Reja: «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmeti haqida tushuncha
Download 0.84 Mb.
|
maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi Tayanch iboralar
1-mavzu: MTMda kompyuter savodxonligi fani haqida tushuncha. Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi va sanitaryiya-gigiyena qoidalari. Reja: «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmeti haqida tushuncha. Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalari Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi Tayanch iboralar: Perfokartalar, elektr lampalar, tranzistorlar, integral sxemalar. Hozirgi vaqtda kompyuter savodi, kompyuter texnologiyalarini bilish zamon talabidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Kelgusida kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish» haqidagi qarorida shunday deyiladi: «Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini xalq xo‘jaligi, boshqaruv, fan taraqqiyoti, tadbirkorlik va ta’lim sohasida qo‘llash eng muhim vazifalaridan biridir». Darhaqiqat, hozirgi kunda jamiyatni har bir sohasini rivojlanishida kompyuterning ahamiyati katta. Kompyuterlar korxona, ofis, tashkilotlarda bo‘lishi bilan birga, oilalarga ham kirib bormoqda. Albatta, kompyuter bolalarni ham befarq qoldirmaydi. «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmeti maktabgacha ta’lim muassasalarining bo‘lajak tarbiyachilari uchun mo‘ljallangan. Ularning maqsadi kompyuter o‘yinlari, didaktik o‘yinlar va hokazolar yordamida bolalarda kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish, oddiy mashg‘ulotlar yordamida kompyuter va kompyuter texnologiyalari to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat. «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmetining vazifasi bo‘lajak tarbiyachilarga maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruhlarida kompyuter bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tish uchun kerakli bilimlarni berishdan iborat. «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmetini o‘rganish orqali o‘quvchilaming kompyuterdagi mavjud dasturlardan foydalanib, bolalarning yoshiga mos materiallar tayyorlay olish, bog‘chada o‘tiladigan turli mashg‘ulotlar uchun didaktik o‘yinlar yarata olish, elektron darsliklardan foydalana olish, internet tarmog‘idan kasbiy sohaga mos ma’lumotlarni olib foydalana olish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bundan tashqari qo‘shimcha texnik vositalar, ularning turlari, ulardan mashg‘ulot o‘tishda foydalana olish usullari va mashg‘ulot o‘tish uchun kerakli grafik, animatsiya yaratishga mo‘ljallangan dasturlar va ularda ishlash qoidalari o‘rgatiladi. Xulosa qilib aytganda «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmetini o‘rganish orqali o‘quvchilar informatika kursida to‘liq o‘rganilmagan, bolalar bog‘chasida mashg‘ulot o‘tish uchun kerakli bilimlarni oladilar. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling