Reja: (bankrotlik)ni baholashning obyektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
Bosqichlari Mazmuni
Download 45.7 Kb.
|
Korxonalar iqtisodiy nochorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoqqa turish va faoliyatni kengaytirish
- O‘sish, rivojlanish
- Gullash, taraqqiy etish
- Cho‘kish va sinish davri
Bankrotlikning hayot sikli Bankrotlikka olib keluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin Bankrotlikka olib keluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin - ichki omillar - tashqi omillar Ichki omillar qatoriga: aylanma mablag‘larning yetishmasligi; resurslardan foydalanish samarasining pastligi; normadan ortiq aktivlarning saqlanishi; texnika-texnologiyalarning eskirganligi; ishlab chiqarishni tashkil etishning eskiligi; mijozlar moliyaviy holatining yomonligi; marketingning eskiligi; ortiqcha qarz majburiyatlarining mavjudligi; ishlab chiqarishning asossiz kengaytirilishi; tashqi faktorlarni hisobga olmasdan boshqarish strategisini belgilanishi va h.k. kiradi. Tashqi omillarga: iqtisodiy (davlatdagi krizis, inflyatsiya); siyosiy omillar; ilmiy texnikaviy omillar; demografik omillar va h.k. omillar kiradi. Iqtisodiy nochorlik (bankrot)likni tahlilining maqsadi korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining “og‘riqli nuqtalari”ni aniqlash, ularning yuzaga kelishi va rivojlanishini baholash, sabablarini o‘rganish orqali iqtisodiy nochorlik risklarni kamaytirishga yordam beruvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilishdan iborat. Iqtisodiy nochorlik (bankrot)likni tahlilining maqsadi korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining “og‘riqli nuqtalari”ni aniqlash, ularning yuzaga kelishi va rivojlanishini baholash, sabablarini o‘rganish orqali iqtisodiy nochorlik risklarni kamaytirishga yordam beruvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilishdan iborat. Tahlil mazmunini xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) yuzasidan tahliliy amallarni bajarish va ularning moliya-xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi iqtisodiy, moliyaviy ahvolini raqobatdoshlik taomillari asosida barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tizimli analitik jarayonlarni o‘tkazish tashkil etadi. Qo‘yilgan maqsad va tahlil mazmunidan kelib chiqqan holda tahlil vazifalari sifatida quyidagilarni tarkiblash mumkin: - xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ning joriy va istiqboldagi holatini baholash; - xo‘jalik yurituvchi subyektlarda iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ning yuzaga kelish sabablarini o‘rganish, tahlil etish; - xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni tahlil etishning modellarini tuzib chiqish va uning o‘zgarishlarini baholash; - xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) risklarini baholash va ularni minimallashtirish; - xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy nochorligi (bankrotligi)ni oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash; - iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan boshqaruv qarorlarini tayyorlash va uni amaliyotga joriy qilish. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga quyidagi mezonlardan bittasiga javob beradigan yuridik shaxslar kiritiladi: korxonaning xodimlari soni, ularning oila a’zolarini ham qo‘shib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil qiladi; korxona xodimlarining soni kamida uch ming kishini tashkil qiladi; korxona davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini saqlashni ta’minlaydi; korxona tabiiy monopoliya subyekti hisoblanadi 2. Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari 2. Bankrotlik instituti va uning rivojlanish istiqbollari. Iqtisodiy nochorlikni tartibga solishning huquqiy normalari Bankrotlik instituti – murakkab huquqiy muassasadir: huquqiy muassasa tomonidan beligilanadigan protsessual me’yorlarni belgilash, tartiblash amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida bankrotlik instituti 1994-yilda tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida bu borada sezilarli ishlar olib borildi va muhim natijalarga erishildi. Eng muhimi ushbu munosabatlarni tartibga solishning puxta va mukammal qonunchilik bazasi shakllantirildi. Dastlab 1994-yilda 5-mayda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun dastlab 35 moddadan iborat bo‘lgan. Lekin qonun amaliyoti bo‘yicha mazkur davrda bironta ham bankrotlik holati ko‘rilmadi. Qonun amalda bo‘lgan davrda bankrotlik bo‘yicha faqat ikkitagina ariza qabul qilingan va ko‘rib chiqilgan. 1995-yilda Qonun amaliyoti va bankrotlikni amalga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori chiqarildi va bu boradagi ishlar biroz jadallashdi. Shu yilda 47 ta bankrotlik holati bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi. 1996-yil 11-dekabrda “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunni amalda qo‘llash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Respublika Prezidentining maxsus farmoni sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish imkonini berdi. 1996-yil 11-dekabrda “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunni amalda qo‘llash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Respublika Prezidentining maxsus farmoni sohadagi ishlarni yanada jadallashtirish imkonini berdi. 1998-yil 28-avgustda qonun yangi tahrirda qabul qilindi. U ko‘plab moddalar bilan boyitildi. Xususan, ayrim turdagi qarzdorlarning bankrotligi to‘g‘risidagi qoidalar, yangi taomil – tashqi boshqaruv qo‘shildi va bu kreditorlarning huquqlarini kengaytirdi. Ushbu qonunda yuridik va yakka tartibdagi tadbirkor bankrotligi alomatlari alohida ajratib ko‘rsatildi. 2003-yil 24-aprelda Qonun yana yangi tahrirda e’lon qilindi. U 192 moddadan iborat bo‘lib, bankrotlik belgilari va taomillariga tegishli bo‘lgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan qarzdorlarning to‘lov qobiliyatini tiklashni maqsad qilib qo‘ygan ko‘plab yangi qoidalarni o‘zida mujassamlashtirdi. Qonunga ikkita yangi bob kiritildi va ular yangi bankrotlik taomillarini o‘zida ifoda etdi: kuzatuv va sud sanatsiyasi, shuningdek, barcha bankrotlik taomillari sud boshqaruvchilari tomonidan amalga oshirilishi, sud boshqaruvchilari sud tomonidan tayinlanishi va nazorat qilinishi belgilandi. 2022 yil 12 aprelda TO‘LOVGA QOBILIYATSIZLIK TO‘G‘RISIDAgi QONUN qabul qilindi 2022 yil 12 aprelda Download 45.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling