Reja: Badiiy tahlilni amalga oshirish bosqichlari
Download 38.5 Kb.
|
1483371294 66923
Asarning badiiy tahlili bosqichlari Reja:
1. Badiiy tahlilni amalga oshirish bosqichlari. 2 . Badiiy tasvirlash bosqichlari xususiyatlari 3. Tahlili jarayonida badiiy tasvir bosqichlariga xos jihatlar. 4. Ilmiy va o’quv tahlillarida bosqichlarga amal qilish. Badiiy tahlil muayyan hozirlikni talab qiladigan ilmiy-estetik jarayondir. Bu jarayon muayyan bosqichlarga bo’lingan holda amalga oshiriladi. Chunki boshqa har qanday faoliyat singari badiiy tahlil ham birdaniga sodir etilmaydi. Badiiy asarni tahlil etishda matn bilan ishlashning uch bosqichi borligini kuzatish mumkin. Birinchi bosqichida tadqiqotchi badiiy asar yuzasidan o’zi taqdim etmoqchi bo’lgan talqinga imkoniyat hozirlaydi. Ilmiy tahlilning ikkinchi bosqichida badiiy matn tahlil qilinadi va bu tahlil imkon qadar hayotiy va badiiy mantiq nazaridan hamda olamni estetik ko’ra bilish jihatidan asoslangan bo’lishiga e'tibor qilinadi. Uchinchi bosqichda matndan xulosa chiqariladi, asarning yutuq va kamchiliklari ko’rsatiladi hamda uning qadriyatlarimiz tizimidagi o’rni belgilab beriladi. Aytilganlardan ko’rinadiki, badiiy tahlil mobaynida tayyorlanish, tahlillash va umulashtirish-xulosalash singari uch bosqich bosib o’tilishi lozim. Tayyorgarlik bosqichida tahlil etiladigan asar matni o’rganiladi, uning tahlilga tortiladigan, alohida e'tibor qaratiladigan jihatlari aniqlab olinadi, asosiy kuzatishlar belgilab chiqiladi. Ana shunda ikkinchi-asosiy bosqich muavaffaqiyatli tarzda amalga oshirilishi mumkin.Taxlillash bosqichida esa asosiy ish amalga oshirilishi lozim bo’ladi. Bunda matning jozibadorligini ta'minlagan estetik omillar: timsollar tizimi, personajlar ruhiyatini ko’rsatishda qo’llanilgan usullar, ifoda tarzidagi uziga xoslik, til xususiyatlari singari jihatlar tekshiriladi. Tahlil qilinayotgan asarning estetik qimmati, milliy badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o’rni, asarning millat estetik ongini rivojlantirishdagi o’rni belgilab beriladi. Xulosalash-umumlashtirish bosqichida asarning muayyan ijodkor estetik taqdiri va milliy badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o’rni yuzasidan umumlashma xulosa beriladi. Badiiy tahlillash bosqichlari, deyarli hamisha badiiy tasvir bosqichlari bilan baqamti keladi. Badiiy tasvirning mukammalashishi uchun filologik tahlil chuqurlashmogi, filologik tahlil puxta bo’lishi uchun badiiy tasvirning yuksalishi talab etiladi. Chuqur badiiy tahlilsiz, teran badiiy tasvir bo’lishi gumondir. Ko’p asrlik uzbek adabiyoti tarixi mobaynida badiiy matn rivoji bilan adabiy fikr, ya'ni estetik tahlil taraqqiyoti yonma-yon keladi. Navoiy zamonasida buyuk adib bitiklariga yaqin keladigan tanqidchilik mavjud bo’lganligi uchun ham yuksak badiiy asarlar paydo bo’lgan. To’gri, u paytlarda hozirgi ma'nodagi tahlil bo’lmagan esa-da, Taroziy, Navoiy, Bobur asarlarida namoyon bo’lgan badiiy tahlil adabiyottanuvning qanday saviyada ekanligini ko’rsatishi jihatidanxarakterlidir. XX asr boshlarida o’zbek adabiyoti tashqi estetik-fasafiy ta'sirlarga tula berildi. Natijada, milliy adabiyotning avvalgi mukammalligiga bir qadar salbiy ta'sir ko’rsatildi. Milliy adabiyot jahoniy estetik talablarni hisobga olgan holda evrilishga uchraydi. Yangi janrlar yuzaga keldi, maishiy turmush, oddiy odam tasvir ob'ektiga aylantirildi. Ijtimoiy muammolar badiiy adabiyotning mavzusiga aylandi. Badiiy adabiyotning ijtimoiylashuvi uning bir qadar primitivlashishiga olib keldi. Badiiy adabiyotning mafkuraviy siquvlarga yo’liqishi va uning ijtimoiy qobiqlarni yorib chiqish tajribasi ortib borishiga hamda adabiyotda tagma'noni berish san'atning rivojlanishiga monand ravishda yangi o’zbek adabiyoti tasvirning besh bosqichini boshidan o’tkazdi. Bu bosqichlarni quyidagicha ifodalash mumkin: A) bayon etish (XX asr boshlari);B) tasvirlash (30-yillar);V) aks ettirish (50-60);G) ifodalash (70-80-yillar);D) tadqiq etish (asr adogi). Turkistonda asrlar mobaynida badiiy asarga estetik fenomen tarzida yondashib kelingan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan e'tiboran badiiy adabiyotga ijtimoiy yuk ortishga ahamiyat berildi. Shu bois badiiy asarda nimaning ifodalanganligi muhim bo’lib koldi. Bu davrdagi aksar bitiklarda muallif goyasi bayon qilinishi birinchi planga chiqdi. Adiblar ko’p asrlik milliy ifoda yusinidan uzoqlashib, Botish tajribasini o’zlashtira borgani sari shurolar xukmronligining dastlabki davri, ya'ni 20-yillar mobaynidan mehnatkashlar hayoti, kechinmalari, qahramonlarning xatti-harakatlari-yu tuygularini tasvirlash sa'natini egalladilar. Adiblar endilikda aytib berish, ya'ni bayondan tiyilib, asarlarida odamni sirtdan turib tasvirlashga e'tibor qildilar. Bu holda odamning hamma jihati emas, balki zarur xususiyatlari ilgab olinib, saralanib, tasvirga tortildi. Badiiy tajribalar ortib boruvi barobarida aks ettirish bosqichiga usib utildi. Endi personaj, qalamga olingan odam ichdan o’zi bo’lib ko’rsatildi, ya'ni aks ettirildi. Bu davrda bayon ham, tasvir ham qoniqtirmay, hayot haqiqaatiga muvofiqlik asosiy mezonga aylandi. Holbuki, turkiy adabiyot uchun hayot haqiqatiga rioya etish hech bir zamonda ulchov bo’lmagan edi. XX asrning sunggi choragidan boshlab shu kunga qadar bayon qilish, tasvirlash, aks ettirish singari faoliyat turlari bilan birgalikda tadqiq etishga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Hozirda asar qahramonlari muayyan holga kelganligining ijtimoiy, psixologik, itellektual-fiziologik sabablari tekshirilishi rasm bo’lib bormoqda. Badiiy matn yaratish borasidagi bosqichlarga deyarli muvofiq ravishda badiiy tahlil ham muayyan bosqichlarni bosib o’tdi. Jumladan, XX asrning boshlarida badiiy tahlil asar syujet bayonidan iborat bo’ldi. Bu xil tahlil uchun asarning estetik qimmatini aniqlashdan ko’ra, uning ijtimoiy ahamiyatini belgilash muhim sanalardi. Shu sababdan badiiy matnga funksional yondashuv qaror topdi. Har qanday jamiyat qarama-qarshi sinflardan iborat degan qarash hukmronlik qilgan XX asrning 30-yillaridan 70-yillarga qadar bo’lgan oraliqda badiiy matn tahliliga ijtimoiy yondashuv ustuvorlik qildi. Badiiy asar faqat sinfiy-partiyaviy pozitsiyadan turib tahlil etildi. Aslida, bu xil yondashuvni tahlil deyish qam qiyin. Bu davrda talqin yetakchilik qildi. Chunki bu xil tahlilda matnning badiiy jihatlari, jozibasi emas, balki nimaga bagishlangani, qanday masalani ko’tarib chiqqanligi, qanday ijtimoiy kuchlarga xizmat qilganligi tekshirilardi. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab milliy tahlilchilikda chinakam tahlilga yuz burildi, badiiy matn tadqiq etila boshlandi. Asarning jozibasini ta'minlagan omillar, uning zavqiyobligiga sabab bo’lgan vositalar ko’rsatila boshlandi. Aytish kerakki, badiiy tahlilning taraqqiyoti pastdan yuqoriga tarzda jo’n sodir etilmay, o’ta murakkab tarzda namoyon bo’lgan jarayondir. Asr boshlarida Fitrat, Qodiriy, Chulpon, V. Maxmud singari badiiy matnga estetik hodisa tarzida yondashuvchi va asarning jozibasini ta'minlagan omillarni ko’rsatishni ko’zda tutgan tahlilchilar bo’lgani singari Ayn, S.Husayn, A.Sa'diy, R. Trigulov, Tuygun singari sof vulgar sotsiologlar hamda Oybek, O.Hoshim, H.Olimjon singari ijtimoiy va estetik yondashuvni uygunlashtirishga intilgan tahlilchilar ham faoliyat ko’rsatishdi. Tahlil mahorati ortib borgani, tajriba ko’paygani, estetik hodisalarga mafkuraviy yondashuv kamaygani sari ifodada ta'sirchanlik va tabiiylik ham kuchayib bordi. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling