Banklari daromadlari, harajatlari


Download 1.29 Mb.
bet1/6
Sana07.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1172670
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tijorat banklari daromadlari, harajatlari va foydasi auditi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI
Bank ishi fanidan



MUSTAQIL ISH

Mavzu: Tijorat banklari daromadlari, harajatlari va foydasi auditi




Guruh:SMM 51
Bajardi: Muminova Xumora
Qabul qildi: _________________


Toshkent – 2023

Tijorat banklari daromadlari, harajatlari va foydasi auditi
Reja:

    1. Bankning daromad va xarajatlarini tekshirish tartibi

    2. Tijorat banklari daromadlari

    3. Tijorat banklari harajatlari va foydasi auditi



  1. Bankning daromad va xarajatlarini tekshirish tartibi

Bank xarajatlari ham foizli, foizsiz va operatsion xarajatlarga bo‘linib, ularnnng hissasi aniqlanadi va har bir qism bo‘yicha hisobvaraqlar alohida tekshiriladi.


Talab qilib olinguncha dspozitlar (50100), jag‘arma depozitlar (50000), muddatln depozitlar (51100) bo‘yacha xarajatlar tuzilgan shartnomalar va foiz stavkalari bilan solishtirilgan holda tanlov asosida qayta hisoblab chiqiladi.
Olingan kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar (53100, 53600, 54100 va h.) ham yuqoridagi tartibda shartnomalar asosida tanlov yo‘li bilan qayta hisoblab ko‘riladi.
Komission xarajatlar va xizmatlir uchui xarajatlir (55100, 55300, 55800, 55900 va h.) oxirgi sanaga to‘liq talqin qilinib), birlamchi hujjatlar bilan solishtirish yo‘li bilan tekshiriladi.
Operatsion xarajatlar ham birlamchi xujjatlar asosida tasdiqlanadi, yani barcha hisobvaraqlar bo‘yicha talqinlar talab qilinib, birlamchi xujjatlar bilan solishtiriladi.
Jumladan, 56100 - «Ish xaqi va xodimlarga boshqa xarajatlar» - hisobi bo‘ylcha ish xaqlari shgat jadvali bo‘yicha o‘rnatilishi, ularni hisoblanishi, to‘lanishi, hamda ushlangan soliqlarning va ushlanmalarning to‘g‘riligi tekshiriladi. Xodimlarga qilingan boshqa xarajatlar ham qonuniy berilganligiga hisobotda izoh beriladi.
Qolgan barcha operatsion xarajatlarning har biri alohida yuqoridagi tartibda tekshirilib, hisobotda izoh beriladi.
Balansdan tashqari hisobvarqlar bo‘yicha operatsiyalarni tekshirish natijalari ham hisobotda o‘z aksini topishi zarur.
Bundan tashqari buxgalteriya hisobi va hisoboti amaliyotlarini tekshirishda filial tomonidan soliqlarning hisoblanishi va to‘lanishi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 18 martda 677-son bilan ro‘yxatga olingan Markaziy Bankning 98-V-sonli «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan soliqlarni to‘lash Tartibiga asosan to‘liq qayta hisob-kitob qilib ko‘riladi.
Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog`liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Odatda, banklar o`z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag`lar, shuningdek, kredit riski bilan bog`liq bo`lgan yo`qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Buxgalteriya hisobi to`g`risidagi qonunga binoan mamlakatimizda hisoblash tamoyiliga asosanib bank daromadlari va xarajatlari hisobga olinadi va hisobda aks ettiriladi. Tijorat banklari buxgalteriya hisobi boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlar buxgalteriya hisobidan farq qiladi. Uni o`zining maxsus hisobvaraqlar rejasi mavjud va bank daromadlari va xarajatlari mana shu hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
Respublikamiz yirik tijorat banklarida foizsiz daromadlar hajmidagi salmog`i 50 foizdan yuqori darajani tashkil etmoqda. Jahon banki ekspertlarining fikriga ko`ra, tijorat banklari yalpi daromadining kamida 70 foizi foizli daromadlardan tashkil topishi lozim.7
Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasida xarajatlar 50000- 56902 hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Dastlab foizli xarajatlar 50100-54904 hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Ularning tarkibi quyidagicha:

  • talab qilib olinguncha depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar

  • jamg`arma depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar

  • muddatli depozitlar bo`yicha foizli xarajatlar

  • O`zbekiston Respubikasi hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar

  • boshqa banklarning hisobvaraqlari bo`yicha foizli xarajatlar

  • bankning tugallanmagan akseptlari bo`yicha foizli xarajatlar

  • qisqa muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar

  • uzoq muddatli kreditlar bo`yicha foizli xarajatlar

  • chiqarilgan qimmatli aog`ozlar bo`yicha foizli xarajatlar

  • qimmatli qog`ozlar bilan oshiriladigan REPO operatsiyalari bo`yicha foizli xarajatlar

  • boshqa foizli xarajatlar

Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini audit qilishda har bir balans moddalari shaxsiy hisobvaraq aylanmalari bilan solishtirib chiqishdan boshlanadi. Auditor bankka kelgach dastlab bank bosh buxgalteridan bankning kunlik balansni so`raydi. Undagi qoldiqlarni birma-bir tekshirib chiqadi. Balans va uning moddalari shaxsiy hisobvaraqlar qoldiqlariga tengligi tekshirilgach, auditor dasturlar tengligini tekshirishni boshlaydi. Hamkorbank filialida IABS dasturi va RS_Bank dasturlari ishlatiladi. Har bir berilgan kredit ikki dasturda ham bir xil kiritilishi va ulardagi qoldiq doimo teng bo`lishi lozim. Auditor har doim dastur bilan ish yuritadi. Uning ishchi dasturi taxminan quyidagicha bo`ladi:




Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling