Reja: Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1452806
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

Sug‘urta to‘lovining 
summasi = 
 Sug‘urta
summasi x 
Ishga 
layoqatsizlik 
koeffitsienti 
Ishga layoqatsizlik koeffitsientini aniqlashning ikki usuli mavjud. Birinchi 
holda sug‘urta kompaniyalari o‘z statistik kuzatuvlari asosida mehntatga layoqatni 
yo‘qotish darajasini ushbu layoqatni to‘liq yo‘qotish holatidan yoki turli a’zolarning 
ish qobiliyati yo‘qotilishi holatidan kelib chiqib aniqlash jadvalini tuzadilar, yoki 
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodislardan ko‘rilgan zararni qoplash uchun davlat 
tomonidan qo‘llaniladigan jadvallardan foydalanishlari mumkin. 
To‘liq va doimiy 100 foizli mehnatga layoqatsizlik to‘liq ko‘rlik holatida, 
umumiy falaj holatida, ikkala qo‘lni (ikki qo‘l barmoqlari), ikki oyoq (to‘piqdan 
pasti), va bir qo‘l (barmoqlari) va bir oyoq (to‘piqdan pasti) amputatsiya qilinganda 
yoki ulardan foydalanish imkoniyati to‘la yo‘qotilgan taqdirda, davolanmas darajada 
es-hushini yo‘qotish holatlarida qo‘llanadi. 
Tan a’zolarining qisman yo‘qotilishi yoki ishga yaroqsizlik holati maksimal 
koeffitsientlarga keltirilganda, tibbiyot muassasi yoki tibbiyot-ekspertiza komissiyai 
tomonidan belgilangan yaroqsizlik darajasiga mutanosib ravishda qisqartiriladi. 
Agar a’zo avvaldan yaroqsizlik xususiyatiga ega bo‘lgan va baxtsiz hodisa tufayli 
kishi uni ko‘proq darajada yo‘qotgan yoki nogironlik darajasini olgan bo‘lsa, 
sug‘urta tovoni faqat baxtsiz hodisa tufayli olingan shikastlanishlar uchun to‘lanadi. 
Nogironlik ko‘rsatkichlari ko‘p bo‘lgan holatlarda mehnatga umumiy 
layoqatsizlik har bir tan a’zosining mehnatga layoqatsizlik koeffitsientlarini 
qo‘shish orqali olinadi. Biroq bu holda uning mumumiy miqdori yo‘qotilgan a’zolar 
tarkibiga kiruvchi tan qismlarining 100 foizlik mehnatga layoqatsizlik holatidan 
ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi (masalan, qo‘l barmoqlari koeffitsientining 
yig‘indisi qo‘l barsoqlarining butkul yo‘qotilishi koefitsientidan ortib ketishi 
mumkin emas). 
Ana shunday jadvallarda keltirilgan koeffitsientlar insonning anatomik va 
fiziologik jihatdan bus-butunligiga shikast etkazilishi nuqtai nazaridan kelib chiqqan 
holda, uning kasb-koriga yoki ijtimoiy faoliyatini hisobga olmagan holda hisoblab 
chiqilgan. Sug‘urta kompaniyalari ayrim kasblar uchun maxsus qoplamalarni taklif 
eitishi mumkin, masalan, ashulachilar uchun ovozni yo‘qotishi, aktyorlarning tashqi 
qiyofasining o‘zgarishga uchrashi, jarrohlar uchun qo‘l barmoqlarining 
shikastlanishi va h.k. holatlari uchun tovon puli to‘lanshini taklif etadi. Tabiiyki


bunday bunday tovon to‘lovlari standart kafolatlarga nisbatan ancha yuqori sug‘urta 
tariflari qo‘yilishini taqazo etadi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling