Reja: Bank daromadlari auditi


Download 2.14 Mb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1791039
  1   2   3
Bog'liq
Samadov Xojiakbar (2)


Mustaqil ish
Mavzu: Tijorat banklari daromadlari, xarajatlari va foydasi auditi
.
Bajardi: BI – 220 guruh Samadov Xojiakbar Tekshirdi: Ochilova I
REJA:
2.Bank daromadlari auditi
3.Bank xarajatlari auditi
3. Bank moliyaviy natijasining shakllanishi va bank foydasining taqsimlanishi auditi

Bank daromadlari auditi

  • Tijorat banklarning daromadlari va ularning manbalarini bank faoliyatiga qarab, ya’ni tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalar nuqtai nazaridan klassifikatsiya qilish mumkin.
  • Tijorat banklarining daromadi bank faoliyatining kredit berish, diskont faoliyati, trast (ishonch) xizmati ko‘rsatish, banklarning kafolatlash faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar, depozitlarni qabul qilish va ularning hisobini yuritish bilan bog‘liq faoliyat, boshqa banklar bilan vakillik munosabatlariga asoslangan faoliyat, noan’anaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat va boshqa faoliyat turlari natijasida shakllanadi.

Bank daromadlarini shakliga ko‘ra


Foizli daromad
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komission to‘lov
Boshqa daromadlar – valyuta kurslaridagi farqlar, balans va bozor narxlarining farqlanishi va boshqalar

Foizli daromadlar

  • Foizli daromadlar oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka bo‘yicha hisoblanadi. Bulardan asosiylari kredit bo‘lib banklar o‘z kapitalini tezroq ko‘paytirish maqsadida, jalb qilingan mablag‘lardan samarali foydalanish va ulardan foydalaganda ko‘proq foyda olish uchun, qisqa muddatli kreditga ko‘proq mablag‘ yo‘naltiradi. Chunki bu qisqa muddatli kredit juda oz fursatda yana bankka qaytib u bo‘yicha hisoblangan foizlar ham bank daromadiga kelib tushadi.

ko‘rsatilgan xizmatlar uchun komission to‘lovlar

  • Banklar mijozlarning hisobidan ularning topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq komission operatsiyalarni ham olib boradilar.
  • Bunday komission operatsiyalar mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatga pul o‘tkazishda, bank o‘z mijozlariga ularning hisob-kitob, joriy, valyuta, qarz va boshqa hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish bo‘yicha ko‘rsatadigan xizmatlar, naqd pul berish (olish) shuningdek axborot, maslahat, ekspertiza hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatishda yuzaga keladi va ulardan olinadigan haqlar ham bank daromadini tashkil etadi. Bundan tashqari banklar investitsiya bo‘yicha, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni sotib olish orqali ham yuqori daromad oladilar.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling