Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


Valyuta ayrboshlash shaxobchalarida naqd pul va chet el valyutasi hisobini yuritish tartibi


Download 0.57 Mb.
bet45/64
Sana24.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1062871
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64
Bog'liq
Bank buxgalteruyasi hisobi

3.Valyuta ayrboshlash shaxobchalarida naqd pul va chet el valyutasi hisobini yuritish tartibi.
Tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda naqd soʻm bilan taʼminlash maqsadida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari (HBB) tijorat banklari filiallariga madad pullari beradi. Madad pullari Markaziy bankning HBB Hisob-kitob-kassa markazi (HKKM) aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan beriladi (Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. OʻzR AV tomonidan 16.08.2017 yilda 2912-son bilan roʻyxatga olingan).
HKKM tomondan tijorat banklariga jismoniy shaxslardan chet el valyutasini xarid qilish uchun soʻmda madad puli berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Respublika inkassatsiya xizmatining joylardagi boshqarmalari (boʻlimlari) orqali tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, tijorat banklarining yozma buyurtmalari hamda Respublika Markaziy banki va uning HBBlari farmoyishlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu madad pullari faqatgina tijorat banki filiallarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatiladi, boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish Markaziy bank HBBning tegishli farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
Bank kassalaridagi mavjud naqd pullar keyingi kunda kutilayotgan toʻlovlarni hisobga olgan holda, naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun yetarli boʻlmagan hollarda, naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun Markaziy bankning HBBga buyurtma asosida murojaat qiladi (Markaziy bankning HBBlariga Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma. OʻzR AV 26.10.2005 yilda 1518-son bilan roʻyxatga olingan).
Bank tomonidan soʻralgan madad pullari Markaziy bankning HBB farmoyishiga asosan HKKM aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan inkassatsiya xizmati orqali beriladi. HKKMlarda mazkur farmoyishga asosan tijorat banklariga madad puli joʻnatilganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 10109000 — «Yoʻldagi naqd pullar va boshqa toʻlov hujjatlari»,
Kredit 10101000 — «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvaragʻi.
HKKM aylanma kassasida tijorat banklari filiallari tomonidan soʻralgan madad pullarini berish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, shu kunning oʻzida Markaziy bankning HBB HKKM aylanma kassasini madad puli bilan taʼminlash choralarini koʻradi. Markaziy bankdan olingan emissiya ruxsatnomasiga asosan olingan madad pullarini Markaziy bankning HBB ertangi kundan kechikreditirmasdan tegishli tijorat banklari filiallariga belgilangan tartibda inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklariga madad pullari berish maqsadida zaxira fondidan aylanma kassaga naqd pul oʻtkazish uchun berilgan emissiya ruxsatnomalaridan:

  1. Markaziy bankning HBB ruxsatnoma olingan kunni hisobga olmagan holda

uch bank ish kuni davomida;

  1. HKKM Markaziy bankning HBBdan ruxsatnoma olingan kunni hisobga

olmagan holda ikki bank ish kuni davomida foydalanishi mumkin.
Markaziy bankning HBB boshligʻi, Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi boshligʻi, Emissiya-kassa amaliyotlari boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi hamda HKKM direkreditori olingan emissiya ruxsatnomalarini foydalanish muddatiga amal qilgan holda ishlatilishini taʼminlaydi.
Tijorat banklari filiallariga naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun beriladigan madad pullari uchun tijorat banki filiali vakillik hisobvaragʻida yetarli miqdorda mablagʻ mavjud boʻlmasa oldindan naqdsiz pul oʻtkazib berilishi talab etilmaydi. Tijorat banki filialiga inkassatsiya xizmati orqali keltirilgan soʻmdagi madad pullari bank filialining qimmatliklarni but saqlanishi uchun javobgar mansabdor shaxslar tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinib, ushbu naqd pullar 10196 - hisobvaragʻiga kirim qilinadi. Bunda, quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:

  1. Tijorat banklariga HKKMdan madad puli keltirilganda: Debet 10101000 - Aylanma kassadagi naqd pullar,


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling