Reja: Ayollar ichki jinsiy a'zolari anatomiyasi
Download 75.43 Kb.
|
AYOLLARNING JINSIY A
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qiz bola jinsiy azolaridagi nuqsonlar.
Masalan: ona shu davrda suzakka chaliriib to'la davolanmasa uning qornidagi homila o'sha davrdayoq yoki tug'ruq paytida bu xastalikka giriftor bo'lishi mumkin, chunki ona jinsiy a'zosidagi mikrob gonokokk bolaning jinsiy a'zosiga ko'ziga o'tishi mumkin.
Bundan tashqari qiz bola tomoq difteriyasi bilan og'risa va bu kasallik asorati qinga ham o'tgan bo'lsa, qinda chandiqlar paydo bo'lib, qin bitov bo'lib qolishi mumkin. Qiz bola rivojlanishidagi nuqsonlar sabablari. Nuqsonlar homila hali ona qornida ekanligidayoq vujudga kelishi mumkin, ular turli-tuman bo'ladi. 1. Endokrin kasalliklar — diabet, qalqonsimon bez kasalliklari va hokazo. 2. Genetik kasalliklar, xrosoma aberratsiyasi bilan bog'liq kasalliklar-irsiy kasalliklar. 3. Zaharli moddalar (kimyoviy moddalar pestisidlar) 4. Radiatsiya, rentgen. 5. Zaharli odatlar (chekish, ichish, giyohvandlik) 6. Turli yuqumli kasalliklar (parotit, brutsellyoz, qizamiq, gripp, gepatit va hokazo). 7. Ona va bola qon gruppasi va rezus chiqishmaslik. 8. Dori-darmonlatni ko'p va noto'g'ri qabul qilish. 2-3 haftalikdan to 8 haftalik bo'lguncha homila zararli omillarga o'ta sezgir bo'ladi. 2. Qiz bola jinsiy a'zolaridagi nuqsonlar. Bachadon va uning naychalari yaxshi rivojlanmagani, bachadon bo'lgani holda naychalarning bo'lmaganligi, ba'zi hollarda qo'shimcha naychalar bo'lishi. Qiz bolalarning jinsiy a'zolaridagi og'ir nuqsonlardan biri bachadonning bo'lmasligidir, ko'pincha bachadon bo'lmasa qin ham bo'lmaydi. Ichki jinsiy a'zolar yaxshi rivojlanmagan qizlarda ko'pincha butun organizm rivojlanishi ham orqada bo'ladi. Bu og'ir patologik holat bo'lib, buni ertaroq aniqlash bolalar shifokori, ona va tarbiyachilarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Aks holda, qiz bola buni keyinroq, ya'ni balog'atga yetganda bilib qolsa uning ruhiyatiga og'ir ta'sir qiladi. Qinning bo'lmasligi ham og'ir nuqsonlardan bo'lib, qiz bolada dastlabki hayz davrida qorni va qovuqda kuchli og'riqdan shikoyat qiladi. Hayz qoni bachadonga to'planib, tashqariga chiqa olmaydi, bunday holda jarrohlik yo'li bilan sun'iy qin hosil qilinadi. Ba'zi hollarda bachadon ikkiga ajralib rivojlanadi, bu holda qin ikkita yoki bitta bo'lib, bachadon ichida to'siq bo'ladi. Download 75.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling