Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari
Download 37.33 Kb.
|
4- mavzu topshirig'i falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari
- Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar
- Dekart
4.Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar Reja: 1.Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Bilishning asosiy turlari, shakllari va darajalari 3..Ong-tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur uslubining asosiy jihatlari. 4.Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi 5.Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari 1. Emperizmning evolyusiyasi uch bosqichdan iborat. 1 bosqich. Barcha mavjud narsalar tajribada bilinadi. (F.Bekon) 2 bosqich. Tajribada faqat bizning sezgilarimiz berilgan. (Bekrli) 3 bosqich. Demak, sezgi barcha mavjud narsalardir (Mill) Bu qarashlarning qaysi biri tо‘g‘ri va qaysi biri notо‘g‘ri, asoslang. Javob: 1 va 2 tog’ri. Ularning fikriga ko’ra tajriba inson ongida uning sezgilari va o’zini qurshagan dunyoni idrok etish orqali aks etadi.
1 bosqich. Tabiatning eng umumiy qonunlari tajribaga murojaat qilmasdan aql bilan egallanadi. (R.Dekart). 2 bosqich. Biroq aql tajribaga murojaat qilmasdan faqat mantiq qonunlarinigina biladi.(Kant). 3 bosqich. Aynan tafakkur qonunlari tabiat qonunlaridir, zero tabiat aqlning asosida yotuvchi tashqi qobiqdir. Ratsionalizm evolyusiyasining bosqichlarini asoslang. (Gegel). Javob: insonda tug’ma g’oyalar , adolat, insoniylik, uyg;unlik g’oyalar va tajribadan olinishi mumkin bo’lmagn boshqa g’oyalarmavjudligidan kelib chiqadi .G’oyalar inson aqliga xos tug’ma g\oyalar bo’lib ularni inson o’z aqlidan olishini qayt etadilar .G’oyalar aqlga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lsada ,biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug’ilishini ta’minlaydi .
Javob: Ratsionaliz muhimroq. Ratsionalizm da – oqilona fikrlash , ilm –fandan foydalanish asoslab beradi. Iratsional-asossiz ko’r –ko’rona tasodif o’yiniga bo’ysunadigan , ko’proq aforizm shakllangan notekis fikrlarda ilgari suriladi.
5. Idealistlarchi?. Idealistlarning tafakkurini qanday baholash mumkin. Materialistlar va idealistlar tafakkurining umumiy tamoyillari mavjudmi? Javob: dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bo’lgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi degan fikrlarni himoya qiluvchilar- idealistlardir . Qandaydir nomoddiy va inson ongiga bo’liq bo’lmagan narsalar va hodisalarni ( xudo, dunyoviy aql, g’oya,ruh) butun borliqning asosi deb e’tirof etadilar.Tafakkurning umumiy tamoyili mavjudmas ikkalasi bir-biriga qarama- qarshi. 6. Har qanday haqiqiy bilim ilmiy bilim bо‘la oladimi? Agar bо‘la olmasa nima uchunligini asoslang. Javob:Bo’laolmaydi., chunki ilmiy asoslar negizida qo’yiladi va asosan ilmiy bilimni kengaytirish maqsadida ilmiy metodlar yordamida o’rganiladi.
Javo: Mumkin. Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar 1. Insoniyat tarixida faylasuflar о‘z ta’limotlarini о‘zlari kashf qilgan antiqa metodlar yordamida izhor qilganlar. Masalan: Suqrotning mayevtika metodi, Forobiyning fikriy eksperiment metodi, Beruniyning tajriba metodi, Dekartning umumiy shubhalanish metodi, Spinozaning geometrik metodi, Kantning tanqidiylik metodi, Gegelning tushunchalar dialektikasi metodi, Marksning dialektika metodi, Bergsonning intuitivlik metodi, Vitgenshteynning tilning mantiqiy tahlili metodi, Gusserlning fenomenologik reduksiya metodi, Yaspersning inson mohiyatini tushunishga yо‘naltirilgan transsendenlash metodi, Gadamerning germenevtika metodi kabilar. Shu metodlarning mohiyati, о‘zaro aloqadorligi va farqi nimalarda namoyon bо‘ladi? Javob: Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‗ra bir necha guruhga bo‗linadi. Ular:fan metodlari (xususiy ilmiy metodlar umumilmiy tadqiqot metodlari Fanlararo tadqiqot Metodlar)i, falsafa metodlari, Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir Falsafa metodlarga - Suqrotning mayevtika metodi, Forobiyning fikriy eksperiment metodi, Beruniyning tajriba metodi, Dekartning umumiy shubhalanish metodi, Kantning tanqidiylik metodi, Gegelning tushunchalar dialektikasi metodi, Marksning dialektika metodi ,Gusserlning fenomenologik reduksiya Fan metodga - Spinozaning geometrik metod,Bergsonning intuitivlik metodi, Vitgenshteynning tilning mantiqiy tahlili metodi, Suqrotning mayevtika metodi-(yun.-ishontirish san’ati)-ishontirish natijasida ko’pincha suhbat yuritish orqali maqsadga erishish san’ati.Suqrot suhbat yuritish va har doim yangi va yangi savolarlni qo’yish bilan boshqalarni haqiqatini topishga qiaiqtiligan .Suqrot fikricha bu insondagi tog’ri bilimning yashiringan tomonlarini aniqlash uchun mohirlik bilan berilgan savollar yordamida ro’yobga chiqarish san’atidir. Gegelning tushunchalar dialektikasi metodi- Dialektika(yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta'limotdir. Gegel mutloq va nisbiy haqiqat qealiktikasini ishlab chiqdi Gegel dialiktikasini o’rganish bilish nazariyasiga oid bilimlarni bouitadi , nazariy,ijodiy fikrlash qobilyatining rivojlanishiga yo’l ochadi , mustaqil go’yalani yaratishga yo’l ochadi. Dekartning umumiy shubhalanish metodi- hissiy narsalar , matematik haqiqatlar va hatto( hamma narsaga qodir Xudo )ning mavjudliligiga shubha bilan qaraydi Ammo hamma narsa inkor etgan holda ,u shubhalanuvchi fikrining mavjudliligiga shubha qilmalik kerak degan xulosaga keladi Shu u fikrlash birdan bir ishonchli dalildir ,deb xulosa chiqaradi . Kantning tanqidiylik metodi-sof aql tanqidida Kant falsafa o’zidagi narsalar, yani dunyoning oliy qadriyatlari haqida emas, balki faqat bilish chegaralari haqida fan bo’lishi mumkin ,degan hulosaga keladi. Insonga e’tiqod va ishonmaslik o’rtasida yo’l tanlash imkoniyati berilgan.U e’tiqodni tanlashi lozim chunki vijdon ovozi , ahloq ovozi, undan shuni talab qiladi . 2. Agar dialektika bilish metodologiyasi bо‘lsa, unda antropologik materializm, mexanistik materializm, metafizik materializm nima? Javob : antropologik materializm-odam paydo bo’lish materiyasi mexanistik materializm-ob’yektiv realikdagi barcha narsalar hodisa jarayonlar o’zgarishi va rivojlanishi materiyasi metafizik materializm-fizikadan keyigi materiya 3. Agar biz о‘zgarishsiz olamda yashagan bо‘lsak yoki biz olam haqidagi tasavvurlarimizni о‘zgartirmasdan yashasak, unda bizga ong kerakmi? Javob:Ong kerak Insonda nutq shakillangan 4. Hayvonlarning tabiiy muhitning nisbatan barqaror sharoitida yashashi uchun о‘zgarishsiz instinktlarning о‘zi kifoya, ularga ongning keragi yо‘q. Biroq insonning ongi unga tо‘liq itoat etadimi? Javob:Inson boshqa barcha hayvonot olamidan nutqi va aqli tafakkur qilish bilan farq qiladi .Ongning vujudga kelishi va rivojlanishida mehnat hal qiuvchi omildir.Mehnat inson ongini shakillantirgan va kamolga yetkazgan asosiy omil bo’ladi . 5. Inson ongining xarakterli xususiyati nimada? Javob:Ongning muhim belgilaridan biri shuki,u tushunib yetilgan bilimdir.Inson miya yordamida fikr qiladi.Ongning ma’nosi predmetni bilish, o’zlashtirish , uning mohiyatini ochib berishdan iborat. Ong faqat ob’yektiv olam in’ikosini emas balki insonning o’z ruhiy faoliyati ni anglshini xam o’z ichiga oladi. Ong voqelikni xam oqilona , xam hissiy in’ikosini qamrab oladi. Shuningdek, u inson hissiyotlari , irodasini o’z ichigaa oladi. Ong inson amaliy faoliyatining maqsadi , usullari va hususiyatlarini belgilaydi. Ayni vaqtda ideal narsa hech qachon moddiy narsaning o’rnini bosa olmaydi. Masalan, binokor miyasidagi , hayolidagi bino bu hali amalda qurilgan bino emas , faqat insonning amaliy faoliyati natijasidagina idial narsa moddiy narsaga aylanishi mumkin.
1) voqelikni aks ettiradi va u haqidagi bilimlarni egallaydi, 2)voqelikdagi hodisalarni baholaydi va ularga munosabatini bildiradi, 3) о‘z ehtiyojlarini anglaydi va shu bois о‘z oldiga maqsad va vazifalarni belgilab oladi, 4) yuqoridagi uch masalaning yechimiga qarab о‘z xulq atvorini boshqaradi va о‘zini tarbiyalaydi. Ushbu masalalarning yechimini ongning funksiyalari deb atash mumkin Odatiy ong deb atsh mumkin. Download 37.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling