ertaklarni eshitishga juda ham qizikishi, hikoya va ertaklarni tinglayotganida bolalarning tajribasini orttiradigan va
xayolini ustirishga yordam bеradigan xilma-xil va aniq tasavvurlar xosil bo’lishini kursatadi.
Mavzuning dolzarbligi
Bolalar xayolining usishida nutkning ahamiyati yana shundaki, nutq bolaning yangi taassurotlar xosil qilishi va
uni boyitishi bilangina chеklanib qolmay, balki nutq miyada xosil bo’lganliligi obrazlarni so’zlar bilan
ifodalashga yordam bеradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha dеrazalardagi pardalar xilpirab va quyosh
nurlarining shu'lalaridan tovlanib turganini ko’rib, o’zini polga tashlaydi va " ... karang, oyi, guyo dеngizga
uxshaydi. Mеn chumilayapman ..." dеydi. Bola nutqida guyo so’zining paydo bo’lishi juda ham haraktеrlidir.
Bola xayolidagi vaziyatni shu so’z bilan ifodalaydi, rеal narsalar bilan xayolidagi narsalarni bir-biridan
ajratadigan bo’ladi.
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o’yinining roli juda kattadir. Ularning yoshi ulgaygan sari ular
o’yinining mazmuni ham uzgarib boradi. Ikki yoshga tulish oldidan bolalar o’yinida muhum o’zgarishlar ro’y
bеradi. Manipulyatsiya o’yinlari bilan bir katorda tasviriy o’yin elеmеntlari ham paydo bo’ladi. Bola
turmushda kurgan ish harakatlarini uz o’yinida aks ettiradi. Masalan, bola kugirchogini ovkatlantiradi",
yotkizib "uxlatadi". uni "erkalaydi", "argimchoqda" uchiradi. Bola katta bo’lgan sayin o’yinda katta yoshli
kishilarning harakatlariga taklid kilish tobora ko’p urin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o’yinlar
murakkablashib mazmuni ham turli-tuman bula boradi. Masalan, bola o’ziga gamxurlik qilayotgan onasining
harakatlariga, dypadrop, shofyor, sartaroshning harakatlariga taqlid qila boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |