Reja: Bank daromadlari auditi


Download 2.14 Mb.
bet2/3
Sana21.11.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1791039
1   2   3
Bog'liq
Samadov Xojiakbar (2)

Bank harajatlari auditi

  • Tijorat banklari korxona va tashkilotlarning hisob-kitob, kassa va ssuda bo‘yicha operatsiyalarini bajaradi. Shuningdek, turli va boshqa pulli xizmatlarni ko‘rsatadi. Banklar o‘z faoliyati davomida operatsiyalarni bajarishda turli xil harajatlar qiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari, harajatlari hisobini yuritish va ularning daromad solig‘ini hisoblash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bank harajatlari balansning 50000 hisobraqami bilan yuritiladi.
  • Bank faoliyatiga oid harajatlarga talab qilib olunguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar bo‘yicha to‘langan foizlar yozilgan, lekin to‘lanmagan foizlar bank majburiyatlari bo‘yicha to‘langan foizlar banklararo kreditlar, bank olgan qayta moliyalashtirish kreditlari, muddati o‘tgan banklararo kreditlar bo‘yicha to‘langan foizlar, vositachilik yig‘imlari, chet el valyutasini harid qilish uchun to‘langan vositachilik yig‘imlari va boshqalar kiradi.

Bankning operatsion harajatlari

  • Banklar o‘z operatsion harajatlarini ularning bosh banki tomonidan bir yil uchun tasdiqlangan va xabar qilingan smeta mablag‘ ajratmalari doirasida amalga oshiradilar. Bankning operatsion harajatlari smetasi bo‘yicha kreditlarni bank rahbari tasarruf etadi. Bankning operatsion harajatlari uchun ajratilgan smeta mablag‘lari hisobot yilining 31 dekabrigacha amal qiladi. Tugagan yilda amalda qilingan barcha harajatlar 31 dekabrgacha o‘tkazilishi lozim.
  • Bankning operatsion harajatlari hisobi banklar tomonidan balansda quyidagi tegishli hisobvaraqlar yuritiladi:
  • - «Ish haqi va xodimlar uchun boshqa harajatlar»;
  • - «Ijara va saqlash»;
  • - «Xizmat safari va transport harajatlari»;
  • -“Ma’muriy xarajatlar” va shu kabilar. Bu hisobvaraqlarga faqat hujjatlar bilan tasdiqlangan va amalda qilingan harajatlar kiritiladi.

Bank moliyaviy natijasining shakllanishi va bank foydasini taqsimlanishi auditi

  • Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi.
  • Umuman olganda barcha tijorat banklari o‘z ish faoliyatining yakunlarini foyda bilan tugatishga harakat qiladilar. Bank muassasalarining moliyaviy natijalarini yakunida asosiy ko‘rsatkich foyda hisoblanadi.
  • Bank muassasalarining asosiy ish prinsipi kamroq harajat qilib, ko‘proq daromad oliщ hamda moliyaviy natijalar yakunida maksimal foyda olish hisoblanadi.
  • Bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan banklar davlat tasarrufidan chiqarilishi sababli harajatlarni minimallashtirishga qaratilishini taqozo etmoqda. Bank faoliyati natijasini tahlil qilishda olingan barcha daromadlardan qilingan harajatlar chegirib tashlash orqali oxirgi natija foyda yoki zarar aniqlanadi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling