Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati
Muddatli va muddati o’tgan ssudalar bo’yicha foizlar hisoblash va undirish tartibi
Download 0.57 Mb.
|
Bank buxgalteruyasi hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BANKLARDA LIZING VA FAKTORING OPERATSIYALARI HISOBI. Reja: 1.Lizing operatsiyalari va ularning hisobi.
4.Muddatli va muddati o’tgan ssudalar bo’yicha foizlar hisoblash va undirish tartibi.
Har bir kredit bo‘yicha bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada kelishilgan miqdordagi foiz stavkalari asosida bank foydasiga foizli daromadlar undiriladi. Foizlar bo‘yicha summalar quyidagi formula asosida hisoblab chiqariladi.
Kredit uchun foiz summasi kredit miqdori foiz stavkasi kunlar soni 360 kunga bo‘lishimizga sabab foiz stavkalari yillik qilib belgilanadi. Lekin barcha bank operasiyalari kompyuterlashtirilganligi sababli dasturiy yo‘l bilan to‘lanadigan foizlar va asosiy qarz summalari butun kreditlash davri uchun grafik ko‘rinishida chiqarib beriladi. Bunday grafikning bir nusxasi mijozga beriladi, mijozlar ushbu grafik asosida kredit summasini va foizlarni belgilangan tartibda to‘lab boradilar. Banklarda kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblab boriladi va 16309- “Ssudalar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Foizlar hisoblangan, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: Debet 16309 “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” Kredit 42601 “Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar” Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: Debet 20208 “Xususiy korxona, shirkat va jamoalarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari” Kredit 16309 “Berilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” BANKLARDA LIZING VA FAKTORING OPERATSIYALARI HISOBI. Reja: 1.Lizing operatsiyalari va ularning hisobi. 2.Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi. Bozor munosabatlarining chuqurlashuvi va iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi, shuningdek bank va uning mijozlarini iqtisodiy manfaatdorligi banklarning xizmat turlari va operatsiyalari sonining doimiy ravishda ortib borishiga turtki bo’lmoqda. Banklarning noa’nanaviy operatsiyalari shunday operatsiyalardan hisoblanib, ularning tarkibiga: lizing; faktoring Banklarda lizing operatsiyalari va hisobi Markaziy bankning tegshli me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. (“Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to’g’risi”da 620sonli Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 21 oktyabrdagi 25/6-sonli qarori bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 27 dekabrda 1648-raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). Banklarda lizing operatsiyalari lizing beruvchi, lizingni oluvchi va vositalarni sotuvchilar o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag’iga xizmat ko’rsatayotgan bankkaquyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: lizing buyurtmasi; lizing ob’ektining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari va uning sotuvchisi to’g’risidagi ma’lumotnoma; lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko’rsatilgan biznesreja; oxirgi hisobot sanasiga tuman (shahar) davlat soliq inspektsiya tomonidan qabul qilingan buxgalterlik balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari. Lizing foiz stavkalari miqdori lizing oluvchi va lizing beruvchi bank o’rtasidagi o’zaro kelishuvga ko’ra lizing shartnomasida belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining “Lizing to’g’risida”gi qonuniga muvofiq, lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak: lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’ekti lizing oluvchining mulki bo’lib o’tsa; lizing shartnomasining muddati lizing ob’ekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq bo’lsa yoki lizing ob’ektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang’ich qiymatining 20 foizidan kam bo’lsa; v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’ektini uning bozor qiymatidan past narxda sotib olish huquqiga ega bo’lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’ekti qiymati asos bo’ladi; g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to’lovlarining umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 90 foizidan ortiq bo’lsa. Lizing beruvchi bank lizing ob’ekti uchun to’lovlarni sotuvchiga oldindan to’lab berilganda quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshiradi: Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling