Reja: Beruniyning hayoti va ijodi


 Forobiyning hayoti va ilmiy faoliyati


Download 193.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi193.31 Kb.
#194268
1   2   3   4
Bog'liq
6-amaliy mashg'ulot

3. Forobiyning hayoti va ilmiy faoliyati. 

 Abu Nasr Muhammad Ibn Ulug‟bek Tarxon Forobiy 873 yilda Aris  

daryosining Sirdaryoga qo‟yiladigan joyda (hozirgi Toshkentdan taxminan 200 km  

shimoli-g‟arbda)  Forob  degan  joyda  tug‟ilgan.  Forob  keyinchalik  O‟tror  degan 

nom olgan. Forobiy turkiy qabilalardan bo‟lgan oilada tug‟ilgan va boshlang‟ich  

ma‟lumotni turkiy tilda olgan.  

 Forobiy yashagan davrda O‟rta Osiyoda feodal urushlar avjga chiqqan, ilm 

va  ma‟rifat  e‟tiborsiz  qolgan  edi.  Shu  sababli  ko‟p  olimlar  arab  xalifaligining 

markaziy shaharlariga, masalan, Bag‟dod shahriga borib, o‟z bilimlarini oshirishga 

harakat qilar edilar. Forobiy shu maqsad bilan Bag‟dodga jo‟naydi.   

 Forobiy Bag‟dodda tashkil etilgan. «Baytul-hikmat» da xalifalikning turli  

o‟lkalaridan, jumladan O‟rta Osiyodan kelgan yirik olimlar bilan birga hamkorlik  




qildi, ulardan ko‟p ilmlarni o‟rgandi. Farobiy matematika va mantik ilmiga ko‟p  

qiziqdi. U turli tillarni o‟rganish bilan shug‟ullanib, arab tilini ham Bag‟dodda  

o‟rgandi. Forobiy doriy (fors-tojik) yunon, suryoniy kabi ko‟p tillarni bilgan.  

 X asr boshlarida feodal urushlar va sinfiy kurash avj olib, Bag‟dodda  

notinchlik vujudga keladi. Reaksion ruhoniylarning ta‟siri kuchayadi. Bular  

natijasida Forobiyning yashash sharoiti qiyinlashadi, ahvoli og‟irlashadi.  

 Forobiy  941  yilda  o‟sha  davrning  markaziy  shaharlaridan  bo‟lgan 

Damashqqa  keladi. Bu  shaharda  Forobiy  jismoniy  mehnat  bilan  shug‟ullanib  kun 

kechirishga majbur bo‟ladi.  

 Forobiy o‟z davrining mashhur faylasufi bo‟lib, juda ko‟p fanlar sohasida  

ilmiy ish olib borgan, muciqa sohasida ajoyib talantga ega bo‟lgan, o‟z  

zamonasining olimlari orasida katta hurmat va obro‟qozongan o‟tkir mutafakkir  

olim hisoblanadi.    

 Forobiy 950 yilda hozirgi Suriyaning Damashq shahrida vafot etgan.  

 Jamoliddin  ibn  al-Kiftiy  Forobiyning  72  asari  nomini  keltiradi.  Lekin 

bizning davrimizgacha Forobiyning faqat 40 ta asari yetib kelgan, xolos.  

 O‟zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi M.M.Xayrullayev Forobiy  

ijodini o‟rganish sohasida bir necha manbalarda yozilishicha Forobiy Damashq  

chekkasida oddiy bog‟bon bo‟lib ishlagan, u kechalari ilmiy ish bilan shug‟ullanib,  

risolalar yozgan va chiroq sotib olishga puli bo‟lmay, qorovul chirog‟idan  

foydalanganligini ta‟kidlaydi. Mana shunday sharoitda Forobiy 942 yilda  

Bag‟dodda boshlagan eng katta asari «Fozil shahar fuqarolarining fikrlari» nomli  

kttobini Damashqda yozib tamomlaydi.  

 Forobiy Damashqdan so‟ng Xalab, Xarron va Misr shaharlariga boradi,  

ulardagi olimlar bilan tanishadi. Mashhur olim Forobiy kamtar, ilmga juda berilgan 

kishi bo‟lgan. U o‟z Vatani Forobdan juda uzoqda yashasa ham o‟z ona tili-turkiy 

tilni  unutmagan.  Umrining  oxirgi  kunlarigacha  ona-Vatani  O‟rta  Osiyoni  sevgan. 

O‟z milliy kiyimida yurgan.  

                  Forobiyning matematika sohasidagi ishlari.  

 Ko‟p yillardan beri ilmiy izlanishlar olib borayotgan M.M.Xayrullayev  

o‟zining  1963  yilda  yozilgan  «Forobiy  va  uning  falsafiy  risolalari»  kitobida, 

Forobiy asarlari ro‟yxatini tuzgan, u 119 nomdan iborat, bunda olimning 8 ta asari 

o‟zbek  tilidagi  tarjimalari  bayon  etilgan.  Ibn  Sino  shunday  degan  edi:  «Men 

Aristotelning  «Metafizika»  asarini  kitobini  qirq  marta  o‟qib  chiqdim,  lekin  uning 

maqsadlarini  tushunmadim.  Kunlardan  bir  kun  kitobfurushlar  rastasiga  borib 

qoldim.  Unda  bir  dallol  qo‟limga  muqovalangan  bir  kitobni  tutib,  uni  maqtadi. 

Dallol  menga  bu  kitobni  ol,  narxi  arzon,  uch  dirham,  egasi  pulga  muhtoj  dedi. 

qarasam  u  Abu  Nasr  Forobiyning  «Metafizika»  kitobining  maqsadlari  haqida 

yozgan asari ekan. Shunda menga kitob mazmuni ayon bo‟ldi».  



          Forobiy tomonidan yaratilgan asarlar boy mazmunga ega bo‟lib, ular falsafa,  

tarix, 


mantiq, 

astronomiya, 

matematika, 

medisina, 

jamiyatshunoslik, 

qonunshunoslik, lug‟atshunoslik, fizik, ximiya, adabiyot fanlariga doir bilimlarni  

o‟z  ichiga  oladi.    Bu  asarlar  orasida  «Imlarning  klassifikasiyasi  va  ta‟rifi  haqida 

kitob»,  «Hikmatning  hulosalari»,  «Falsafa  tushunchasining  manosi  haqida  so‟z», 

«Tabiiy  garmoniyalar  kitobi»,  «Katta  muciqa  kitobi»,  «Fazilatli  xulqlar», 

«Shaharni boshqarish», «Astronomiya bo‟yicha izohlar», «Hajm va miqdor haqida 

kitob», «Fazo geometriyasiga kirish haqida qisqacha kitob» va boshqalar bor.  


Download 193.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling