Reja: Bosh miya katta yarimsharlar
Download 0.55 Mb.
|
BOSH MIYA YARIM SHARLARI TUZILISHI
O‘rta miya(mesencephalon) bosh miyaning nisbatan sodda tuzilishga ega qismi. U filogenezda ko‘ruv va eshituv analizatorlarining ta’siri ostida rivojlanadi. Odamda oxirgi miya po‘stlog‘ida ko‘ruv va eshituv markazlari paydo bo‘lganidan so‘ng, o‘rta miyadagi markazlar po‘stloq osti markazlari holatiga tushib qoladi. O‘rta miya uchinchi miya pufagidan taraqqiy etadi. U pufakcha devorlari bir tekis kengayib, dorsal qismidan o‘rta miya tomi, ventral devoridan miya oyoqchalari hosil bo‘ladi. Uning qoldiq bo‘shlig‘i III va IV qorinchalarni qo‘shib turuvchi miya suv yo‘liga aylanadi. O‘rta miyaning ventral yuzasi yuqoridan (oldindan) ko‘ruv yo‘llari va so‘rg‘ichsimon tana, orqadan esa ko‘prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi.O‘rta miyada uning taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagilar joylashgan:
1.Po‘stloq osti ko‘ruv markazi va ko‘z mushaklarini innervatsiya qiluvchi nerv o‘zaklari. 2.Po‘stloq osti eshituv markazi. 3.Bosh miya po‘stlog‘ini orqa miya bilan bog‘lovchi pastga tushuvchi va yuqoriga chiquvchi o‘tkazuv yo‘llari. 4.O‘rta miyani bosh miyaning boshqa qismlari bilan bog‘lovchi nerv tolalari. O‘rta miya ikki asosiy qismdan: o‘rta miyaning tomi yoki to‘rt tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan iborat. O‘rta miyaning tomi (lamina tecti mesencephali) yoki to‘rt tepalik plastinkasi (lamina quadrigeminae) o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qilib kesishgan bo‘ylama va ko‘ndalang egatlar bilan ajragan to‘rtta tepachadan iborat. Ikkita yuqori tepachalarda (colliculi superior) po‘stloq osti ko‘ruv markazi, ikkita ostki tepachalarda (colliculi inferior) esa po‘stloq osti eshituv markazi 267 joylashgan. Yuqorigi tepachalar o‘rtasidagi egatda shishsimon tana (corpus pineale) engashib turadi. Har bir tepachadan tashqi tomonga qarab tepacha yelkalari yo‘naladi. Yuqorigi tepacha yelkasi (brachium colliculi superior) lateral tizzasimon tanaga qarab yo‘nalib, qisman ko‘ruv yo‘liga o‘tib ketadi. Ostki tepachalar yelkasi (brachium colliculi inferiores) medial tizzasimon tanaga yo‘naladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling