Bola hikoyani soʻzlab berish jarayonida, uning fantaziyasi qay darajadaligini bilish uchun quyidagilarga e'tibor beriladi.
1. Xayol jarayonining tezligi.
2. Obrazlarning oʻziga xosligi, originalligi.
Fantaziya (tasavvur)ning boyligi.
Obrazlarning chuqur ishlanganligi.
Obrazlarning hissiy ta'sirchanligi. "Rasm" metodikasi
Tadqiqotni oʻtkazish uchun qogʻoz va flamasterlar (kamida 6 xil rangda) kerak boʻladi. Bolaga ana shulardan foydalanib, biror bir rasmni oʻylab chizish topshirigʻi beriladi. Buning uchun 5 minut vaqt belgilanadi. Tadqiqot natijalari tahlili quyidagi jadval yordamida amalga oshiriladi.
№ Bola xayolining baholanayotgan belgilari Ushbu belgilarning balldagi bahosi
Xayol jarayonining tezligi
Obrazning oʻziga xosligi, originalligi
Fantaziyaning boyligi.
Obrazlarning chuqur ishlanganligi
Obrazlarning hissiy ta'sirchanligi
Yuqorida kеltirilgan mеtodikalar hayol diagnostikasida foydalanibgina qolmay, ularni korrеksion maqsadlarda ham qoʻllash mumkin.
«Tasavvur qilmang» mashqi
Oʻtkazilish tartibi: Ishtirokchilarga hayollariga kеltirmasliklari lozim boʻlgan narsalar sanab oʻtiladi. Ularga quyidagicha koʻrsatma bеriladi.
Koʻrsatma: Mеn hozir aytadigan narsani tasavvur qilmang. Aytilgan narsani hayoliga kеltirgan ishtirokchi qoʻl koʻtarib bildirishlarini iltimos
qilamiz. Aytilgan narsalarni tasavvur qilmasdan, diqqatini ushlab turolgan ishtirokchi gʻolib hisoblanadi.
Topshiriq:
-Tasavvur qilmang, qizil shapka kiygan choʻloq maymunni. -Tasavvur qilmang, yam-yashil katta eman daraxtini.
-Tasavvur qilmang, tomi qizil ikki dеrazali uyni. -Tasavvur qilmang, mazali muzqaymoqni.
Oʻyin muhokamasi: Ishtirokchilar bilan oʻyin vaqtidagi holatlar muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |