Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati
Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, banklarning vakillik hisob varaqlari, banklararo hisob-kitoblarning elektron to’lov tizimi orqali yuritilishi
Download 0.57 Mb.
|
Bank buxgalteruyasi hisobi
2. Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, banklarning vakillik hisob varaqlari, banklararo hisob-kitoblarning elektron to’lov tizimi orqali yuritilishi.
Hozirgi paytda tijorat banklarining faqat Bosh banklari o‘rtasidagi hisobkitoblar Markaziy bank orqali o‘tkaziladi. Buning uchun Markaziy bank qoshidagi Hisob-kitob markazida alohida tranzit hisobvarag‘i ochilgan. Bunday tranzit hisobvaraqlari tijorat banklarining hech birida yuritilmaydi. Shu bilan birgalikda tijorat banklari o‘zlarining banklararo munosabatlarini olib borish uchun HisobKitob markazida vakillik hisobvarag‘ini ochishlari lozim. Tijorat bankining vakillik hisobvarag‘i ikki xil ochilishi mumkin: Tijorat bankining har bir bo‘limi uchun Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasida alohida vakillik varag‘i ochiladi. Faqat Bosh bankka Markaziy bankning Hisob-kitoblar Markazida yagona vakillik hisobvarag‘i ochiladi, ya’ni Markaziy bank faqat Bosh bankka banklararo operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Vakillik hisobvarag‘i ochilayotganda Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasi o‘rtasida vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Tijorat banki vakillik hisobvarag‘i ochilishini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: Hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi ariza; Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi; Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi; Statistika idoralari tomonidan berilgan korxona va tashkilotning yagona Davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi; imzolar va muhr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlangan nusxasi. Vakillik hisobvarag‘i Markaziy bank farmoyishiga ko‘ra ochiladi. Vakillik hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitorlari Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag‘i ochish to‘g‘risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi va bo‘limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-kitob Markaziga jo‘natiladi. Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag‘i bu – tijorat bankiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-kitob Markazida ochilgan hisobvaraq bo‘lib, u banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazishga mo‘jallangan. Tijorat banklarining filiallariga esa Bosh bankda vakillik hisobvarag‘i ochiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan vakillik hisobvarag‘i Toshkent shahar Hisob- Kitob Markazida yuritilib, Hisob-Kitob Markazi uchun passiv hisobvaraqlardir. Mablag‘larning kelib tushishi va hisobvarag‘ qoldig‘i hisobvaraqning kredit qismida, mablag‘larning kamayishi esa uning debet qismida aks ettiriladi. Barcha to‘lovlar vakillik hisobvarag‘i qoldig‘i chegarasida amalga oshiriladi. Har bir bankning balansida ham vakillik hisobvarag‘i ochiladi va yuritiladi. Bu hisobvaraq bank balansining aktiv qismida yuritilib, bankning ichki vakillik hisobvarag‘i deb nomlash mumkin. Bosh bankning ichki vakillik hisobvarag‘i 10301 – balans hisob raqamida yuritiladi. Tijorat bankining Hisob-kitob Markazida ochilgan 21302 – vakillik hisobvarag‘i tashqi vakillik hisobvarag‘i deb yuritiladi. To‘lovni amalga oshirish uchun asosiy mezon operatsion kunning boshida ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanmalarning va qoldiq mablag‘larining birbiriga mos kelishi hisoblanadi. To‘lovning eng katta summasi cheklanmagan. Har kuni ertalab hisob markazi tomonidan berilgan tijorat banki hisobvarag‘idan ko‘chirmasi tijorat banki tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ushbu hisobvaraq bo‘yicha yangi kun operatsiyalari boshlanadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling