1-Mavzu. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari


Download 105.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana19.10.2023
Hajmi105.05 Kb.
#1710349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TTAT 1 Maruza 1 k



1-Mavzu. 
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Axborot 
kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari.  
 
Reja: 
1. 
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining predmeti va 
uslublari. Texnik tizimlarda axborot kommunikasion texnologiyalarining (AKT) 
asosiy vazifalari va tarmoq sohalarida qo’llash.
2. 
O’zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishdagi asosiy yo’nalishlari, 
amaldagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar 
Maxkamasining 
qarorlari. 
Respublikada 
kompyuterlashtirish 
va 
AKTni 
rivojlantirish dasturlari, vazifalarini o’rganish.
3. 
AKT texnik yo’nalishlarida tadbiq etish tamoyillari, raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish. 
4. 
Texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni 
qo’llash. Kompyuter etikasi.
Tayanch so’z va iboralar: kopmyuter tizimlari, texnik tizimlar, tizimli 
dasturiy ta’minot, amaliy dasturiy ta’minot, multimedia, drayver. axborot, axborot 
texnologiyalari, axborotlashtirish, axborot kommunikatsion texnologiyalar, electron 
hujjat, AKT. 
1. 
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining predmeti va 
uslublari. Texnik tizimlarda axborot kommunikasion texnologiyalarining 
(AKT) asosiy vazifalari va tarmoq sohalarida qo’llash. 
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon 
axborot texnologiyasi deb ataladi. Axborot texnologiyasi– axborotni to’plash, 
saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami 
uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar. 
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi 
AT ni muloqot, tarbiya, jahon xamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish 
imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o’zbelgilash 
va “oyoqqa turish”dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi. Multmediyali texnik 
vositalarga ega bo’lgan kompyuterlar video va audio axborotlarning didaktik 
imkoniyatlaridan foydalana oladi. Gipermatn tizimlari yordamida matnning o’zida 
murojaatlarni tashkil qilsa bo’ladi, bu esa kalit so’zlar yordamida kerakli 
ma’lumotlarni izlashni osonlashtiradi. Gipermediya tizimlari faqat matnni emas, 
balki tasvirni, raqamlashtirilgan tovushni, rasmlarni, multfilm va videofilmlarni 
o’zaro bog’lash imkonini beradi.Bunday tizimlardan foydalanish elektron 
qo’llanmalari, spravochniklarni, kitoblarni, ensiklopediyalarni yaratish va kompakt 
disklar yordamida tarqatish imkonini beradi. 
Ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, 
bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi 
ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi. 


Bu terminalogiyaga mos xolda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o’quv 
jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish 
usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa bo’ladi. TATda qo’llaniladigan Elektron 
vositalar tarkibiga metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat, dasturiy va 
axborot komponentlari kiradi. 

Download 105.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling