Reja: Bosh miya katta yarimsharlar


Miya oyoqchalari (pedunculi cerebri)


Download 0.55 Mb.
bet3/3
Sana30.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1309929
1   2   3
Bog'liq
BOSH MIYA YARIM SHARLARI TUZILISHI

Miya oyoqchalari (pedunculi cerebri) ko‘prikning yuqori chekkasidan boshlanib, oldinga va tashqariga qarab yo‘nalgan juft oq ustunchalar shaklida bo‘lib, oxirgi miya yarimsharlari ichiga kirib ketadi. Qora modda miya oyoqchasining bor bo‘yiga ko‘prikdan to oraliq miyagacha cho‘zilgan bo‘lib, faoliyat jihatidan ekstrapiramida tizimiga kiradi. Uning hujayralari tarkibidagi melanin pigmenti qoramtir rang beradi.
Miya oyoqchasining asosi oq moddadan iborat bo‘lib, harakatlantiruvchi o‘tkazuv yo‘llardan iborat.
Miya oyoqchasining asosiy qismi bola tug‘ilganidan keyin po‘stloq bilan orqa miya, o‘zaklar va miyacha o‘rtasidagi yo‘llar taraqqiyotiga bog‘lanib o‘sadi. Qizil o‘zak va uning aloqalari ekstrapiramida tizimi tarkibiga kirib, ontogenezda piramida tizimidan ilgariroq paydo bo‘ladi. U yirik va mayda hujayrali qismlardan iborat. Yirik hujayrali qism oldinroq paydo bo‘lib, u impulslarni miyachadan miya poyasi va orqa miyaga o’tkazib beradi. Mayda hujayrali qismi keyinroq paydo bo‘lib, impulslarni miyachadan po‘stloq osti va po‘stloqqa o‘tkazib beradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda qora moddada pigmenti bo‘lmagan hujayra orolchalari bo‘lib, ularda pigment 3-4 yoshlarda paydo bo‘ladi va 16 yoshda u yuqori darajada takomillashadi. O‘rta miya kulrang o‘zaklari bolalarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Silviy suv yo‘li bola hayotining birinchi yilida keng bo‘lib, keyinchalik asta-sekin torayadi.To‘rt tepalik plastinkasining taraqqiyoti ko‘ruv va eshituv faoliyatlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bog‘liq.
Oraliq miya (diencephalon) murakkab tuzilishga ega. U o‘rta miya bilan oxirgi miya oralig‘ida joylashgan. Taraqqiyoti va faoliyatiga ko‘ra oraliq miyani ikki qismga: 1.Orqa (dorsal) filogenez nuqtai nazaridan yangi, afferent yo‘llar markazi bo‘rtiq sohasi. 2.Oldingi (ventral) filogenez jihatidan eski, oliy vegetativ markaz bo‘rtiq osti sohasidan iborat. Bo‘rtiq sohasi (thalamencephalon) o‘z navbatida k o‘ruv bo‘rtig‘i, bo‘rtiq orqasi va bo‘rtiq usti sohalariga bo‘linadi.
Ko‘ruv bo‘rtig‘i (talamus opticus) III qorinchaning ikki yon tomoniga joylashgan oval shakldagi kulrang modda to‘plamidan iborat. Uning oldingi uchi torayib oldingi bo‘rtiqni (tuberculum anterius), orqa uchi esa kengayib yostiqchani (pulvinar) hosil qiladi. Ko‘ruv bo‘rtig‘ining ichki yuzasi III qorincha bo‘shlig‘ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar markaziy qismining tubini hosil qiladi.Uning ustki yuzasi ichki yuzasidan ingichka oq miya hoshiyasi (stria medullaris thalami) bilan ajrab turadi.
Bo‘rtiq osti sohasi (hypothalamus) III qorinchaning tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Uning tarkibiga ko‘ruv nervi kesishmasi, ko‘ruv yo‘li, kulrang tepacha,

quyg‘ichsimon o‘simta, gipofiz va so‘rg‘ichsimon tana kiradi. Bo‘rtiq osti sohasi ikki: oldingi (regio hypothalamica anterior) yoki ko‘ruv qismi (pars optica) tarkibiga kulrang tepacha (tuber cinereum), quyg‘ichsimon osimta (infundibulum), gipofiz (hypophysis), ko‘ruv nervi kesishmasi (chiasma opticus) va ko‘ruv yo‘li (tractus opticus) kiradi. Orqa (regio hypothalica posterior) yoki hidlov qismiga (pars olfactoria) so‘rg‘ichsimon tana, bo‘rtiq osti sohasida (regio subthalamica) joylashgan Lyuis tanasi kiradi.
Gipotalamusda 30 dan ortiq o‘zaklar bo‘lib, ularning shakli va hajmi har xil. Ular joylashishiga qarab uch sohaga: oldingi (regio hypothalamica anterior), oraliq (regio hypothalamica intermedia) va orqa (regio hypothalamica dorsalis) bo‘linadi. Gipotalamusning nerv hujayralari sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lib (neyrosekret), bu sekret shu hujayra tolalari orqali gipofizga boradi. Bu o‘zaklarni gipotalamusning neyrosekretor o‘zaklari deyiladi. Ularga gipotalamusning oldingi sohasida joylashgan supraoptik o‘zak (nucleus supraopticus) va paraventrikulyar o‘zaklar (nucleus paraventricularis) kiradi. Bu o‘zaklar hujayralari o‘simtasi gipotalamo-gipofizar dastani hosil qilib gipofizni orqa bo‘lagida tugaydi.
Gipotalamusni oraliq sohasida: ravoqsimon o‘zak (nucleus arcuatus), gipotalamusning oldingi va orqa medial o‘zaklari (nuclei hypothalamicus ventromedialis et dorsomedialis), gipotalamusning dorsal o‘zagi (nucleus hypothalamicus dorsalis), quyg‘ich o‘zagi (nucleus infundibularis), kulrang tepalik o‘zagi (nucleus tuberalis) joylashgan. Gipotalamusning orqa hidlov sohasida joylashgan juft so‘rg‘ichsimon tana (corpora mamillaria) diametri 0,5 sm keladigan yumaloq oq moddadan iborat. Oq moddaning ichida kulrang modda, so‘rg‘ichsimon tananing medial va lateral o‘zaklari (nuclei corporis mamillaris medialis et lateralis) joylashgan.
Uchinchi qorincha. Uchinchi qorincha (ventriculus tertius) oraliq miyaning o‘rtasida ingichka sagital yorig‘ shaklida joylashgan bo‘lib, oltita devori tafovut qilinadi. Uning tashqi devorini ko‘ruv bo‘rtig‘ining ichki yuzasi, oldingi devorini oxirgi parda (lamina terminalis), gumbaz ustunlari (columna fornicis) va oldingi bitishma (commissura anterior) hosil qiladi. Gumbaz ustunlari bilan ko‘ruv bo‘rtig‘ining oldingi qismi o‘rtasida qorinchalararo teshik (foramen interventriculare) joylashgan. Uchinchi qorinchaning orqa devorini orqa bitishma (commissura cerebri posterior) va (commissura habinularum) chegaralaydi. Uning ostida miya suv yo‘li teshigi yotadi. Homilada miya yarimsharlari asta-sekin o‘sib, miyaning qolgan qismlarini xuddi plashga o‘xshab o‘rab oladi. Homila hayotining uchinchi oyida u oraliq miya va talamuslarni, 4 oylikda to‘rttepalik, 6 oylikda miyacha ustiga kelib, 8- oyda uni o‘rab oladi. Homila davrida yarimsharlarning usti silliq bo‘ladi. Homila hayotining ikkinchi oyi oxiri va uchinchi oyi boshida yarimsharlarning yon yuzasida chuqurcha paydo bo‘ladi. Bu yer keyinchalik orolchaga aylanib ketadi. Miyani boshqa qismlari o‘sib orolchaning ustini yopadi va to‘rt oylikda yon egat paydo bo‘ladi. To‘rt oydan keyin birlamchi egatlar paydo bo‘la boshlaydi. Dastlab tepa-ensa va pix egatlari, so‘ng qadoq tana, gippokamp va aylanma egatlar paydo bo‘ladi. Oltinchi oyda markaziy egat, 7-8 oylarda esa
qolgan ikkilamchi egatlar paydo bo‘lib, bosh miyada odamga xos relef hosil bo‘ladi Bola tug‘ilishidan avval va hayotning birinchi haftalarida uchlamchi egatlar paydo bo‘ladi. Keyingi davrlarda yarimsharlar yuzasi yangi egatlarni paydo bo‘lishi va bor egatlarning chuqurlashuvi hisobiga o‘zgaradi.
Miya yarimsharlarining ayrim bo‘laklari ontogenezda bir xil o‘smaydi. Eng yosh hisoblangan peshona bo‘lagi boshqalarga nisbatan tez o‘sadi va hajmi jihatidan po‘stloq umumiy yuzasining 29% tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda peshona bo‘lagi og‘irligi 450 g, tepa bo‘lagi 251 g, chakka va ensa bo‘laklari birgalikda 383 g tashkil qiladi.
Har bir yarimshar quyidagi qismlardan iborat: 1.Plashch (pallium); 2.Hidlov miyasi (rhinencephalon); 3.Yon qorincha (ventriculus lateralis); 4.Oxirgi miyaning kulrang o‘zaklari.
Bosh miyaning limbik tizimi tarkibiga quyidagi hosilalar kiradi: hid bilish nervining so‘g‘oni (bulbus olfactoctorius), hid bilish yo‘li, hid bilish uchburchagi, oldingi ilma-teshik modda, belbog‘ pushtasi, dengiz oti pushtasi, tishsimon pushta.
Asosiy adabiyotlar ro’yxati
1. Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T.: Tib. Kitob. 2010 y.
2. Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T.: “A’loqachi” 2005 y.
3. Almatov K.T., Allamuratov.Sh.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T.: Universitet. 2004 y.
4. Xudoyberdiev.R.E.,I.K.Axmedov. “Odam anatomiyasi” T.: “Ibn Sino” 1993 y.
5. Ahmedov.A. “Odam Anatomiyasi” T.: “Iqtisod moliya” 2007 y.
6. R.Boxodirov “Odam anatomiyasi” T.: “O‘zbekiston”, 2006 y.
6. I.K.Axmedov “Atlas odam anatomiyasi”T.: “Uzb. Milliy ensiklopediyasi”1998y.
7. Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp://www.bestmedbook.com /2004. 542-554p

Elektron ta’lim resurslari


www.tdpu.uz
www.pedagog.uz
www.physiology.ru/handbooks.html
www.curator.ru/e-books/b22.html


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling