Reja: Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil etishning ahamiyati


Inkasso topshiriqnomalari, ularning mazmuni, hisobi va rasmiylashtirilishi


Download 0.57 Mb.
bet26/64
Sana24.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1062871
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
Bank buxgalteruyasi hisobi

5. Inkasso topshiriqnomalari, ularning mazmuni, hisobi va rasmiylashtirilishi.
Inkasso topshiriqnomasi – ushbu topshiriqnomani bergan bank mijozining bank-emitentga to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz tartibda mablag‘larni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi talabidir
Inkasso topshiriqnomasi bank bo‘limiga undirib oluvchi tomonidan 0505411013 shaklda 3 nusxada topshiriladi. Undirib oluvchi va to‘lovchi tomonlarga bitta bank bo‘limida xizmat ko‘rsatilsa, inkasso topshiriqnomalarining alohida nusxalari quyidagicha ishlatiladi:

  • birinchi nusxa to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, bankning to‘rtburchak muhr izi, to‘lov amalga oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig‘masiga tikiladi;

  • ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birga to‘lovchining hisobvarag‘iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana, bankning to‘rtburchak muhri izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovchiga beriladi;

  • uchinchi nusxasi bank bo‘limining to‘rtburchak muhr izi tushirlgan, mas’ul bajaruvchi tomonidan imzo, to‘lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda to‘lovni oluvchiga beriladi.

Inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarda bajariladigan buxgalteriya yozuvlari undiruvchi va to‘lov to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi banklarning joylashuviga bog‘liq. Agar har ikki tomonga bitta bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa, inkasso topshiriqnomasini to‘lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali bajariladi:
Debet “To‘lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag‘i.
Kredit “Undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag‘i.
Hisobvaraq nomerlari undiruvchilar va to‘lovchilarning qaysi mulkchilik shakliga tegishligiga ko‘ra belgilanadi. Bu buxgalteriya yozuvi to‘lovchi korxona hisobvaraqlaridan mablag‘larni undiruvchi tomonning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazilganligidan dalolat beradi.
To‘lov to‘lovchi va undiruvchi tomonlar bir shahar ichidagi turli banklar xizmatidan foydalansalar, undiruvchi tomon inkasso topshirig‘ini to‘lovchi bankiga 3 nusxada topshiradi. Topshiriqnomaning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilganligi, uning barcha rekvizitlari mavjudligi, shu bilan birga to‘lovchining hisobvarag‘ida ushbu topshiriqnomani to‘lash uchun pul mablag‘larining yetarliligi bank mas’ul ijrochisi tomonidan nazorat qilinadi. Shundan so‘ng birinchi nusxa asosida quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet “To‘lovchi korxonaning talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag‘i.
Kredit “To‘lovchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisobvarag‘i”.
To‘lovlar elektron to‘lov tizimi orqali Hisob Markaziga o‘tkaziladi. Inkasso topshiriqnomalarining boshqa nusxalari yuqorida ko‘rsatib o‘tilganga muvofiq ishlatiladi.
To‘lov to‘lovchi va undiruvchi tomonlarga turli shahardagi turli banklar xizmat ko‘rsatsalar, undiruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank inkasso topshirig‘ini ijro hujjatlari bilan birgalikda pochta aloqasi orqali to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankka jo‘natadi. To‘lovchining banki kelib tushgan hujjatlarning to‘lanishi mumkinligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib yuqorida buxgalteriya yozuvini o‘tkazadi va elektron to‘lov tizimi orqali Hisob Markaziga to‘lovni jo‘natadi. Hisob Markazi orqali to‘lov undiruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning vakillik hisobvarag‘iga kelib tushadi. Bir vaqtning o‘zida kelib tushgan pul mablag‘lari undiruvchi tomonning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi: Debet 16103 “Undiruvchiga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisobvarag‘i”.
Kredit “To‘lovni undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit” hisobvarag‘i.
Undiruvchi bankida elektron to‘lov tizimi orqali qabul qilingan elektron inkasso topshiriqnomasi qog‘ozga chiqariladi. Inkasso topshiriqnomasining elektron ko‘rinishi bankning axborot bazasida saqlanadi. Elektron inkasso topshiriqnomasining qog‘ozga chiqarilgan nusxasi esa bank mas’ul ijrochisining imzosi va bank muhri izi qo‘yilgan holda undiruvchi hisobvarag‘iga ilova sifatida undiruvchiga beriladi

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling