki aqlga ega bo'lgan barcha mavjudotlarga emas, balki ushbu kasb vakillariga ham tegishli.

Axloqni kasbiy asosda bo'lish bilan bir qatorda, uning bo'linishi korporativ bog'liqlik asosida vujudga keldi. Ko'pgina zamonaviy korporatsiyalar o'zlarining axloqiy kodlarini ishlab chiqdilar, o'zlarining axloqiy missiyalarini e'lon qildilar, ularda ushbu korporatsiyaning faoliyati umuman jamiyat farovonligini oshirishga qanday hissa qo'shayotgani, biznesning ushbu turi odamlarning ehtiyojlarini qondirishga qanday hissa qo'shayotgani aks etgan.


S huni qo'shimcha qilish kerakki, an'anaviy ravishda har bir kishiga, masalan, o'z qo'shnisiga bo'lgan e'tiborga qaratilgan ma'naviy talablar zamonaviy jamiyatda ko'pincha maxsus davlat organlari faoliyatining predmetiga aylanadi. Bunday organlarda ishlaydigan odamlar, aslida, butun jamiyat uchun xizmat qiladigan maxsus axloqiy funktsiyalarni bajaradilar.


Yuqorida aytilganlarning barchasi haqiqatan ham axloq muayyan darajada u shunday bo'lib kelgan deb tasdiqlashga asos beradi. R. G. Apresyan zamonaviy jamiyatni postmodern deb ataydi. Uning ta'kidlashicha, axloqiy plyuralizm bu jamiyatning o'ziga xos xususiyati.

J amiyat axloqi muammolarini u yoki bu tarzda aks ettiradigan mavjud adabiyotlarni tahlil qilar ekan, R. G. Apresyan yaxshilanish individual etikasi va jamoat, yoki ijtimoiy, axloqiy farqni ajratib ko'rsatish kerak degan xulosaga keladi. G'arb manbalarida biroz boshqacha echimlar taklif etiladi: jamoat axloqi va individual axloq (T. Nagel), ijtimoiy va individual etika (A. Rich), institutsional etika va institutsional dizayn (R. Hardin).


" Jamiyat axloqi" atamasi bizga yanada aniqroq ko'rinadi, chunki barcha axloq mohiyati ommaviydir. Shaxsiy axloqda, inson, avvalambor, yaqin kishilari, qo'shnilari bilan ziddiyatsiz mavjud bo'la oladigan, shuningdek, u yoki bu tarzda shaxsiy aloqaga kirishga majbur bo'lgan kishilar bilan o'zaro o'zaro yordam beradigan shaxsiy xususiyatlarga e'tibor beradi. Jamoat axloqida, odam turli xil davlat funktsiyalarini bajarish bilan, odamlarning katta guruhlari bilan, shaxsiy bo'lmagan aloqalar bilan shug'ullanadi. Jamoat axloqining imperativlari xristian axloqining taniqli talablari singari universal bo'la olmaydi, chunki jamoat funktsiyalari bir-biridan farq qiladi va ularni bajarish ko'pincha turli odamlarga tanlangan munosabatda bo'lishni o'z ichiga oladi.
Shaxsiy axloqiy majburiyatlar jinsiy munosabatlarni qanday qilib to'g'ri tashkil etish kerakligi, oilangiz a'zolariga qanday munosabatda bo'lish, baxtli bo'lish uchun qanday yashash kerakligi kabi savollarni hal qilish usuliga o'xshashi mumkin. Jamoatchilik axloqida odamlar guruhlari ma'lum bir o'ziga xoslikka ega ekanligi aniqlanadi. boshqa guruhlardan farq qiladi. Shuning uchun, "o'zingizga qanday munosabatda bo'lishni istasangiz, xuddi shunday muomala qiling" degan tamoyil bu erda to'liq qo'llanilmaydi. Jamoatchilik axloqining shartlari "irqchilikka yo'l qo'ymaslik", "saylovlarda qatnashish" kabi qoidalar bo'lishi mumkin, agar siz biron bir umumiy jamoat vazifasini bajarsangiz, o'z vazifangizni vijdonan bajaring, shaxsiy xohishlaringiz va yoqtirmaydigan narsalaringizga ko'ra hech kimga ustunlik bermang. va boshq.
Ko'plab davlat funktsiyalarini bajarishda, boshqasiga xuddi o'zi kabi munosabatda bo'lishning iloji yo'qligi aniq. Biror kishi majburiy ravishda boshqasiga qarshi harakat qilishga majburdir. O'zining "Raqiblar uchun etika" asarida A. Appelbaum: "Professionallar va siyosatchilar ko'pincha ularni qarama-qarshi niyatlar asosida harakat qilishga majbur qiladigan, nomuvofiq maqsadlarga erishishga harakat qiladigan va boshqalarning rejalarini buzadigan rollarni o'ynaydilar. Prokuratura va mudofaa advokatlari, demokratlar va respublikachilar, davlat va milliy xavfsizlik maslahatchilari, sanoat korxonalari va ekologlar, tergov jurnalistlari va rasmiy manbalar, shifokorlar va sug'urta kompaniyalari o'zlarining vazifalari, ishlari va faoliyati natijasida ko'pincha bir-biri bilan to'qnash kelishadi. tashviqot ". Bu adolatli o'yin qoidalariga asoslangan, dushmanga hurmat va jamoat manfaatlarini hisobga olgan holda maxsus axloqni rivojlantirishni talab qilishi aniq. Davlat vazifalarini bajarishda muqarrar ravishda yuzaga keladigan, maxsus axloqiy majburiyatlarni yuklaydigan va ba'zi hollarda boshqa odamlarning taqdirini hal qilish huquqini beradigan bo'ysinish munosabatlarini ham hisobga olish kerak.
Aytaylik, ofitser halokatli topshiriqni kimga yuborishni va kimni zaxirada saqlashni hal qilishi mumkin. Ushbu qarorlar, eng kattasini yo'q qilish uchun, eng kichik yomonlikni tanlash mantig'iga asoslanadi. Ular, shuningdek, an'anaviy etika qat'iyan taqiqlagan narsani tan olishadi, ya'ni boshqalarning hisobidan boshqalarning hayotini saqlab qolish. Shu bilan birga, bunday qarorlarni faqat rasman tan olingan favqulodda vaziyatlarda (rasmiy ravishda e'lon qilingan urush, tabiiy ofat, global ekologik ofat va boshqalar) ma'naviy jihatdan oqlash mumkinligini ta'kidlash kerak.
Zamonaviy axloq yana plyuralizmga aylanar ekan, faylasuflar universal imperativlarni shakllantirishga, xatti-harakatlarni har qanday istisnolarga yo'l qo'ymaydigan yagona qoidalarga bo'ysundirishga harakat qilgan davr o'tdi.
Ushbu talablarning mantiqiyligi shubha ostiga olinmoqda. G. Simmel zamonaviy axloqshunoslikda bu burilishni birinchilardan bo'lib ko'rgan. U Kantning kategoriy imperativini tanqid qiladi, chunki u shaxsni, uning qarama-qarshi hissiyotlarini, nizoli vaziyatlarni va boshqalarni hisobga olmaydi.
" Kant axloqining qaytarib bo'lmaydigan qat'iyligi uning hayotini matematik jihatdan aniq shakl berishga intilayotgan uning mantiqiy fanatizmi bilan bog'liq. Ta'lim berish manbai faqat axloqiy baholardan iborat bo'lgan buyuk axloqshunos ustozlar bunday qat'iylik bilan ajralib turmagan - na Budda, na Iso, na Marcus Aurelius, na Sankt-Frensis ... Bu Kant uchun axloqiy qiziqish nazariy qiziqishdan sezilarli darajada oshib ketgan. , faqatgina har kungi muammolarni, va axloqiy hayotning dahshatli voqealarini keltirib chiqaradi. Axloqiy ma'lumotlarda umumiy tushunchalarga ega bo'lgan hamma narsani u misli ko'rilmagan ulug'vorlik va aniqlik bilan ko'rib chiqadi. Biroq, axloqiy jihatdan tobora chuqurroq va nozik mavzular, mojarolarning kuchayishi, hissiyotlarimizning murakkabligi, qorong'u kuchlar, biz ko'pincha u qadar ojiz bo'lganimiz - bularning barchasi unga noma'lum bo'lib tuyuladi - unga chuqur, nozik va ravshan funktsiyalarga kirgan unga. aqliyinson faoliyati. Bir tomondan, axloqiy muammolarni tug'dirishda xayoliylik va ibtidoiylik yo'qligi, ikkinchi tomondan, nazariy jihatdan murakkablik va uchish ko'lami, u o'zining falsafiy tafakkuriga faqat mantiqiy fikrlash orqali kirishga imkon beradigan narsalarni kiritganligini isbotlaydi ”(Simmel 1996: 12–13).
Simmel, Kant va boshqa ma'rifat faylasuflari, printsipial jihatdan, hamma odamlar o'z mohiyatida bir xil ekanliklaridan kelib chiqqan deb hisoblashadi. Demak, ularga universal qoidalarni qo'llash mumkin va jamiyatning o'zi shunday bo'lishi kerakki, bunda ushbu universal qoidalarni qo'llash mumkin bo'ladi, ya'ni kelajakda - barchaga tenglik jamiyati. Bu yolg'on g'oyaga asoslangan inqiloblarni keltirib chiqardi.
"... Hisob-kitoblar, gildiya va cherkov aloqalari odamlar o'rtasida tengsizlikning ko'p sonli namoyishini yaratdi. shu sababli, ushbu teng huquqli taqsimot yo'q bo'lib ketadigan ushbu institutlarning yo'q qilinishi bilan dunyoda umuman tengsizlik bo'lmaydi degan xulosaga kelishdi. Mavjud ma'nosiz tafovutlar umuman tengsizlik bilan chalkashib ketgan va ularni yo'q qiladigan erkinlik umumiy va doimiy tenglikka olib keladi degan ishonch mavjud. Va bu 18-asrning ratsionalizmi bilan uyg'unlashdi, bu uchun qiziqish mavzusi o'ziga xosligi bilan teng kelmaydigan alohida shaxs emas, balki umuman bunday odam bo'lgan shaxsdir ”[Simmel 1996: 149].
Umuman olganda, ta'limni bunday baholash qanchalik to'g'ri ekanligini muhokama qilish mumkin, ammo umumiy imperativlar odamlar hayotini umumiy qoidalar darajasida jamiyatni saqlash niyatlaridan farq qiladigan barcha sabablar axloqiy me'yorlardan olib tashlangan taqdirdagina boshqarishi mumkinligiga shubha yo'q. Fazilatlar odob-axloq qoidalariga amal qilingan va zamonaviy jamiyat uchun qo'llanilgan, menimcha, bu noto'g'ri.
Va Simmel, menimcha, u hayotning davomiyligi va umumiy qonunlarga emas, balki shu doimiylik haqida yozadigan qoidalar haqida to'g'ri yozgan. "O'zgaruvchan va hamma narsada, o'z ma'nosida, yagona chegara bilmaydigan hayot davomiyligidagi suyuqlik, oldindan mavjud bo'lgan qonunga, shuningdek universal qonunga mavhum sublimatsiyaga bo'ysunmaydi - bularning barchasi endi o'z zimmasiga majburiyat oladi, chunki bu hayotning o'zi. uning uzluksiz shakli ”[2006: 60].
Ushbu mulohazada keltirilgan subyektivlikka qaramay, oqilona yadro ham mavjud. Biror kishini nafaqat mavhum umuminsoniy burch, balki o'z xohishi, maqsadlarni tanlash, fazilatlar etikasiga mos hayot dasturi tanlash bilan harakatga chorlaydi. Bu axloqiy harakatlar va axloqiy narsalarni individuallashtirishga mos keladi fazilatlar axloqini baholash.
XIX asr. - bu, shuningdek, axloqni utilitar holda tushunishda kuchli siljishni keltirib chiqaradigan davr. Utilitarizm axloqiy jihatdan ijobiy deb hisoblaydi va bu imkon qadar ko'proq odamlarning baxt-saodati oshishiga olib keladi. Ushbu nazariya ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlarning umumiy hajmini keskin oshirib, iste'molni yangi sifat darajasiga ko'targan kapitalistik jamiyat rivojlanishi bilan vujudga keladi. Moddiy boylik utilitarianizmda baxtning asosiy shartlaridan biri sifatida qaraladi. Utilitarizm an'anaviy gdonistik nazariyalardan farq qiladi, chunki u jamoat farovonligi haqida, jumladan ijtimoiy institutlar uni oshirish uchun qanday ishlashi kerakligi haqida gapiradi, klassik geydonizm asosan baxtni hayot tarzini afzal ko'rish nuqtai nazaridan ko'rib chiqadi.
Utilityitarizmning muhim tanqidlaridan biri shundaki, ko'pchilikning baxtini ozchilik hisobiga yanada samarali ta'minlash mumkin. Agar biz ushbu e'tiroz bilan bog'liq bo'lgan barcha cheklovlarni hisobga olsak ham, masalan, utilitar printsip bilan bir qatorda, boshqa qoidalar ham bajarilishi kerak, barcha taklif qilingan xatti-harakatlar normalari universalizatsiya tartibidan o'tib, barchaga ular rozi bo'lishi kerak. qabul qiling (qoidaning utilitarizmi), bu izoh to'liq olib tashlanmaydi. Hamma ijtimoiy hayot qoidalarga moslasha olmaydi. Bunga qo'shimcha ravishda, agar ular qabul qilinsa, har kim ham uning manfaati uchun qurbon qilish kerak bo'lganda, bunday tanqidiy vaziyatga tushib qolishlarini kutmaydi.
Zamonaviy axloqiy munozaralarda, utilitar yondashuv ko'pincha jamoat axloqi muammolarini hal qilish uchun maqbul deb qaraladi. ko'pincha shaxsiy takomillashtirish etikasi sifatida tavsiflanadigan an'anaviy etikadan farqli o'laroq. Utilityitar yondashuv ko'pchilikning manfaatlariga mos keladigan masalalarni hal qilishni ta'minlaydi va bunday qarorlar, asosan, ba'zi bir minimal yovuzliklarga yo'l qo'yishni nazarda tutadi.
Albatta, masalan, siyosatning vazifasi aniq ijtimoiy farovonlikni oshirishdir. Shu bilan birga, barchaning manfaatlarini bir xil darajada hisobga olib bo'lmaydi. Masalan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish ba'zi ijtimoiy guruhlarning an'anaviy turmush tarzini buzishni talab qiladi. Ammo, kelajakda bu guruh a'zolari o'zlari uchun asosli bo'lib chiqadi, garchi ular bunday siyosatni qo'llab-quvvatlamasalar ham.
Ammo, utilitar nazariyani ijtimoiy sohada hayotni tashkil qilishning barcha jihatlariga qo'llash mumkin emas. Aksariyat odamlar ba'zi bir insonning asosiy huquqlari mutlaq ma'noda ijtimoiy farovonlik masalasiga bevosita bog'liq bo'lmagan qadriyatlar sifatida tushunilishi kerakligini tushunadilar. U jamoat tovarlarining ko'payishiga olib kelmasa ham, ularni hurmat qilish kerak.
Biroq, umumiy tushunchadan kelib chiqadigan ba'zi aniq printsiplarga qaramay, bizning ma'naviy intuitivligimiz, ushbu printsiplarga rioya qilgan guruhlarning omon qolish ma'nosida jamiyatning uzoq muddatli amaliyoti, nazariy nuqtai nazardan, biz utilitar printsiplarga aniq rioya qilishimiz mumkin bo'lgan savol har doim dolzarb bo'lib qoladi va qachon - yo'q.
Zamonaviy axloqning katta masalasi, agar axloq, agar xulq-atvor bo'lsa, axloqning o'zi buziladimi yoki yo'qmi degan savol ma'lum bir standartga e'tibor qaratadi, Aytish kerakki, professional axloq kodeksi.
Zamonaviy axloq muammosini o'rganar ekan, A. A. Guseinov an'anaviy axloqqa nisbatan sezilarli o'zgarishlarga duch kelganligini ta'kidlaydi. Ushbu o'zgarishlarning mohiyati, axloq va tsivilizatsiya o'rtasidagi munosabatlar o'zgarib turganday tuyuladi degan qisqa tezisda ifodalangan. Agar ilgari tsivilizatsiya axloq nuqtai nazaridan tanqid qilingan bo'lsa, endi, aksincha, tsivilizatsiya tanqidchi sifatida ishlaydi. Darhaqiqat, axloqiy nima va nima yo'qligi, bizning xatti-harakatlarimizda maqbul bo'lgan va aybdor deb hisoblanadigan narsalar haqidagi tushunchamizdagi o'zgarishlar juda tez sodir bo'lmoqda. Ko'p axloqshunos tadqiqotchilar bunga e'tibor berishadi. Bunday holda savol tug'iladi: axloqda umuman barqaror narsa bormi, axloqiy hukmlarimizning haqiqatini tasdiqlash uchun qanday axloqiy kontseptsiyani qabul qilishimiz mumkin?

A . A. Guseinov ta'kidlashicha, zamonaviy axloqning o'ziga xos xususiyati axloqiy neytral zonaning kengayishi, o'zini mafkuraviy asoslardan xalos etish istagi va ko'p jihatdan rivojlangan motivatsiya bilan bog'liq kompleksdan, individual echimlarni izlashdan iboratdir. Buning o'rniga institutsional etika rivojlanmoqda, ya'ni muayyan ijtimoiy tizimlar uchun ishlab chiqilgan qoidalar etikasi. "Ijtimoiy amaliyotlarning har biri samaraliroq bo'lib chiqadi, bu shaxsiy aloqalarga va kam paradoksal tuyuladi, individual axloqiy motivatsiyaga bog'liq bo'ladi" (Xuseynov 2002: 119). Bu axloq bunday ma'noni yo'qotadi degani emas. Shunchaki "axloq - bu xulq-atvor motivlari darajasidan ongli ravishda tashkil etilgan va birgalikda ishlab chiqilgan umumiy tizim va qoidalar darajasiga, unga muvofiq tegishli faoliyat amalga oshiriladigan darajaga o'tish" (Husaynov 2002: 121). Ushbu jarayon post-an'anaviy jamiyatni xarakterlovchi institutsional etikaning rivojlanishini ham anglatadi. A. A. Guseinov institutsional axloq rivojlangan individual motivatsiya bilan bog'liq bo'lgan fazilatlar axloqini to'liq ta'minlaydi va shaxsni takomillashtirishga qaratilgan deb aytmaydi. U faqatgina odob-axloq va oldingi tarkibiy qismlarning o'zaro nisbati zamonaviy jamiyatda tutgan o'rni ma'nosida sezilarli darajada o'zgarishiga e'tibor qaratmoqda. “Fazilatlar axloqi, asosan xatti-harakatlarning motivlari bilan bog'liq bo'lib, shaxsiy munosabatlar sohasida va har qanday vaziyatda shaxsiy, individual xarakterga ega bo'lgan, ya'ni umuman aytganda, shaxsiy ishtirok zonalarida muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Tizimli (ijtimoiy funktsional, professional darajada qat'iy) xulq-atvor institutsional axloq bilan to'ldiriladi ”. (Ibid: 123].


Qayd etilishicha, qayd etilgan o'zgarishlar A. A. Guseinov tomonidan ajratilgan axloqiy tarkibiy qismlar ulushining o'zgarishi bilan bog'liq. Jamiyatning ijtimoiy hayotidagi ahamiyatining kengayishi va ijtimoiy munosabatlarning murakkablashishi, shubhasiz, axloqni kodlash va kodekslarning rasmiy ma'noda bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus institutlarni yaratish zaruriyatiga olib keladi.
B iroq, zamonaviy jamiyatda axloqiy neytral sohasi kengayib bormoqda, deb o'ylamayman. Masalan, hattoki an'anaviy ravishda axloqdan uzoqroq bo'lgan sohada xususiy qiziqishni himoya qilish istagi ustun bo'lgan iqtisodiyotda (A. Smit iqtisodiy munosabatlarni shunday ko'rib chiqmoqda) zamonaviy jamiyat axloqi tobora tobora kengayib bormoqda.

F.Fukuyama ishonch masalalariga bag'ishlangan tadqiqotida tarixan yuqori darajadagi ishonchga ega bo'lgan jamiyatlarda, ya'ni AQSh, Yaponiya va Germaniyada yirik korporatsiyalar paydo bo'lganligini ko'rsatdi. Keyinchalik ularga Janubiy Koreya ham qo'shildi, bu erda yirik korporatsiyalar asosan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi tufayli vujudga keldi, ammo ular ham milliy o'ziga xoslik bilan bog'liq edi. Biroq, nafaqat yirik korporatsiyalarning rivojlanishi, bunda odamlarning o'ziga xos aloqalari o'rtasidagi ishlab chiqarish aloqalarida o'zini namoyon qilishi shartnoma munosabatlarini qonuniylashtirish xarajatlarining kamayishiga olib kelmaydi, balki axborot jamiyatiga javob beradigan tarmoq tuzilmalarining rivojlanishi ham ishonchga asoslangan. "19-asr oxiri - 20-asrning boshlarida zamonaviy korporatsiyani yaratgan birinchi amerikaliklar va ijtimoiy xulq-atvorga moyilliklari bilan 20-asrda tarmoq tashkilotini yaratgan yaponiyaliklar" [Fukuyama 2006: 55]. Iqtisodiyotda axloqning rolini qanday rad etish mumkin?


Standart - bu kasbiy malakaga bo'lgan talab, ushbu standartga mos keladigan shaxsiy mukammallik darajasiga talab. Ammo bunday kamolotga erishish yo'lining o'zi har bir kishi uchun o'ziga xos xususiyatga ega, bu uning irodasi sa'y-harakatlari bilan bog'liq bo'lib, uni tegishli kasbiy rivojlanishdan chalg'itadigan har qanday narsani engib o'tish, axloq esa hech qachon bu jarayondan olib tashlanmaydi. Ba'zi hollarda, o'z xatti-harakatlarining standartga bo'ysunishi, shuningdek, o'ziga xoslikning haddan tashqari namoyon bo'lishini cheklashga qaratilgan maxsus motivatsiyani talab qiladi, ayniqsa bu takabburlik, ish tavsiflarini buzish chegaralari, yo'l harakati qoidalari va hk.


Z amonaviy etika, albatta, juda ko'p qiyin vaziyatga duch keldi, unda ko'plab an'anaviy axloqiy qadriyatlar qayta ko'rib chiqildi. Ilgari axloqiy me'yorlarning poydevorini ko'rgan an'analar ko'pincha yo'q qilingan.
Xulosa

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy axloqiy pozitsiyalarning xilma-xilligi uning kamchiliklari emas, faqat ma'naviy motivatsiya, axloqiy majburiyatlar masalasini hal qilishda turli printsiplarni uyg'unlashtirish zarurligini anglatadi. Buni qanday amalga oshirish - bu ijtimoiy amaliyot masalasidir. Bu asosan siyosat sohasi, ijtimoiy boshqaruv sohasidir. Axloqiy masalalarga kelsak, uning vazifasi u yoki boshqa printsip asosida qurilgan fikrlashning afzalliklari va kamchiliklarini ko'rsatish, boshqa sohaga o'tishda uning qo'llanilish doirasini va zarur cheklashlarni aniqlashdir.


Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati. Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi. Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari. Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. San’atning shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri. Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik. Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy ta’siri. Bioetika – amaliy etikaning nazariy asosi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:


Goleman D. Hissiy aql. M.: ACT: ACT Moskva; Vladimir: VKT, 2009 yil.

Guseinov A.A. Falsafa, axloq, siyosat. M.: Akademkniga, 2002 yil.


Dekart R. Ushbu usul haqida munozaralar. M.: AN SSSR, 1953 yil.
Simmel G. Kant / G. Simmel // Tanlangan asarlar: 2 jildda.Vol. 1.M .: Yurist, 1996.
Simmel G. Shaxsiy qonun. Etika printsipini talqin qilish uchun / G. Simmel // Tanlangan asarlar. Kiev: Nika-Markaz, 2006 yil.
Sombart W. Burjua: Zamonaviy iqtisodiy odamning ma'naviy rivojlanishi tarixi bo'yicha tadqiqotlar. M., 2009 yil.
Kant I. Axloqning metafizikasi / I. Kant // To'plangan. sit .: 8 jildda.Vol. 6.M., 1994.
Skott K., Markaz A., Brom G. jamoatchilik bilan aloqalar. Nazariya va amaliyot. M.: Uilyams, 2001 yil.
Fukuyama F. Ishonch. M.: AST: AST Moskva: Qo'riqchi, 2006 yil.
Shaftesberi A. Moralistlar / A. Shaftesberi // Estetik tajribalar. M., 1975 yil.
Xum. D. Axloq tamoyillari ustida izlanishlar / D. Xume // Asarlar: 2 jildli.V. 2.M .: Misl, 1996.
Appelbaum A. Dushmanlarga etika. Jamiyat va kasb hayotidagi rollar axloqi. Princeton: Princeton University Press, 1999 yil.
http://fayllar.org
www.ziyonet.uz
www.arxiv.uz
WWW.kitob.uz
WWW.onlinedu.uz
Download 67.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling