Reja: Ayol — oila va jamiyat ustuni
Download 21.11 Kb.
|
AYOL BAXTI – XALQIMIZ VA JAMIYATIMIZ BAXTIDIR 8 MART XALQARO XOTIN QIZLAR KUNIGA BAG\'ISHLAB
Bosh masala – ishsizlik!
Biz o'zimiz uchun birinchi masala sifatida joylarda xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasida ijro mexanizmini ishlab chiqishni belgilab oldik. Ishchi guruh aʻzolari yetti oy davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi har bir mahallada uyma-uy yurib, muammolarni aniqladi. Dastlab har bir hududdan bitta tuman namuna sifatida olinib, xotin-qizlar bilan ishlash yo'nalishida aniq manzilli va muddatli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda bu tajriba har bir tuman va mahalla kesimida amalga oshirildi. Qiyin ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqotlar chog'ida ularning 200 mingdan ortiq muammosi ro'yxatga olindi. O'rganishlar yakuni bo'yicha barcha viloyatlarning tuman va shaharlari kesimida 7 yo'nalishdagi chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi, sektor rahbarlari tomonidan imzolandi hamda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati va O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raislari tomonidan tasdiqlandi va ijroga yo'naltirildi. Tahlillar, eng avvalo, oilaning moddiy ahvoli ko'p narsani belgilashini ko'rsatmoqda. Darhaqiqat, bosh masala — ishsizlik! Ishchi guruh joylarda ayollarning ish bilan taʻminlanish darajasi va bu ko'rsatkichlarni yaxshilash istiqbollarini tahlil qildi. Nafsilambrini aytganda, menga ish bering, men tadbirkorlik qila olaman, mening hunarim bor, ozgina oyoqqa turishimga ko'mak kerak, deydigan xotin-qizlarga taʻzim qilish kerak. Negaki, ular jamiyatdan ko'r-ko'rona taʻma qilmayapti, ular butun og'irligini davlat zimmasiga ortib qo'ymoqchi ham emas, qolaversa, jamiyat boqimandalikdan xalos bo'la boshlaganining dalili ham shu. Shu maʻnoda, har bir hududda bo'sh turgan, ishlab ketishiga bank krediti, hokimlik madadi, boshqa yana qaysidir maʻmuriy tuzilmaning bir imdodi yetmay turgan ko'plab ishlab chiqarish nuqtalari chuqur o'rganildi. Bilasizmi, baʻzida mahalliy hokimliklarning bir og'iz so'ziga mahtal bo'lib ish boshlay olmay yurganlarni ko'rib achinib ketasan kishi. Ishchi guruh ayni mana shunday obʻyektlarni ishga tushirish borasida ijtimoiy Download 21.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling