va kasrlar teng bo`lishi uchun m∙q=n∙p bo`lishi zarur va yetarlidir.
Kasrning asosiy xossasi:
Agar berilgan kasrning surat va maxraji bir xil natural songa ko`paytirilsa yoki bo`linsa, berilgan kasrga teng kasr hosil bo`ladi.
Bu xossadan kasrlarni qisqartirish va umumiy maxrajga keltirish tushunchalari kelib chiqadi.
Kasrlarni qisqartirish – berilgan kasrni unga teng, lekin surat va maxraji undan kichik bo`lgan kasrga almashtirishdir. Masalan, .
Kasrlarni umumiy maxrajga keltirish kasrlarni ularga teng, lekin bir xil maxrajli kasrlarga almashtirishdir.
Musbat ratsional son – bu teng kasrlar to`plamidir. Bu to`plamga tegishli har bir kasr shu sonning yozuvidir. Masalan, sonlar to`plami biror musbat ratsional sondir ().
Har qanday musbat ratsional son uchun shu sonning yozuvi bo`lgan bitta va faqat bitta qisqarmas kasr mavjud.
Musbat ratsional sonlar to`plamida:
1. Eng kichik son yo`q.
2. Ixtiyoriy ikkita ratsional son orasida Q ning cheksiz ko`p soni bor, ya`ni ratsonal sonlar to`plami o`zida zich to`plam.
Do'stlaringiz bilan baham: |