Reja: Biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni


qilib, biror-bir mahsulotni ishlab


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana02.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1740159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni

qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni o'z bo'yniga oladi. 
Qayd etish lozimki, iqtisodiyot fanining asoschilari tadbirkorlik shakliga kam 
e’tibor berganlar. Tadbirkorlik faoliyati ularning ilmiy-tadq iqot ishlarining tahlil 
obyekti bo'lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (1723-1790) va D. Rikardo 
(1772-1823) iqtisodiyotni o'z-o'zini muvofiqlashtiruvchi mexanizm deb qabul 
qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka o'rin yo'q edi. «Xalqlar 
boyliklarining mohiyati va sabablarini tadqiq etish» (1776-y.) kitobida A. Smit 


tadbirkor ta’rifiga alohida e’tibor bergan edi. 
A. Smitning fikricha, tadbirkor kapital egasi. U muayyan tijorat g oyasini amalga 
oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-
bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bogTiqdir. Tadbirkorlikdan olingan 
daromad, A. Smitning fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. 
Tadbirkor ishlab chiqarishni o'zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati 
natijalariga egalik qiladi. Bu ishlar, o'z navbatida, bozor tizimi bilan bog'liq. 
Shu bois A. Smit bizlarni bozor tizimining markaziy mexanizmi raqobat 
mexanizmi bilan tanishtiradi. O'z manfaatini ko'zlab yurgan har bir kishi bozorda shu 
maqsad bilan yurgan kishilarga duch keladi. Natijada, bozordagi har bir harakat 
qiluvchi subyekt raqobatchi taklif etgan narxlarga rozi bo'ladi. Bunday raqobatda 
o'xshash tovarlarga me’yordan ortiq narx qo'ygan ishlab chiqaruvchi xaridorni 
yo'qotishi hech gap emas. 
--A. Smitning qayd qilishicha, bozor jamiyat sotib olishni xohlagan va kerakli 
miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, A. Smit bozorning qudratli kuch 
ekanligini, u jamiyatni zarur tovariar bilan doimo ta’minlashi va bu tizim o'z-o'zini 
muvofiqlashtirishini ko'rsatib berdi. Uning fikricha, o'z-o'ziga qo'yib berilgan bozor 
tizimi rivojlanadi va bunday tizimi bor xalqning boyligi ortaveradi. 
XIX-XX asrlar chegaralarida tadbirkorlik institutining ahamiyati va rolini ko'pchilik 
anglay boshladi. Fransuz iqtisodchisi Andre Marshall (1907-1968 yy.) birinchi bo'lib 
ishlab chiqarishning uchta omiliga (yer, kapital, mehnat) to-ftinchi tashkillashtirish 
omilini qo'shdi. Shu vaqtdan boshlab, tadbirkorlik tushunchasi va shu sohada olib 
boriladigan ishlar ko'lamikengayibbormoqda. 
Amerikalik iqtisodchi J.B. Klark (1847-1938) J.B. Seyning «uchlik formulasiga» 
bir oz o'zgartirish kiritdi. Uning fikricha, ishlab chiqarishda doimto'rtomilishtirok 
etadi: 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling