3. O'qilgan asar mazmunini to'liq anglash, bilib olish uchun
o'qituvchi topshirig'ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi
mumkin:
o'qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering.
(,,Omonatga xiyonat", 4-sinf)
o'qing va nima uchun hunarsiz kishi o'limga yaqinligini tu-
shuntirib bering. (,,Hunarsiz kishi o'limga yaqin", 4-sinf) va hokazo.
Ba'zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:
matnning ayrim o'rinlaridan foydalanib (ko'chirma olib) qayta
hikoyalash;
hikoyani bir sujet chizig'i asosida qayta hikoyalash;
matnni qisqartib qayta hikoyalash;
matnning shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va boshq.
4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
o'qilgan matnga oid rasm chizish;
rasmga matndagi so'zlar yoki o'z so'zi bilan sarlavha qo'yish;
o'qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib
reja tuzish;
matnni qismlarga bo'lish va har bir qismga sarlavha qo'yish va
hokazo.
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o'quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to'g'ri tashkil qilish uchun material tanlashda o'qituvchiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Abdullayeva Q. va boshqalar “O’qish ktobi” 2- sinf T., 2006 yil
Abdullayeva Q., va boshqalar “Savod o’rgatish darslari” T., “O’qituvchi”1996 yil. 18. Abdullayeva Q. va boshqalar “2- sinfda o’qish darslari, T., 2004 yil.
Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent. 2006.
Abdullayeva Q., va boshqalar “Ona tili” T., “O’qituvchi ”1999 yil.
Bo’ri Ziyamuhammedov, Mamarajab Tojiyev. Pedagogik texnoloya- zamonaviy o’zbek milliy modeli. Toshkent. 2009.
«Kitobim-oftobim» Toshkent. «O’qituvchi» nashriyoti, 2008 yil.
G’afforova T. va boshqalar. «Ona tili» 1-sinf, T., «Sharq» 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |