Reja: «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi» predmeti haqida tushuncha


Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi


Download 0.84 Mb.
bet3/4
Sana25.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1295968
1   2   3   4
Bog'liq
maqola

3.Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi

Qadim zamonlardan boshlab insonlar hisoblash ishlarini yengillashtirishga harakat qilishgan. Ular dastlab hisoblash quroli sifatida qo‘l barmoqlaridan foydalanishgan. Keyinchalik hisoblashlarni yog‘och tayoqchalari orqali bajarishgan. Sharq mamlakatlarida hisoblash ishlarini bajarish uchun abak uskunasidan foydalanishgan.


1642-yilda fransuz olimi Blez Paskal tomonidan mexanik hisoblash mashinasi yaratildi.
XIX asrda Charlz Bebbidj tomonidan murakkab masalalarni yechadigan mashinalarning paydo bo‘lishiga asos soldi. Bu mashinalarning xotirasi sanoq g‘ildiraklari to‘plami tarzida tuzilgan, dasturni esa perfokartalarga kiritish ko‘zda tutilgan. O‘sha davrda yetarli darajada texnika rivojlanmaganligi bois, Bebbidj bu ajoyib mashina yaratilishini oxirigacha yetkaza olmagan, lekin uning g‘oyasi XX asrda elektron hisoblash mashinalarida o‘zining amaliy yechimini topdi.
1940-yilda amerikalik muhandis Aytken yaratgan hisoblash mashi­nasi arifmometr bilan ishlaydigan 20 ta operator o‘rnini bosa oladigan bo‘lib, katta zalga joylashgan va ko‘p miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilar edi. Bu mashina bilan elektromagnit bazasida mashinalar yaratish imkoniyati uzil-kesil hal bo‘lgan edi.
Elektron lampali hisoblash mashinasini yaratishga birinchi marta amerikalik muhandis J. Atanasov urinib ko‘rgan. Pensilvaniya universiteti olimlari J.Mouchli va J.Presner Ekkert loyihasi asosida 1946-yilda «ENIAK» nomli Elektron hisoblash mashinasi yaratishdi. Bu tarixda eng katta elektron hisoblash mashinasi bo‘lib, og‘irligi 30 tonnani tashkil qilgan, 36 kv.metr maydonni egallagan va 18000 ming vakuum idishlarini o‘zida saqlagan.
EHM laming rivojlanish taraqqiyoti avlodlarga bo‘linib, har bir avlod mashinalari jihozlarining parametrlari, elementlarining tayyorlanish texnologiyasi va hal etiladigan masalalar dasturi bilan ajralib turadi.
Birinchi avlod mashinalari 50-yillarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, asosan elektr lampalardan tashkil topgan. Bu EHMlar katta miqdorda elektr energiyani talab qilgan va ko‘p joyni egallagan. Bu mashinalarning amallarni bajarish tezligi past, xotira sig‘imi kichik bo‘lib, tez-tez ishdan chiqib turgan (1-rasm).



1.4-rasm. I avlod mashinasining umumiy ko‘rinishi.

Ikkinchi avlod mashinalari 60-yillarning boshlarida yaratilgan bo‘lib, asosan tranzistorlardan tashkil topgan. Bu mashinalarning massasi, o‘lchamlari va iste’mol qiladigan energiyasi avvalgisiga qaraganda ancha kamaygan.


Uchinchi avlod mashinalari 60-yillarning oxirida ishlab chiqilgan bo‘hb, integral sxemalardan tashkil topgan. Bu mashinalarning eng quvvatlisi sekundiga 1,5 mln. amalni bajara olgan.
To‘rtinchi avlod mashinalari 70-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, asosan mikroprotsessordan tashkil topgan. Bu mashinalar tashqi qurilmalarning uncha katta emasligi, ishlash tezligi va bahosi arzonligi bilan ajralib turadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling