Reja: Biznes faoliyatining mohiyati, zaruriyati va uning yo’nalishlari


Biznes faoliyatini moliyalashtirish usullari2


Download 47.09 Kb.
bet2/2
Sana02.05.2020
Hajmi47.09 Kb.
#102855
1   2
Bog'liq
biznes faoliyayini moliyalashtirish


Biznes faoliyatini moliyalashtirish usullari2
Investitsiya loyihalarini qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish moliyalashtirishning ssuda vositalaridan foiz to’lash hisobiga foydalanishni xususiyatlovchi usulga asoslanadiki, uning miqdori mahsulot hajmi va korxona foydasi bilan bevosita bog’langan. Ssuda yordamida moliyalashtirish olinadigan qarz qaytarilishi ta’minlanishi uchun mulkiy aktiv bo’lishini talab etadi. Aksiyalar chiqarish yordamida moliyalashtirish uning oldindan ta’minlanishini talab etmaydi, biroq, sarmoyachi uchun korxona mulkiga ma’lum miqdorda egalik qilish huquqini beradi. Investor o’z ulushiga mos tarzda korxona foydasida va aktivlarni boshqarishda qatnashadi.

Ko’pincha, korxonani moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj ham, qarz olish ham aksiyalar chiqarishning birligida qondiriladi.

Korxonani moliyalashtirishda aksiyalar chiqarishga raqobatdosh bo’lgan manba bank kreditidir. Bank krediti faqatgina mulk yoki oborot aktivlarining garovi asosida beriladi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni bu usulda amalga oshirishda kredit uchun foiz to’lovlari, kreditlarning qaytarilish muddati va tartibini hisobga olish lozimki, bu omillar o’ta qattiq shartlarda qo’yiladi.

Qarz mablag’larini banklardan tashqari yana turli moliya-kredit institutlari (lizing kompaniyalari, ipoteka banklari, ishlab chiqarish zaxiralari yoki debitorlik qarzlari evaziga moliyalashtirish bilan shug’ullanuvchi ulgurji mol etkazuvchi tashkilotlar yoki faktoring kompaniyalari) ham berishlari mumkin.

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning umumiy summasi asosiy (loyiha-qidiruv ishlari, maydon tayyorlash, qurilish, texnologiya hamda uskuna-jihozlar sotib olish, montaj, xodimlarni o’qitish va boshqalar) va aylanma (xom ashyo, materiallar, chetdan xarid qilinadigan yarim fabrikatlar, yoqilg’i, energiya, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xarajatlari va boshqalarni) kapitalga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadi.

Shunday qilib, investitsiya faoliyati o’zining aniq tasniflash mezonlari va yo’nalishlariga ega bo’lgan faoliyat turi sifatida uni moliyalashtirish quyidagi:

qimmatli qog’ozlar bozori orqali moliyalashtirish;

xorijiy investitsiyalar asosida moliyalashtirish;

tijorat banklari va xalqaro moliya institutlar mablag’lari hisobidan ulush qo’shish orqali moliyalashtirish mexanizmi yoki kredit liniyalari orqali moliyalashtirish;

sinditsiyalashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirish mexanizmi;

investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish mexanizmi;

venchurli moliyalashtirish;

korporativ moliyalashtirish;

lizing orqali moliyalashtirish kabi mexanizmlar majmui hisobiga amalga oshiriladi.

Investitsiya loyihalarini venchurli moliyalashtirish yuqori risk holatida moliyalashtirish hisoblanadi. Venchurli moliyalashtirish, asosan, zamonaviy texnika, texnologiya va yangi turdagi ishlab chiqarishlarga joylashtiriladi. Venchur operatsiyalari (riskli operatsiya) kapital qo’yilmalar shaklidagi pul operatsiyalari hamda qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar yaratish va joriy qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilishni moliyalashtirish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday moliyalashtirish, asosan, innovatsion banklar va venchur firmalari (fondlari) tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlariga xos bo’lgan aralash shakldagi moliyalashtirish, xo’jalik sub’ektlari va aholining bo’sh mablag’larini to’g’ridan-to’g’ri investitsiya ob’ektiga yo’naltirish, byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari evaziga moliyalashtirish kabilarni ham kiritish mumkin.

TEST


  1. Biznes moliyasining eng asosiy masalalari nimalardan iborat?




A)Optimal kapital tuzilmasini shakllantirish, maksimal foyda olish, xarajatlarni minimallashtirish;

B)Мaksimal foyda olish;

C)Soliqlardan chetlab o’tish;

D)Xarajatlarni minimallashtirish.



  1. Quyidagilardan qaysi biri xususiy kapital tarkibiga kirmaydi?

A)ssuda kapitali;

B)ustav kapitali;

C)rezerv kapital;

D)qo’shimcha kapital.



  1. Quyidagilardan qaysi biri moliya bozori tarkibiga kirmaydi?

A)Innovatsiyalar, tovar va хizmatlar bozori;

B)QQB – fond bozori;

C)Ssuda kapitali bozori, ya’ni qisqa va uzoq muddatli kreditlar, kredit bozori;

D)Valyuta bozori.



  1. Bo’sh qolgan joyni to’ldiring:    ..........amal qilishining ob’ektiv sababi bo’lib, doimo bir tomonda pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyoj, boshqa tomonda esa ortiqcha pul mablag’larining mavjudligi hisoblanadi.

A)moliya bozori;

B)korporativ moliya;

C)iqtisodiyot  nazariyasi;

D)xom-ashyo bozori;



  1. Quyida keltirilganlardan qaysi biri korporatsiyalarning muhim xususiyati hisoblanadi?

A)Yirik kapitalni jamlaydi;

B)Faqat ochiq ko’rinishda bo’ladi;

C)Faqat yopiq ko’rinishda bo’ladi;

D)Obligatsiya chiqarmaydi;



  1. Emitent-bu…

A)Qimmatli qog’ozni emissiya qiluvchi

B)Qimmatli qog’ozni sotib oluvchi

C)Qimmatli qog’ozni saqlovchi

D)Vositachi



  1. Biznes moliyasining muhim printsipini belgilang?

A)bugungi 1 dollar ertangi 1 dollardan qadrliroq;

B)ertangi 1 dollar bugungi 1 dollardan qadrliroq;

C)ehtiyojlar cheksiz resurslar chegaralangan;

D)resurslar cheksiz ehtiyojlar chegaralangan.



  1. Qarz va o’zlik kapitalining nisbati ............ bo’lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

A)40:60;

B)60:40;

C)50:50;

D)70:30.



  1. Korporatsiyalarda dividendlar birinchi navbatda .................bo’yichato’lanadi.

A)Imtiyozli aksiyalar;

B)Yumshoq aksiyalar;

C)Qattiq aksiyalar;

D)Oddiy aksiyalar.



  1. Dividendlar jamiyat tasarrufida qoladigan ...................to’lanadi.

A)Sof foydadan yoki o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan;

B)Faqat sof foydadan;

C)O’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan;

D)Daromaddan.
















I1


































N


































V2

E

K

S

E

L



















E

























K5

U

R

S






















A6










T







P3










A3

K










I







O










L

S










T







R










P

I4

N

V

E

S

T

I

T

S

I

Y

A

Y










I







F










R

A










Y







E










I













A







L













  1. Moliya ........lar — qimmatli qogʻozlar (aksiya,

obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar.

  1. koʻrsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni toʻlash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogʻoz.

  2. Markovetsning rikslar...... teoriyasi.

  3. Real ........... asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar.

  4. Valyutalarning bir biriga bo`lgan bog`liqligi

  5. bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga oʻzining maʼlum hissasini qoʻshganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatbaho qogʻozdir.



1


2


Download 47.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling