Reja: Bloger kim? Nima uchun bloger jurnalist emas? Aslida kimni bloger deyish mumkin?


Download 27.09 Kb.
bet1/4
Sana19.01.2023
Hajmi27.09 Kb.
#1102004
  1   2   3   4
Bog'liq
Блогер

    Bu sahifa navigatsiya:
  • REJA

URGANCH INNOVATION
UNIVERSITETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI FAKULTETI

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Bloger va vaynerlarni axborot olamidagi funksiyalari

Fan nomi.
Mediasavodhonlik

Bajardi.1-bosqich talabasi


Raximova Nafisa
REJA:

  1. Bloger kim?

  2. Nima uchun bloger jurnalist emas?

  3. Aslida kimni bloger deyish mumkin? 

Bloger va jurnalistlarni ko‘pchilik aynanlashtiradi yoki ularning farqiga bormaydi. Vaholanki, ular o‘rtasida umumiylik qatori o‘ziga xoslik ham mavjud. Hamma blogerlar ham jurnalistlar kabi mahoratli emas, biroq har qanday jurnalist blogerlikka da'vo qilishi mumkin.


Bugungi kunda mamlakatimizda so‘z erkinligi barqarorlashuvi, OAVga berilgan imkoniyat va sharoitlar hosilasi sabab, ushbu sohada ma'lum masalalar muhokama markaziga tushib qoldi. Jumladan, so‘nggi kunlarda axborot haqida gap ketganda, jurnalistlar qatori blogerlar ham tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Rasmiy va norasmiy tadbirlarga OAV xodimlari qatori blogerlar ham taklif etilmoqda. Bu ochiq jamiyatda so‘z erkinligi barqarorlashayotgani, chinakam demokratik prinsiplarning amal qilayotganidan dalolat beradi.
Biroq bu holatning xavfli tomoni ham borki, axborot berish va qabul qilishda shaffoflik, xolislik, haqqoniylik, ochiqlik va daxlsizlik ustuvorligini ta'minlash masalalari yuzaga chiqadi. Ya'ni, har kim axborot berish yo tarqatish huquqiga ega jamiyatda axborot tarqatuvchi shaxs yo uyushma har qanday tazyiq, manfaat, sub'yektiv fikrlar yo ma'lum bir guruhlarning manfaatlaridan xoli ravishda haqqoniylik, xolislik, ishonchlilik, mas'uliyatlilikni anglashi va bu me'yorlarga qat'iy amal qilishi kerak.
Bu masala jurnalistlar qatori blogerlarning jamiyatda faollashuvi bilan yanada muhimroq bo‘lib qoldi. Sababi — jurnalistlar bilan blogerlar o‘rtasida farq va o‘xshashlik amaliy tarzda keng omma uchun hali u qadar oydinlashgani yo‘q. Bu borada, menimcha, soha mutaxassislari va olimlari, tadqiqotchilar hozirjavoblik bilan munosabat bildirishlari shart.

Download 27.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling