Reja: Bolalar ishlarini tahlil qilish. Og‘zaki metod va o‘rgatish usullari. Amaliy metodlar. Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish. Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullari


Mashg‘ulot mazmuniga va mashg‘ulot oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga


Download 224.64 Kb.
bet11/11
Sana23.04.2023
Hajmi224.64 Kb.
#1388087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning turlari metod va usullari

Mashg‘ulot mazmuniga va mashg‘ulot oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga;
Bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
Bolalar foydalanadigan tasvirlash materiallariga bog‘liqdir. Atrof olam haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash maqsadidagi mashg‘ulotlarda, asosan og‘zaki metodlar qo‘llaniladi: suhbatlar, bolalarning ko‘rganlarini xotiradan qayta eslash uchun yordam beradigan savollar beriladi. Tasviriy faoliyatning turli ko‘rinishlarida o‘rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi. Masalan: mazmunli mavzularda kompozitsiyaga o‘rgatish vazifasini rasmda illyustratsiyalarga qarab tushuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala loydan buyum yasaganda shakllarning ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko‘rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o‘ylab, mashg‘ulot oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg‘ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak. Mashg‘ulotda alohida metod va usullar ko‘rgazmali va og‘zakilari - o‘zaro qo‘shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta’lim jarayonida bog‘lanadi. Ko‘rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy hissiy asosini yangilaydi, so‘z esa to‘g‘ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarni va tasvirlayotganlarini umumlashtirishni shakllanishiga yordam beradi.

Adabiyotlar ro‘yxati:



1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
Bilimdon” dasturi. T.: 2014
3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007
5.“Bola shaxsini rivojlanishining dolzarb muammolari”. Xalqaro ilmiy- amaliy anjumanining tezis va maqolalar to‘plami. 2008 yil.
6.Djalalova D.X. Osnovniye tendensii razvitiya sovremennoy yaponskoy shkoli. Avtoreferat dis.k.p.n. 2004.
7.Titov V.A.Pedagogika zarubejnix stran (sravnitelnaya pedagogika). APrior, 2010.
Download 224.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling