Reja: Birjalar- uyushgan bozor shakli sifatida
Download 82.5 Kb.
|
Birja va birjalar faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fond birjasi tushunchasi va fond birjasi to`g`risida qonunchilik
- Fond birjalarini ro`yxatga olish
- Fond birjasining savdosini amalga oshirish tartibi
- Birja amallari qoidalarining maqsadi.
- Birja savdosini amalga oshirish tartibi.
- Birjaning daromadliligi.
- Birjani boshqaruv organlari
www.arxiv.uz Reja:
2.Birjalarning faoliyat kilish mexanizmi 3.Fond birjasi va unigng faoliyat kilish mexanizmi.. 4.Tovar birjasi. 5.Mexnat birjasi va uning faoliyati 6.Valyuta birjasi Fond birjasi – kimmatli kogozlarning nisbatan tashkil kilingan kismi bulib, u yerda birja a`zolarining oraga kirishi bilan oldi - sotdi bitimlari amalga oshadi Fond kiymatlari – bu birjada sotishga ruxsat berilgan kimmatli kogozlar. Birjada kimmatli kogozning uzi bulmasa xam operatsiyalar kilinadi. Birinchi birja 1406 yil Gollandiyaning Bryuge shaxrida tashkil topgan. Antiverpen ( 1460), Lion (1462),Tuluza (1469), Amsterdam (1530), Parij (1563). Ular oldin xam tovar, xam fond birjasi edi, keyinchalik fond birjalari ajralib chikadi. 1608 yil Amsterdamda 1 chi, xozirgi zamon nuktai nazaridagi fond birjasi tuzildi. U ancha paytgacha dunening savdo markazi bulib koldi. Xozirgi paytda duneda fond birjalari 160 dan oshib ketdi. Birja sistemalari:
Anglo- amerika modeli – aksiyali jamiyatda kontrol paket kichik bulgani uchun kuplab aksiyalar sotiladi, kontrol paket kuldan - kulga utish extimoli juda katta. Garbiy Yevropa modeli – konrol paketi katta, nisbatan kam aksiya sotiladi. Kontrol paket kuldan – kulga utish extimoli kichik. ( Uzbekiston uchun xam shu model rivojlansa ajab emas). Dunening eng katta fond birjalari: London, Nyu-York, Tokio, Syurix,Bagam orollari, Singapur, Dubay. Kassa operatsiyalari – uni bajarish bitim tuzilgandan keyin sodir buladi. (AKShda, darrov tulashidan to 5 kungacha, Yaponiyada 1-14 kun, Shvetsariya – 1-5 kun). Shoshilinch operatsiyalar - spekulyativ xarakterga ega, kup davlatlarda takiklangan. AKSH, Shvetsariyada anchaginga rivojlangan. Birja spekulyantlari aksiya kursining pasayishiga («Ayiklar») yeki usishiga («Bukalar») uynaydilar. Bitim odatda oyning oxirida tuzilishi kerak. Shunday spekulyantlar bulganki, 1 kunda ( 1987 yil Nyu-york «Kora seshanba» deb nom olgan birja kulashida) 1 mlrdga yakin boylikni yukotgan. Birja operatsiyalarini amalga oshirishga topshirik shaklidagi operatsiyalar buladi. Uning 4 xili bor: Joriy bozor kursi buyicha, topshirik ( ya`ni broker eng kulay momentda operatsiyani amalga oshiradi). 2) Limitli topshirik, ya`ni investorga kaysi kurs ma`kul bulsa kursatiladi; 3) Ostonali topshirik, ya`ni investorga xozircha usayetgan, ammo tushishi mumkin bulgan kursning minimumi belgilab kuyiladi; 4) Qisman yoki butunlay broker ixtiyeriga kuyilgan topshirik. Birja kurslarini harakatini baholash uchun xamma banklarda акциялар kursning indeksi hisoblanadi. Xar bir aksiya ( obligatsiyaning) darajaviy baho indeksi birjada kotirovka kilinadigan ushbu tusdagi aksiyalar kurslarining yigindisi va aksiyalar nominaliga bo`linmasidan iborat. Keyinchalik bu darajaviy baho indekslar umumiy birja indeksi hisoblash uchun foydalaniladi. Fond birjasi tushunchasi va fond birjasi to`g`risida qonunchilik Birja bu bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli. U turli ko`rinishlarda bo`ladi: - tovarlar birjasi (tovarlar bozori); - fond birjasi (qimmatli qog`ozlar bozori); - valyuta birjasi (valyuta bozori); - mehnat birjasi («ishchi kuchi» oldi-sotdi bozori). Fond birjasi – bu qimmatli qog`ozlar bilan oldi-sotdi muomalasini olib boradigan joy. Uning oldida quyidagi vazifalar turadi: - qimmatli qog`ozlar bir maromda muomalada bo`lishining zarur sharoitini ta`minlash; - qimmatli qog`ozlar talab va taklifi o`rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni, ya`ni bozor bahosini belgilash; - qimmatli qog`ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish; - muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) narx-navo aniqlanishiga, indeksatsiyasi o`zgarishiga, savdo-sotiq vaqti, qimmatli qog`ozlar bilan hajmlari, kontraktlarning miqdoriga va boshqa ko`rsatkichlarga doir axborotlarni, birjaning holati va uning rivojlanishiga doir taxminiy shartlarni e`lon qilish. Dunyoda birinchi fond birjasi 1773 yilda Londonda brokerlar tomonidan qimmatli qog`ozlar bilan savdo qilish uchun tashkil etildi. U dastlab qirollikning pul almashtirish muassasasi (banki) binosining bir qismida ijaraga joylashadi. 1791 yilda filodelfiyada birinchi fond birjasi tashkil etilgan. 1792 yilda Nyu-York fond birjasi ochilgan. U birja hozirgi kungacha dunyoning eng yetakchi fond birjasi bo`lib kelyapti. Hozirgi davrda dunyoning 60 dan ziyod mamlakatlarida 200 ga yaqin fond birjalari mavjud. Fond birjalarining Xalqaro federatsiyasi bo`lib (Parijda), u qimmatli qog`ozlar bozorlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va aksionerlarning huquqlarini ta`minlaydi. Fond birjalarini ro`yxatga olish O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ro`yxatdan o`tkaziladi va u qimmatli qog`ozlar bilan faolit yuritish uchun O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligidan Litsenziya oladi. Litsenziya olmagan tashkilot faoliyat yuritishga haqli emas. Birja faoliyati davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi: - birjani va birja faoliyati ishtirokchilarini (yuridik shaxslarni) davlat ro`yxatidan o`tkazish; - litsenziyalar berish; - birja faoliyatini soliq solish yo`li bilan boshqarish; - birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; Birjani davlat ro`yxatidan O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o`tkazadi. Birja qatnashchilarini ro`yxatdan o`tkazish esa «O`zbekiston Respublikasidagi korxonalar to`g`risidagi qonunga muvofiq» amalga oshiriladi. Litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanadi: - litseziya olish uchun ariza; - ta`sis shartnomasi; - birja ustavi va davlat ro`yxatidan o`tganlik to`g`risida guvohnoma; - birjadagi savdo qoidalari; - ustav kapitalining 50 foizdan kam bo`lmagan miqdorini o`tkazganlik haqida bank ma`lumotnomasi; - savdo-sotiqni olib borish joyidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat. Birjaga litsenziya berish tartibini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Moliya fond birjalari va valyuta birjalarida mustaqil va mustaqil bo`lmagan tarkibiy bo`linma sifatida fond bo`linmalari tashkil etilishi mumkin. Fond bo`linma o`z faoliyatida fond birjalariga qo`yiladigan barcha talablarga amal qilishlari lozim. Fond birjasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga birja ustaviga hamda qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq yumushlarni amalga oshirishning ichki qoidalariga amal qiladi. Listing vak delisting tushunchasi. Ularning fond birjasiga daxldorligi.
Listing me`yoriy ko`rsatkichlari: - qimmatli qog`ozlarning birjada oldi-sotdi qilinish sur`ati va soni; - real aktivlar hajmi; - qimmatli qog`ozlarning soni yoki aksiyalarning egalari(aksiyalar paketi) soni; - jalb qilingan sarmoyaning umumiy qiymati; - daromadlilik (rentabellilik) darajasi; - emitentning moliyaviy holati; Delisting – bu qimmatli qog`ozlarni birjaning yoki kompaniyaning o`z qaroriga binoan ro`yxatdan chiqarilishi, ya`ni listing imtiyozlaridan tamomila mahrum bo`lishidir. Agar, masalan aksiyalarning o`zi qolmagan bo`lsa; firma qaytarib olsa yoki yangisiga almashtirgan bo`lsa; kompaniya aktivsiz qolsa yoki sinsa; aksiyalarni oshkora joylashtirish maqbul bo`lmagan kichik hajmga ega bo`lsa; kompaniya listing kelishuvini buzsa, bunday hollarda delisting qo`llaniladi. Fond birjasi to`g`risidagi qonunchilik. O`zbekiston Respublikasida fond birjalarini tashkil etish va ular faoliyatini o`ziga xos jihatlari «qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Qonunda belgilab qo`yilganidek, fond birjasi qimmatli qog`ozlarning, risoladagidek aylanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradigan, ularning bozor narxlarini (qimmatli qog`ozlarga talab va taklif o`rtasidagi muvozanatni aks ettiradigan) aniqlab beradigan va bu narlar xususidagi axborotni tarqatadigan, qimmatli qog`ozlar bozori qatnashchilarining yuksak darajadagi (professionalizm)ni qo`llab-quvvatlaydigan tashkilotdir. Fond birjasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining qonunlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog`ozlar operatsiyalarini amalga oshirishga doir ichki qoidalarga rioya qiladi. Fond birjasi ro`yxatdan o`tadi va O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan qimmatli qog`ozlar bilan birja faoliyatini yuritishga litsenziya oladi. qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar yuritish huquqi uchun ijozatnoma (litsenziya) olgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining muassislari bo`lishi mumkin. Yuridik, jismoniy shaxslar, shu jumladan brokerlik o`rnini sotib olgan xorijiy shaxslar fond birjasi (tovar-fond yoki valyuta birjasining fond bo`limi) a`zolari bo`lishi mumkin. Fond birjasi a`zolarining sonini birjani boshqaruvchi organlari, prokuratura va sud organlari, bulardagi mansabdor shaxslar va mutaxassislar fond birjasining a`zosi huquqiga ega emas. Fond birjasi a`zolarining savdoga kirishi uchun ularning qo`lida qimmatli qog`ozlar operatsiyasining litsenziyasi bo`lishi va ular investitsiya muassasasi maqomini olishi kerak. Brokerlik o`rnini sotib olgan va qimmatli qog`ozlar bilan operatsiyalar o`tkazish beradigan malaka guvohnomasi bor jismoniy shaxs joylardagi davlat hokimiyati idoralarida savdoga kiritilishi mumkin. qonunda qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan birja operatsiyalari qoidalariga talablar belgilab qo`yilgan va u birja boshqaruvining oliy organi tomonidan tasdiqlanadi. qoidalar quyidagilarni nazarda tutadi: mazkur birjada qimmatli qog`ozlar savdosining tartiblari; birja savdorlari qatnashchilarining tarkibi va ularga qo`yilgan talablar; birja yig`ilishi bo`ladigan joy va vaqt haqidagi axborot; birja savdosiga chiqariladigan qimmatli qog`ozlarning navbat tartibi; birja bitimlarining tavsifi; mijozlarning brokerlarga topshiriqlari (buyruqlari)ning turlari; savdoni tashkil etish; bitimlarni ro`yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi; qo`llaniladigan qimmatli qog`ozlar operatsiyalarining shartnomalar, hisobotlar, buyurtmalar, xabarnoma va birja hujjatlari shaklining namunalari. qonun bilan fond birjasining quyidagi huquqlari belgilab qo`yilgan: birja a`zoligiga kirish uchun investitsiya muassasalariga qo`yiladigan zarur eng kam majburiy talablarni belgilash; birja yig`ilishlarini chaqirish va tashkil etish; birja ishi uchun zarur ekspert, malaka, kotirovka komissiyalari, maslahat va ma`lumot byurolarini va boshqa muassasalarni ta`sis etish, shuningdek qimmatli qog`ozlar opearsyailari chog`ida paydo bo`ladigan baxslarni hal qilish uchun ekspert komissiyalari tuzish; o`z ustaviga ko`ra, birja a`zolaridan kirish va joriy badallarini belgilab qo`yish va undirish, bitimlarni ro`yxatdan o`tkazish, texnika xizmati, birjani doimiy va birgalik qatnashchilaridan kirishi uchun haq olish, shuningdek, ustavni birja yig`ilishlari qoidalarini buzgani hamda ro`yxatdan o`tish yig`imini o`z vaqtida to`lamagani uchun jarimalar hamda peniyalar undirish; birja buketlari, ma`lumotnomalar, to`plamlar nashr etish; nazorat organlarining huquqiga xilof hatti-harakatlari bo`yicha sudga ariza bilan murojaat etish. Fond birjasining faoliyati quyidagilar evaziga mablag` bilan ta`minlanishi mumkin: aksiyalar va paylarni sotish, brokerlik o`rnini sotish; fond birjasi a`zolarining muntazam tushib turadigan a`zolik badallari; birja bitimlarini ro`yxatdan o`tkazish yig`imlari; qimmatli qog`ozlar operatsiyalaridagi vositachilik haqi; birja ustavida ko`zda tutilgan axborot va boshqa xizmatlardan tushadigan daromad. quyidagi holda fond birjasi faoliyati to`xtatiladi: muassislar umumiy yig`ilishining qarori bilan yoki sud organlarining qarori asosida. Fond birjasining savdosini amalga oshirish tartibi Qimmatli qog`ozlar muomalasini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziyasi) bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo`lishi mumkin. Birjada brokerlik o`rnini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining (tovar fond birjasi yoki valyuta birjasi fond bo`limining) a`zolari bo`lishlari mumkin. Fond birjasi a`zolarining sonini birjaning boshqaruv organlari tartibga solib turadilar. Davlat hokimiyati va boshqaruv, prokuratura va sud organlari, ularninng mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi a`zolari bo`lishga haqli emasdir. Fond birjasi a`zolari qimmatli qog`ozlar muomalasini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo`lgan hamda investitsiya muassisi maqomini olgan taqdirdagina oldi-sotdiga qo`yiladi. Brokerlik o`rnini sotib olgan jismoniy shaxs uni davlat hokimiyati mahalliy organlarida ro`yxatdan o`tkazganidan keyingina oldi-sotdiga qo`yilishi mumkin. Respublikamiz fond birjasidagi oldi-sotdini faqatgina broker amalga oshirishi va qonunlashtirish mumkin. Makler, katta makler va ularning yordamchilari operatsion zallarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadilar. O`zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati to`g`risida»gi qonunga muvofiq quyidagi idoralar, muassasalar, birlashmalar birja bo`lishi mumkin emas: davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy hamda mahalliy idoralari; davlat banklari va davlat kredit muassasalari (bunda banklar fond va valyuta birjalarining muassalari bo`lishi mumkin); davlat sug`urta va davlat inspeksiyasi kompaniyalari hamda fondlari; jamoat; diniy va xayriya birlashma (tashkilot)lari hamda fondlari; qonunlarga ko`ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi man etilgan jismoniy shaxslar. Birja amallari qoidalarining maqsadi. qimmatli qog`ozlarga doir birja amallarini bajarishda qo`llaniladigan qoidalarni birjaning yuqori boshqaruv organi, ya`ni aksionerlarning umumiy yig`ilishi tasdiqlaydi. Bu qoidalarda quyidagilar nazarda tutiladi: qimmatli qog`ozlar oldi-sotdi prinsiplari; birja qatnashchilarining tarkibi ularga qo`yiladigan talablar majmui; birja yig`ilishlari o`tkaziladigan joy va vaqt to`g`risidagi axborot; qimmatli qog`ozlarni birja oldi-sotdisiga chiqarish tartibi; birja bitimlarining tavsifi; mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq) turlari; oldi-sotdisini tashkil etish; bitimlarni ro`yxatdan o`tkazish va rasmiylashtirish tartibi; qimmatli qog`ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma shartnoma hisobot, buyurtma va xabarnomalar haqida birjaga oid boshqa hujjatlar namunalari. Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtida bitimlar tuzish, bitimlarni tekshirib ko`rish va ular yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond birjalari va fond bo`limlari O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishib olingan qimmatli qog`ozlar muomalasi bitimlarini amalga oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond birjasi ustavi (fond bo`limi to`g`risidagi nizom) asosida ish tutadilar. Birja savdosini amalga oshirish tartibi. qimmatli qog`ozlar bilan birja savdosi muayyan qoidalarga asoslangan holda amalda beriladi. Bular quyidagilardan iborat: birjada qimmatli qog`ozlar bilan oldi-sotdini faqat vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar yoki bankning yuridik shaxslari, investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalari kiradi. Ularning vakolati bilan vositachilar (brokerlar, dilerlar) faoliyat ko`rsatadi va qimmatli qog`ozlarni mijozlardan sotib oladi yoki o`zining hisobidan keyinchalik sotuv uchun xarid qiladi; fond birjasiga qimmatli qog`ozlar olib kelinmaydi. Uning mavjudligi, soni va sifatini sotuvchining qo`lidagi hujjat – sertifikat tasdiqlaydi; fond birjasida qimmatli qog`ozlar istalgan miqdorda sotilmaydi. Savdo bu yerda lot (tup)lar, ya`ni birjadagi bir kontrakt yoki miqdor va sifat jihatidan standart tupi bo`yicha amalga oshiriladi. qisqasi, fond birjasi: bu ulgurji savdo shaklidir; fond birjasida faqatgina kotirovka ro`yxati («varag`»)da qayd qilingan qimmatli qog`ozgina sotiladi. Qimmatli qog`ozlarni mazkur ro`xatga kiritish ya`ni birjaga qo`yish listing deb ataladi; baho fond birjasida ochiqdan ochiq o`rnatiladi. Ular to`g`risidagi axborot zalaridagi tablolarda e`lon qilinib turiladi. Birja operatsiyalarining qatnashchilari uchun sharoit bir xil bo`lib, ular birjada qabul qilingan to`g`rilik va uyushqoqlik qoidasiga bo`ysunadilar. Shunday qilib, birjada uch tomon qatnashadi; bir tomonda birjada o`zining qimmatli qog`ozlari bilan savdo qilishga vaqti yo`q yoki umuman bu ish bilan shug`ullanish istagi bo`lmaganlar, ya`ni emitent va tadbirkorlar, ikkinchi tomonda esa muayyan haq evaziga shu qimmatli qog`ozlarni sotishni zimmasiga oluvchi brokerlar. Va nihoyat, qimmatli qog`ozlarga muhtoj kompaniyalar va xususiy shaxslar. Har uchchala tomonning manfaati birlashtiruvchi joy – bu fond birjasidir. Bunday olib qarasak, birja qimmatli qog`ozlarni sotmaydi ham, sotib olmaydi ham. Faqat ulgurji savdo qoida va tartiblarini ishlab chiqadi, savdo-sotiq uchun sharoit yaratib beradi. Shu nuqtai nazardan, birja – bu eng avvalo savdo zali. U yerda brokerlar qimmatli qog`ozlarning oldi-sotdisi bo`yicha buyurtmalarni bajaradi. Birjalarda o`zining brokerlariga ega bo`lish uchun investitsiya institutlari birjada a`zolik huquqini beruvchi investitsiya institutlari birjada a`zolik huquqini beruvchi «o`rin»ni sotib olishlari lozim. Shundagina brokerlar qimmatli qog`ozlar bo`yicha operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo`ladilar. «O`rin» - bu egasi uchun tovar hisoblanadi, egasi uni sotishi ham mumkin. Lekin shunday so`ng u birjada ishlash huquqini yo`qotadi. Birja oldi-sotdisida investor tashabbuskor bo`lib hisoblanadi. U broker kompaniyasiga (telefon orqali yoki bevosita uchrashuvda) o`zining buyurtmasi va shartlarini bayon qiladi. Bu yerda asosan uchta shart to`g`risida so`z yuritiladi: - qimmatli qog`ozlarning bahosi; - qimmatli qog`ozlarning soni; - buyuurtmaning bajarilish muddati. Mijozlarning topshirig`i (buyurtmasi) shartnoma ko`rinishida rasmiylashtiriladi. Unda brokerlik haqi ham ko`rsatilgan bo`ladi. Shundan so`ng brokerlik firmasining vakili shartnomani bevosita buyurtmani bajaruvchi brokerga topshiradi. Buyurtma bajarilishi bilanoq oldi-sotdi operatsiyasi birjada qayd qilinadi va mijozga bu haqda hisob schetini taqdim etish to`g`risidagi ma`lumotnomani yuboradi. Birjaning daromadliligi. Fond birjasi notijorat va daromadsiz tashkilot hisoblanadi. Uning faoliyatini pul mablag`lari bilan ta`minlash quyidagi tushumlar asosida amalga oshiriladi: - fond birjasi aksiyalari va paylarni sotish; - fond birjasidagi brokerlik o`rinlarini sotish; - fond birjasi a`zolarining muntazam to`lab boradigan a`zolik badallari; - birja bitimlarini ro`yxatdan o`tkazishda olinadigan yig`imlar; - qimmatli qog`ozlar muomalasida vositachilik qilishdan olinadigan komission haq; - birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa turli xizmatlar ko`rsatishdan tushadigan daromadlar; - listingga o`zgartirishlar kiritilganligi uchun kompaniyalar tomonidan to`lanadigan haq; - «o`rin»larni sotish va h.k. Fond birjasi o`z aksiyadorlariga dividendlar to`lamaydi. Birjani boshqaruv organlari Aksiyadorlarni umumiy yig`ilishi – oliy boshqaruv organi, aksiyadorlar va ularning vakillaridan tashkil topgan. Birja kengashi – boshqaruv organi, aksiyadorlarning umumiy yig`ilishlari oralig`ida birjaning faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtirib turadi. Taftish hay`ati – birjaning moliyaviy xo`jalik faoliyatini nazorat qiluvchi organ. Tezkor boshqaruv – bajaruvchi organ, bijaning kundalik operativ boshqaruvini amalga oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Anufriyev,A.I.,Fattaxov A.A.«Strategii razvitii optovo`x ro`nkov»T,2002,TGEU. 2.Voloshuk G.A «Infrastuktura torgovli» Kiyev,Vo`sh.shkol.,1989 3.Soliyev A.,Usmonov A. «Marketing»,T, «Ukituvchi»,1997 4. www.ziyonet.uz Download 82.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling