Reja: Bank daromadlari auditi


Buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi moliyaviy hisobot


Download 2.14 Mb.
bet3/3
Sana21.11.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1791039
1   2   3
Bog'liq
Samadov Xojiakbar (2)

Buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi moliyaviy hisobot

  • Bank faoliyati asosan 2 ta asosiy moliyaviy hisobotlar, ya’ni buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish orqali yakunlanadi.
  • Bankning daromadliligi, birinchi navbatda harajatlarni kamaytirishga bog‘liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar, boshqalar bir xil sharoitda ishlasada, joriy harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
  • Odatda, banklar o‘z zimmasiga operatsiya harajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag‘lar, shuningdek, kredit riski bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Bank operatsiya harajatlarini aniqlash oson emas. Chunki, ular bank mahsulining keng turlarini aks ettiradi.
  • Bank passivlarini va o‘z mablag‘larini daromad aktivlariga transformatsiyalash nuqtai nazaridan, bankning birinchi vazifasini ham ishlab chiqarish jarayoni sifatida ko‘rib chiqish mumkin.

Foizli harajatlar

  • Foizli daromadlar an’anaviy tarzda o‘z ichiga barcha aktivlar bo‘yicha olingan ustama foizlar va komission to‘lovlarni olsa, foizli harajatlar – barcha majburiyatlar bo‘yicha to‘langan foizlar summasi aks ettiriladi.
  • Foizlar to‘lovi bo‘yicha umumiy harajatlar barcha mablag‘lar manbalari, ya’ni omonat hisoblaridan tortib to veksellar hamda aksiyadorlik obligatsiyalariga sarflanadigan foizli sarf-harajatlargacha o‘z ichiga oladi.
  • Rezervga ajratmalar kelgusida ssudalar bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun mo‘ljallab qo‘yiladi.
  • So‘nggi paytlarda anchagina ahamiyati ortib borayotgan foizli daromadlarga turli bank xizmatlari uchun ajratiladigan komissiyalar (hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar, trast operatsiyalar va hokazolar) yoki bir vaqtning o‘zida imzolanadigan bitimlardan keladigan daromadlar (filiallarni sotish va hokazolar) kirsa, foizsiz harajatlarga maoshlar va qo‘shimcha to‘lovlar, uskuna yoki binolarni ijaraga olish, harid qilish, shuningdek, boshqa operatsiya harajatlari kiradi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling