Ommaviy blokcheyn – ochiq, to’ldirib boriladigan ma‘lumotlar bazasi. Blokcheynning bunday turi Bitcoin kriptovalyutasida ishlatiladi.
G’ayrirasmiy yoki xususiy blokcheyn ma‘lumotlarni yozib olish/o’qish bo’yicha cheklovlarga ega.
Konsorsiumli blokcheyn. U shaxsiy yopiq tarmoq bir necha kompaniyalar yoki davlat tuzilmalariga kerak bo’lgan vaziyatlarda yaratiladi.
Blokcheynning asosiy tamoyillari
Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash
Insonlar hayotining u yoki bu sohasiga taalluqli har qanday ahamiyatli ma‘lumot biron joyda saqlanadi. Uy yoki mashina xarid qilish, kredit olish, pul o’tkazishlar – ushbu amaliyotlar haqidagi barcha ma‘lumotlar davlat muassasalari va xususiy kompaniyalar serverlarida qayd qilinadi va markazlashgan holda joylashtiriladi. Bu ko’pincha suiste‘mollikka olib keladi – hohlaganda har qanday bazaga kirib, unga o’zgartirishlar kiritish mumkin.
Xavfsizlik va himoyalanganlik
Yuqorida so’z yuritilgandek, har qanday markazlashgan ma‘lumotlar bazasini buzib, unga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Blokcheyn bilan bu imkonsizdir. Bloklardan birini buzib, undagi ma‘lumotlarni o’zgartirish mantiqsiz, chunki barcha bloklarni buzishga to’g’ri keladi, buning uchun esa ulkan hisoblash quvvatlari lozimdir – chunki yangi bloklar oldingi bloklar haqidagi ma‘lumotlarni shifrlangan holda o’zida saqlaydi.
- Ochiqlik va shaffoflik
Butun baza omma uchun ochiq, shu bois u yoki bu blok ma‘lumotlarini istagan kishi ko’rishi mumkin. Bir foydalanuvchi boshqasiga pul o’tkazishi – bu haqda esa har bir kishi bilishi mumkin. Ammo kim kimga pul o’tkazgani - sirligicha qoladi. Ushbu ma‘lumot almashuvning bevosita ishtirokchilariga ko’rinadi, agar ular o’zlari uni ommaga oshkor qilishni istamasalar. - Yozilganlarning o’zgarmasligi
- Yangi ma‘lumotlarni yozib olish uchun blokcheyn tugunlari konsensusi lozim bo’ladi. Bu amaliyotlarni filtrlashga va faqat qonuniy tranzaksiyalarni yozib olishga imkon beradi. Xeshni almashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |