Reja: Biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/16
Sana02.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1740159
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-mavzu Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni



Biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni 
Reja: 
1. Biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni 
2. Biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari 
3. Biznes va tadbirkorlik muhiti hamda unga ta’sir etuvchi omillar 
4. Biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsadi va vazifalari 
5. Biznesni belgilovchi mezonlar 
6. O zbekistonda Biznesning rivojlanishi va uning iqtisodiyotdatutganorni 
7. (O’zbekistonda Biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish 
yonalishlari 
8. Biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo llab-
quvvatlashning xorij tajribasi 
 
 


1. Biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning mohiyati va mazmuni 
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan 
biri Biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. 
Xo'sh, 
«tadbirkor», 
«tadbirkorlik» 
tushunchalari 
qanday 
mazmunga 
egavanimanianglatadi? 
Binobarin, tadbirkorlik faoliyati tizimining alohida tahlili dastlab G'arbda 
boshlangan bo'lsa-da, uning mohiyati va rivojlanishiga taalluqli ko'p qirrali bilimlar 
Sharqda tarkib topib, so'ngra G'arbda ilgari surilganiga yuqorida zikr etilgan dalillar 
guvohlik beradi. Ayniqsa, ular bu yo'nalishda shakllangan va hayotda o'z o'rniga ega 
bo'lgan ta’limotlarda o'z ifodasini topgan. Xususan, 3 ming yillik tarixga ega 
Zardushtiylik ta’limotining asosi bo'lmish “Avestoda”da musulmon olamining 
allomalari ta’limotlari, jumladan, “Naqshbandiya”, “Yassaviya”, “Kubroiya” 
ta’limotlarida mujassamlangan. 
Ayniqsa, bu jihatdan “Naqshbandiya” ta’limotining ildizlari chuqur mazmunga ega. 
“Naqshbandiya”ning “Dil bo yoru, dast ba kor”, ya’ni “diling Alloxda, qo'ling 
mehnatda bo'lsin”, degan ta’limot asoschisi Xoja Baxouddin Naqshbandiy kimxobga 
naqsh bog'lashda tadbirkorlik mahoratini namoyish etib, halol mehnat bilan yashash 
zarurligini ibrat qilib ko'rsatgan3. Ayrim manbalar uning mato to'qiydigan do'konlari 
borligahamishoraqiladi4. 
Ko'rinib turibdiki, Bahouddin Naqshbandiy mashhur G'arb iqtisodchi olimi 
xususan, Vilyam Pettidan 400 yil muqaddam mehnat insonlarning yashash manbai 
ekanligini chuqur anglagan va amalda o'z faoliyati doirasida isbot etgan. Ammo 
Vilyam Pettining “Boylikning otasi mehnat, onasi esa yerdir” degan ta’limoti jahon 
iqtisodiy nazariyasi fanida yangi bosqich sifatida e’tirof etilgani holda, 
Naqshbandiyaning undan awalroq hamda chuqur iqtisodiy va ma’naviy mazmunga 
ega bo'lgan yuqorida qayd etilgan ta’limoti hozirgacha na G'arb va na mahalliy 
iqtisodiy adabiyotlarida munosib o'rin egallamagan. 
Tadbirkorlik bo'yicha bilim va amaliy faoliyatlar zaminimizda hukmdor bo'lgan
buyuk shaxslar Sohibqiron Amir Temurning “Tuzuklari”da, Mirzo Boburning 
“Boburnoma” asarida yorqin ifodasini topgan. 


Buyuk sarkarda Amir Temur mamlakat osoyishtalgini va mo'l-ko'lligiga erkin 
tadbirkorlik faoliyatiga ustuvorlik berilishi orqali erishish mumkinligini chuqur idrok 
etgan va uning tamoyillari mashhur “Temur tuzuklari” asarida aniq bir tizimga 
keltirilgan boMib, unga ko'ra: "... mardlik va shijoat sohibi, a’zmi qat’iy, tadbirkor va 
xushyor bir kishi ming - minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur”5, - degan 
xulosani ilgari surgan. 
Ta’kidlash joizki, Amir Temur nafaqat tinchlik davrida, balki urush holati 
jarayonida ham tadbirkorlik faoliyatini yuqori darajaga ko'targan va bu yo'nalishda 
amaliy ishlarni ham royobga chiqargan. Ma’lumotlarga ko'ra, harbiy yurish 
chog'larida qo'shin ehtiyojlarini ta’minlaydigan turli xil kasbga*ega tadbirkorlarni 
olib yurilgan va ularning muayyan qismi 3,5,7 yillik, deb nomlangan va oxirgi 
Xitoyga qarshi harbiy yurishlari paytida dehqonchilik bilan mashg ul bo'lib, qo'shinni 
oziq-ovqat bilan ta’minlab turgan. Mahalliy aholini bunday og'ir vazifani bajarishda 
qo'llab-quwatlab, talon-tarojliklardan muhofaza etishgan. 
Hattoki, Amir Temur urush holatida turgan paytida ham bunyodkorlik ishlarini 
davom ettirgan ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, 1401-yili Amir Temur navbatdagi 
harbiy yurishlaridan birida Qarobog' (hozirgi Qoraboh-Ozarbayjon)da qishlagan 
chogida mintaqa uchun nihoyatda zarur bo'lgan Nahri Barlos nomi berilgan kanalni bir 
oy ichida bitirib6, suv keltirgani obodonchilik va tadbirkorlikka asos solgan bo'lib, 
hozirgacha uning sahovatidan u yerliklar bahramand boMmoqdalar. 
Ammo, qadim zamonlardan Markaziy Osiyo mintaqasida gurkirab yuksalib kelgan 
tadbirkorlik faoliyati chor istilosi davrida, mahalliy bozorni metropoliyadan keltirilgan 
oziq-ovqat va sanoat mollari egallashi munosabati bilan deyarli so'na boshlagan va 
mahalliy aholi turmush sharoitining pasayishi va o'ta qashshoqlashishiga olib kelgan. 
Oktyabr inqilobidan so'ng qayd etilganidek, yirik ishlab chiqarishga ustuvorlik 
berilishi O'zbekistonda ham kichik tadbirkorlik faoliyatining yemirilishiga olib keldi va 
vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bu sohada 1927- yilda 118 ming kishi band 
boMgan bo'lsa, 1932- yilga kelib, u 60 ming kishidan iboratbo'ldi. 
Bunday vaziyatda Markaziy Osiyoning keng tafakkurga ega progressiv ziyolilari 
demokratik shoir va yozuvchilari (Muqimiy, Furqat) ayniqsa jadidchilar (Qodiriy, 


Behbudiy, CHo'lpon, Fitrat, Avloniy) va ular qatorida yirik davlat arbobi Fayzulla 
Xo'jaevning aholini qoloqlik va qashshoqlik girdobidan qutulishning asosiy yo'li 
mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va tadbirkorlikni rivojlantirish ekanligi va 
unda faol ishtirok etishga undashi hamda uni rag batlantirish uchun aniq sa’y-
harakatlari respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotining moddiy-texnika bazasini bunyod 
etish uchun kuchli zamin hozirlagan edi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan tizim barham topishi bilan mamlakatlarda 
bozor iqtisodiyoti va uning o'zagini tashkil etuvchi tadbirkorlik faoliyatining mazmuni 
va metodologik asoslari to g'risidagi tafkkur kengaydi va nazariy bilimlar 
chuqurlashdi. 
Tadbirkorlik tushunchalarining hozirgi ma’nosida XVII asr oxiri va XVIII asr 
boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo'llagan edi. Uning fikricha, 
tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi ^cishidir. Shu boisdan u er va 
mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. 
Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur franuuz iqtisodchisi 
J.B. Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik 
faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari yer, kapital, mehnatning 
yaxlitligidebta’riflaganedi. 
U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste’dodi» 
ta’minlaganligini ta’kidlagan edi. J.B. Seyning asosiy tezisida mahsulot ishlab 
chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat yuritadi deyiladi. J.B. Seyning fikricha, 
tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ishlab chiqarishni tashkil etganligi, 
mahsulotni o'z vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor lavakkal 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling