Reja: Badmintonni paydo bo‘lishi va uni shakllanish bosqichlari


Badmintonning mustaqillik davrigacha rivojlanishi


Download 68.5 Kb.
bet2/3
Sana04.11.2021
Hajmi68.5 Kb.
#170763
1   2   3
Bog'liq
BADMINTON O’YININING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI.

2. Badmintonning mustaqillik davrigacha rivojlanishi

1957-yil sobiq “Ittifoq” badmintonining “tavallud topgan” kuni deb e’tirof etilishi mumkin. Shu kundan boshlab badminton Moskva va Leningrad hamda ayrim “Ittifoqdosh” respublikalar bo‘ylab ommaviylasha boshladi. 1962-yil bir qator respublikalar (Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston), shu jumladan, Moskva va Leningrad shaharlari terma jamoalari o‘rtasida norasmiy musobaqalar tashkil etildi. O’‘zbekiston terma jamoasi 1963-yilda ilk bor o‘tkazilgan sobiq “Ittifoq” chempionatida ishtirok etib, 14 jamoa ichidan 9~chi o'rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ana shu yillardan boshlab badminton yurtimizda, ayniqsa, Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Navoiy va Angren shaharlari da jadal rivojlanib, ommalashib bordi. 1982-yilda Toshkentda badminton bo‘yicha sobiq “Ittifoq” chempionatining shaxsiy-jamoa musobaqalari o‘tkazildi. O’‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Bilol Agzamov,. Grigoriy Klimberg (Toshkent sh.), Aleksandr Tranevich (Angren), Nuzet Kurtumetov (Angren), Elena Lizupova (Toshkent sh.) lar ishtirok etishdi va munosib о‘yin ko‘rsatishdi. Toshkent sihahar terma jamoasi o‘sha vaqtda V.A.Tkachenko, Angren terma jamoasi esa I.P.Derjak kabi trenerlar boshchiligida shug‘ullanishgan edi. 1963-yildan boshlab O’‘zbekistonda badminton bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar (chempionatlar) va shu sport turiga tegishli ayrim ma’lumotlarni keltirish mumkin. Jumladan, 1963- yilda Adabiyot institutida badminton bo'yid'a O’‘zbekiston saralov chempionati o‘tkazildi va bunda Mitxat Ibragimov chempion bo‘ldi. 1970-yiIda badminton O’‘zbekiston Davlat sport qo‘mitasining musobaqalar taqvim rejasiga kiritildi va bosh trener



1986-yilda vakillarimiz Andrey Bitiyev yakka toifada Zelinogradda o‘tkaziigan “Ittifoq” o‘smirlar birinchiligida g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo£ldi. Andrey Bitiyev va Anatoliy Galchenko juftlik toifasida g‘oIib!ikni qo‘lga kiritdilar. Yuliya Yakobson (Seytlin) va Galina Kozina ayoliaming juftlik toifasida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi, Irina Galchenko va Marina Shutovalar esa uchinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi. 1991-yilda o‘tkazilgan “Ittifoq” xalqlari Spartakiadisida O’‘zbekiston terma jamoasi 6-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. O’‘zbek badmintonchilarining 1991-yildan boshlab respublika chempionatlari va kubok musobaqalarida erishgan natijalari 1- jadvalda keltirilgan.

Mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab bugungi kungacha badminton yurtimizda borgan sari ommalashib bormoqda. Ta’lim muassasalarida, mahallalar, dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida katta-kichik yoshli sport ixlosmandlarining badminton o‘ynayotganlari ko!zga tashlanadi. Respublikamiz hududlarida bolalar, o'smirlar, yoshlar va professional badmintonchilar o‘rtasida turli musobaqalar o‘tkazish an’anaga aylanib bormoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek badmintonchilari nufiizli xalqaro musobaqalarda (Osiyo o‘yinlari, chempionatlar, kubok musobaqalari, tumirlar) munosib ishtirok etib, hatto sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Respublikamiz tumanlari, viloyatlari, shaharlar, hatto qishloq hududlarida ham faoliyat ko‘rsatayotgan badminton to‘garaklari, sport maktablari va badmintonga ixtisoslashgan sog‘lomlashtirish markazlari ko‘lami kengayib borayotgani ushbu sport turining yanada ommalashib ketishiga turtki boimoqda. Shu bilan bir qatorda, turli yosh va malakali badmintonchilarni tayyorlash, ilmiy asoslangan mashg‘ulotIami o‘tkazish, olzbek badmintonini xalqaro pog‘onaga ko'tarish salohiyatiga ega o‘qituvchi-trener kadrlar soni o‘ta chegaralangandir. Ana shunday mutaxassis - kadrlar yetishtirish va ulaming ko‘lamini kengaytirish maqsadida 2014-yiIda badminton ixtisoslik fani sifatida O’‘zDJTI o‘quv rejasiga kiritilgan boiib, shu yildan boshlab ushbu sport turi bo‘yicha sport faoliyati - 561050O’ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Ma’Iumki, 561050O’- “Sport faoliyati” (badminton) ta’lim yo'nalishi bo‘yicha yetishtiriladigan bo‘lajak bakalavr na’munaviy fan dasturida qayd etilgan barcha mavzularga doir nazariy bilim va amaliy ko'nikma - malakalami o‘zlashtirishi lozim. Taqdim etiiayotgan o‘quv qo‘llanmada mazkur mavzular mohiyati va mazmuni ochib berilgan. Badminton ixtisosligi bo‘yicha O’‘zDJTIni tugatgan o‘qituvchi-treneming kasbiy-pedagogik faoliyati quyidagi ta’limtarbiya va sport muassasalarida amalga oshirilishi mumkin: - maktabgacha tarbiya muassasalari; - umumta’lim maktablari; ~ o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (AL, KHK); - olimpiya zaxiralari kollejlari; -BO ‘SMlar; - Bolalar va o‘smirlar olimpiya zaxiralari maktablari; - Oliy sport mahorati maktablari; - sport klublari; - ko‘ngilli sport jamiyatlari; - terma jamoalar; - xususiy sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport markazlari; - oromgohlar va sog‘ 1 о т 1 ashtiruvchi maskanlar. O’‘qituvchi-trener amaldagi o‘quv rejasida qayd etilgan fundamental, maxsus va ixtisoslik fanlari bo‘yicha belgilangan nazariy bilim, kasbiy-pedagogik ko‘nikma va malakalami o‘zlashtirgan bo‘lishi, jismoniy tarbiya va sportga oid hamda aloqador huquqiy, me’yoriy va ma’muriy hujjatlar mohiyatini bilishi va ularga amal qilishi, ommaviy sport mashg‘ulotlarini o‘tkazish, sport zaxiralari va yuqori malakali sportchilar tayyorlash tajribasini o‘rganib borishi darkor. Shaxs sifatida shakllangan, yuksak ma’naviy va madaniy xislatlarga ega, aqlan teran, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o‘zida jo qilgan, murakkab vaziyatlarda tashabbus va mas’uliyatni o‘ziga olishga qodir va keng dunyoqarashga ega inson bo‘lib etishishi talab qilinadi. O’‘qituvchi-trenerga qo‘yiladigan malakaviy talablar uning kasbiy-pedagogik faoliyatiga xos turli yo'nalishli ko‘nikmalar bilan belgilanadi: boshqaruvchilik, loyihalash, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, gnostik, targ‘ ibot-tashviqot, tadqiqotchilik shular jumlasidandir.

Boshqaruvchilik qobiliyati - bo‘lajak o‘qituvchi-trener (bakalavr) o‘quv mashg‘ulotlari va sportchilar tayyorlash jarayonini ilmiy asoslangan rejalashtiruv hujjatlari, me’yoriy mezonlari hamda ilg‘or tajribalar va innovatsion texnologiyalar yordamida boshqarishni arvglatadi. Trenerning loyihalash ko‘nikmasi - o‘z ichiga ko‘p yillik sport (renirovkasi tizimida yuqori malakali sport zaxiralarini tayyorlash, yillik tayyorgarlik sikli (makrosikl), tnezosikl vamikrosikllarga mo‘Ijallangan mashg‘ulotlar loyihasini ishlab chiqish, ommaviy badminton tadbirlarini rejalashtirish hamda sportchilami ertalabki gimnastika va jismoniy sifatlami rivojiantiruvchi mashqlar majmualarini mustaqil rejalashtirishga o‘rgatish kabi masalalami kiritadi. Konstruktiv ko‘nikma - shug‘ullanuvchilami badmintonga oid va unga aloqador bilimlar bilan qurollantirish, mashqlarning murakkabligi va organizmga ta’sir etish xususiyati bo‘yicha ulami tanlashga o‘rgatish, mehnat, ta’lim olish, ovqatlanish, uxlash va dam olish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish ko‘nikma!arini shakllantirish, sportchilami mashg'ulot va musobaqa jarayonlarida mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatish muammolarini o‘z ichiga oladi. Tashkilotchilik qobiliyati - shug‘ullanuvchilaming ko‘p qirrali va ko‘p yo‘nalishli faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ta’limtarbiya va sog‘lomlashtirish jarayonlarini maqsadli amalga oshirish kabi chora-tadbirlar bilan ifodalanadi. Kommunikativ ko‘nikma - bu trenerda sportchilar, otaonalar, turli toifa va mansabga ega xodimlar, jamoat tashkilotlari bilan to‘g‘ri munosabat o‘matish masalalari bilan izohlanadi. Gnostik ko‘nikma badmintonga oid turli yosh va malakali badmintonchilar mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatiga xos bilimlami o‘zIashtirish, ilmiy va uslubiy adabiyotlardan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, o‘z tajribasi va ilg‘or tajribalar mohiyatini tahlil qilish masalalarini o‘z ichiga oladi.

“Badminton nazariyasi va uslubiyati” fanida (shu jumladan, badminton amaliyotida ham) tez-tez takrorlanib turadigan toshunchalar va atamalar mohiyatini bilish, ularning mantiqiy ma’nosini anglab olish ushbu darslik mavzulari va materiallarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkonini yaratadi. Quyida qator tushunchalar va atamalar mohiyati ochib berilgan. Texnika - yunoncha (tehnus) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida “san’at” ma’nosini anglatadi. Sport amaliyotida, xususan, voleybolda “texnika” harakat malakalari, o‘yin usullarining tuzilisb shakli, mazmuni va ijro etish tartibini ifodalaydi. Muayyan harakat (o‘yin usuli -- zarba, to‘p uzatish, to‘p kiritish va h.k) texnikasi maxsus mashqlar yordamida qanchalik ko‘p va uzoq vaqt takomillashtirilsa, u shunchalik go‘zal, chiroyli, yengil, bioenergetik jihatdan tejamli, samarali, aniq va “san’at” darajasida ijro etiladi. Takdka - yunoncha (taktikus) so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida “tartiblashtirish” ma’nosini anglatadi. Strategiya - yunoncha (strategia) so‘zidan olingan bo‘lib, harbiy sohada, siyosiy partiyalarda eng samarali yo‘l, usul yoki vositani tanlab, g‘alaba sari olib borish ma’nosini ifodalaydi. O’‘yin malakalari — o‘yin vositalari (to‘p uzatish, to‘p qabul qilish, zarba, to‘siq, to‘p kiritish)ni ifodalovchi harakat turlarini anglatadi. O’‘yin usullari - o‘yin malakalarini turlicha usullar (yuqoridan va pastdan ikki qo£llab hamda bir qo‘lIab to‘p uzatish, to‘g‘ri yo‘nalishda zarba berish yoki burib zarba berish, to‘p kiritish turlari vah.k)da ijro etishni ifodalaydi. Taktik harakat - samarali natija yoki g'alabaga qaratilgan hamda yakka, guruh va jamoa ishtirokida ijro etiladigan malakalarni anglatadi. Texnik tayyorgarlik - texnik mahoratni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Ushbu jarayonning natijasi texnik mahoratni o‘sganlik darajasini ko‘rsatadi. Taktik tayyorgarlik - taktik mahoratni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ushbu jarayonning natijasi taktik mahoratni o‘sganlik darajasini ko‘rsatadi. Mashg‘ulot yuklamasi - muayyan hajm, shiddat, muddat, takrorlanish, yo‘nalishda ijro etiladigan va sportchi organizmiga (ish qobiliyatiga) ta’sir etuvchi mashqlar yig‘indisini ifodalaydi. Musobaqa yuklamasi -musobaqa davomida bajariladigan va ish qobiliyatiga ta’sir etadigan o‘yin yuklamasini anglatadi.


Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling