Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati
Bir bankka qarashli filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning tashkil etilishi
Download 0.57 Mb.
|
Bank buxgalteruyasi hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Turli banklarga qarashli banklararo hisob-kitoblarning mazmuni, yuritilishi va hisobi.
3. Bir bankka qarashli filiallar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning tashkil etilishi.
Hozirgi kunda respublikamizda 26 ta tijorat banki faoliyat yuritib kelmoqda. Bu banklar o‘z faoliyati hamda mijozlarning operatsiyalari yuzasidan boshqa banklar bilan munosabatda bo‘ladilar. Agar bir tipdagi banklar o‘rtasida operatsiyalar yuzaga kelsa, bu holda Bosh bankning ichida operatsiyalar yakunlanadi. Masalan, DAT “Asakabank”ning ikkita filialining miijozlari birbiriga pul o‘tkazishlari lozim bo‘lsa, bu operatsiyalar DAT “Asakabank”ning Bosh banki orqali o‘tkaziladi. Markaziy bankning Hisob-kitob markazi bu operatsiyalarda ishtirok etmaydi. Bir tipdagi bank filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar debet hujjatlari bo‘yicha alohida, kredit hujjatlari bo‘yicha alohida buxgalteriya provodkalari orqali bajariladi. Eng avvalo, to‘lovchi korxona bankida mijozning hisobvarag‘idan pulni kamaytirish bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari bajariladi. (Bunday buxgalteriya yozuvlarini avvalgi mavzuda o‘rgangansiz. Ushbu provodkani eslab ko‘ring). Faraz qilamiz, DAT “Asakabank”ning Yunusobod filiali to‘lovchi korxonaga xizmat ko‘rsatadi, mahsulot sotgan korxonaga esa DAT“Asakabank”ning Andijon filiali xizmat ko‘rsatadi. DAT“Asakabank”ning Yunusobod filialidan elektron to‘lov Bosh bankka jo‘natiladi. Bosh bank elektron to‘lov haqidagi axborotni qabul qilib, Yunusobod filialining vakillik hisobvarag‘idan Andijon filialining vakillik hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazadi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali bajariladi: Debet 22204 DAT“Asakabank”ning Yunusobod filiali Kredit 22204 DAT“Asakabank”ning Andijon filiali Shundan so‘ng, elektron to‘lov “Asakabank”ning Andijon filialiga o‘tkaziladi 4.Turli banklarga qarashli banklararo hisob-kitoblarning mazmuni, yuritilishi va hisobi. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, Hisob-kitob markazi bu- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki buxgalteriya hisobi va hisob-kitoblar boshqarmasining bo‘limi bo‘lib, uning funksiyasiga banklarning vakillik hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish va banklararo hisob-kitoblarning uzluksizligini ta’minlash kiradi. Hisob-kitob Markazi elektron to‘lov tizimiga ulangan tijorat banklari bilan belgilangan vaqt davomida alohida tarmoq orqali axborot almashish tartibida ish olib boradi. Elektron to‘lov tizimi bo‘yicha ish kuni boshlanishidan banklarning ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlarining qoldiqlari va aylanmalari qiymatining mosligi qilingandan so‘ng banklarga tizimda ishlashga ruxsat etiladi. Fayllarni qabul qilish, qayta ishlash va nazorat qilish, jo‘natish avtomatik rejimda seanslar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bosh banklar o‘rtasida banklararo hisob-kitoblarni o‘tkazish uchun Markaziy bank qoshida ochilgan Toshkent shahar hisob-kitob Markazida 27416 balans hisobvarag‘i ajratilgan. Tijorat banklaridan elektron hujjatlarni qabul qilib olgan Hisob-kitob Markazi ularni banklar bo‘yicha saralaydi. Bu hujjatlarning o‘zi alohida debet va kredit hujjatlariga bo‘linadi. Shundan keyin, debet hujjatlari bo‘yicha alohida, kredit hujjatlari bo‘yicha alohida buxgalteriya yozuvlari o‘tkaziladi. Debet hujjatlari bo‘yicha dastlab quyidagi provodka o‘tkaziladi. Debet 27416 “Banklararo hisob-kitoblar” Kredit 21302 “Tijorat bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i” Bir vaqtning o‘zida quyidagi javob provodkasi o‘tkaziladi. Debet 21302 “Tijorat bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i” TB B Kredit 27416 “Banklararo hisob-kitoblar” Bu ikki yozuv orqali 27416- hisobvarag‘ining tranzit hisobvaraq ekanligi va bir vaqtning o‘zida yopilishini ko‘rish mumkin. Hisob-kitob Markazlariga, tijorat banklariga tushadigan hujjatlarning asosiy qismi kredit hujjatlaridir. Kredit hujjatlari bo‘yicha ham Hisob-kitob markazlarida buxgalteriya yozuvlari o‘tkaziladi. Bosh bank o‘z filiallaridan kelgan elektron to‘lovlarni qayta ishlab o‘zining yagona vakillik hisobvarag‘i orqali Toshkent shahar Hisob-kitob markaziga modem aloqasi orqali jo‘natadi. Bu operatsiya bo‘yicha Bosh bankda quyidagi buxgalteriya amallari bajariladi: Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan hisobvaraqlar” A filial Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” A bank Hisob-kitob markazi bir tijorat bankining vakillik hisobvarag‘ida pul mablag‘larining kamayishi bo‘yicha ushbu buxgalteriya yozuvini bajaradi: Debet 21302 TB “A” Kredit 27416 Ikkinchi tijorat bankining vakillik hisobvarag‘ida pul mablag‘larining ko‘payishi bo‘yicha provodka quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: Debet 27416 Kredit 21302 TB “B” Tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘idan mablag‘larni hisobdan chiqarish va bu vakillik hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish har bir kelib tushgan yozuvning qayta ishlash jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshiriladi, shuning uchun barcha to‘lov hujjatlari bir vaqtning o‘zida 27416 hisobvarag‘ining ham debeti, ham krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Bu hol har bir operatsiya bo‘yicha va mos ravishda kun yakunlari bo‘yicha 27416 - hisobvarag‘ining avtomatik ravishda yopilishiga olib keladi.27416 – hisob raqamining 0 ga yopilishi tijorat banklari o‘rtasida hisob-kitoblarning muvaffaqiyatli yakunlanganligini ko‘rsatadi. Turli tipdagi bosh tijorat banklarining vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha chiqariladigan ko‘chirmalarda 27416 – shaxsiy hisobvaraqda va hudud ichidagi o‘tkazmalar jurnalida aks ettiriladi. Hisob-kitob markazidan elektron to‘lov mablag‘ oluvchi Bosh bankka o‘tkaziladi. Banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov Bosh bankka kelib tushganda dasturiy yo‘l bilan quyidagi yozuvlar bajariladi: Debet 22204 “Filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanadigan hisobvaraqlar”B filial Kredit 10301 “Bosh bankning vakillik hisobvarag‘i” B bank Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling