Reja: Boshlangich sinf o'quvchilarida jismoniy xatti-harakatlarini shakllantirish yo'llari
Download 22.93 Kb.
|
Umumiy o\'rta ta\'lim tizimida jismoniy tarbiyani o\'rni va ahamiyati
Mavzu: Umumiy o'rta ta'lim tizimida jismoniy tarbiyani o'rni va ahamiyati REJA: 1. Boshlangich sinf o'quvchilarida jismoniy xatti-harakatlarini shakllantirish yo'llari . 2. Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati. 3. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi. Boshlangich sinf o'quvchilarida jismoniy xatti-harakatlarini shakllantirish yo'llari . Respublikamiz mustaqilligining xalqimizga bergan eng buyuk ne'matlaridan biri yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga berilayotgan katta e'tibordir. Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining «Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma'ruzasida har tomonlama rivojlangan yetuk va barkamol avlodni voyaga yetkazish, jismoniy kamolotni shakllantirishga va taraqqiy ettirishga alohida ahamiyat berish, omma orasida jismoniy tarbiya va sport madaniyatini yuqori saviyaga ko'tarish lozimligini alohida uqtirib o'tgan. Keyingi yillarda bolalar sporti va jismoniy tarbiyani rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgani hammamiz uchun quvonarlidir. Ammo shunga qaramay hali ta'lim muassasalarida bolalarning jismoniy tarbiyasini to'g'ri tashkil etish borasida qator muammolar mavjud. Olingan ma'lumotlarga ko'ra boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy jihatdan sog'lomlik darajasi qoniqarli emasligi ko'pgina mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlarga ko'ra bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining to'rtdan uch qismi birdaniga ortiqcha o'quv yuklamalari bilan band etilganligi oqibatida odatdagi o'quv predmetlarini o'zlashtirishga qiynalmoqdalar. Sir emaski, ko'pincha boshlang'ich sinf o'qituvchilari birinchi sinfga kelgan o'quvchilarining savodini tezroq chiqarish, ularni yozishga va o'qishga, hisobkitobga tezroq o'rgatish uchun yozuv, o'qish va matematika mashg'ulotlariga asosiy e'tiborni qaratadilar-da, aksincha, bolalarning qiziqishi va ehtiyoji ko'proq seziladigan jismoniy tarbiya, musiqa, mehnat kabi mashg'ulotlarni ikkinchi o'ringa surib qo'yadilar. Buning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchisi rivojlanishida ham jismoniy, ham psixologik nosozliklar vujudga keladi. Bu esa, o'z navbatida bolaning maktabdan, o'qishdan tez bezib qolishiga sabab bo'ladi. Maktab uning uchun o'z imkoniyatlarini namoish etadigan, bilish, o'qish va o'rganish ehtiyojlarini qondiradigan, uni takomillashishga bo'lgan intilishini qanoatlantiradigan joy emas, balki uni har tomonlama ezib qo'yadigan zindonga aylanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining jismoniy xatti-harakatlarga bo'lgan ehtiyojining yuqoriligi uning yosh va fiziologik xususiyatlari bilan asoslanadi. Bu davrda bolaning suyakmuskul tizimi shakllanishda davom etib, uning organizmida suyaklashish davri kechayotgan bo'ladi. Ana shu holatning o'zi uning jismoniy xatti-harakatlarga bo'lgan ehtiyojini oshiradi. Ko'p aqliy mehnat talab etadigan mashg'ulotlarda vaqtivaqti bilan fizkulьtdaqiqalarni o'tkazib turishning o'zigina bolaning yuqorida aytib o'tilgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli hisoblanmaydi. Hatto haftada ikki marta o'tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining o'zi ham o'quvchilarda jismoniy ko'nikmalarni, qolaversa, jismoniy madaniyatni talab darajasida shakllantirish uchun yetarli emas. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarining faqat 9%i - yuqori darajadagi, 57%i – o'rta darajada, 34%i – past darajadagi jismoniy ko'rsatgichlarga ega. T.V.Korneyevaning fikricha, 95,3% boshlang'ich sinf o'quvchilari darsdan tashqari paytlarda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaydilar, 87,8 %i esa ertalabki badantarbiyani bajarmaydi, faqat 12% bolalar ota-onalari bilan faol dam oladilar. Bu ko'rsatkichlar, albatta, bizni tashvishga soladi. O'quvchilarda boshlang'ich sinfdan, hatto undan ham oldinroq jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanish ko'nikmalarini shakllantirish, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish faqat ta'lim muassasalarining emas, balki ta'lim-tarbiya ishi bilan shug'ullanadigan barcha ijtimoiy institutlar – oila, maktab, mahalla, ommaviy axborot vositalari, huquq-targ'ibot organlarining birgalikdagi bahamjihat faoliyat ko'rsatishlariga bog'liqdir. Ammo barcha ijtimoiy institutlar ishini bolalarda jismoniy madaniyatni shakllantirishga oid zarur metodik ko'rsatmalar va tavsiyalar, zarur bilimlar bilan qurollantiradigan tashkilot – bu ta'lim muassasalaridir. Ta'lim-tarbiya ishi bilan shug'ullanadigan mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini yuqori darajada takomillashtirish ham muammoning yechimini topish uchun asosiy shartlardan biri bo'lib hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida jismoniy ko'nikmalar va sog'lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy vositasi bu jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridir. Biz ushbu bitiruv ishida bolalarning darsdan tashqari jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanishlari to'g'risida gapirishdan oldin boshlang'ich sinf o'quv dasturlarida belgilangan jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridan birining tanlangan mavzu bo'yicha to'liq ishlanmasini taklif etmoqchimiz. 1-sinfda jismoniy tarbiyadan o'tkazilgan bir soatlik dars ishlanmasi Darsning maqsadi: • Harakatlarni koordinatsiyalash va qomatni to'g'rilashga oid mashqlarni bajarish ko'nikmalarini shakllantirish; • Epchillik, tezlik, o'z harakatlarini to'g'ri mo'ljallay olish ko'nikmalarini rivojlantirish; • O'zaro hamkorlik, halollik, o'z o'rtog'iga yordam berish kabi axloqiy sifatlarni shakllantirish. Darsning vazifalari: 1. Xatti-harakatlarni koordinatsiyalashga oid mashqlarni bajarish. 2. Aylanma harakatli mashqlar. Umumiy chidamlilikni oshirish. 3. “Sehrgarlar” harakatli o'yinini o'tkazish. Mashg'ulotni o'tkazish joyi: sport zali. Mashg'ulotning borishi Tashkiliy-metodik ko'rsatmalar Tayyorlov qismi ( 7 daqiqagacha) Saflantirish, navbatchini hisobot berishga o'rgatish, «Saflan», «Tekislan», “Rostlan” buyruqlarini bajarishga o'rgatish, darsda belgilangan asosiy vazifalar bilan tanishtirish. Oyoq uchida, poshnada, tovon tashqi cheti va ichki chetlarida yurish mashqi. Qo'llar belda, yonlamasiga oyoq uchida yugurish (oyoq uchini balandroq ko'tarib, o'ng yelka oshib qarash) Qayta saflanish Umumrivojlantiruvchi mashqlar Sport kiyimlariga e'tibor berish Pulьsni nazorat qilish Gavda holati, nafas olish va qo'l harakat-larini nazorat qilish Buyruq: «oltitadan», «uchtadan», «turgan joyda tartib bilan sanang», «sanoq bilan qadam bos”. Asosiy qism (30 daqiqagacha) Aylanma mashqlar 1-mashq. Koordinatsiyani rivojlantirishga oid mashqlar. 50 sm.li to'siqlarning ostidan o'tish va ustidan sakrash Sekin bajarish. 2-mashq. Qomatni to'g'rilashga oid mashqlar. Devor oldida, boshga xatachani qo'yib – yurish, tomonlarga qaytish, o'tiribturish. Orqani tik tutish, yelkalar ko'tarilgan. Bosh, yelka, orqa, poshna devorga yopishib turishi kerak. 3-mashq. Oyoq tovoni va qorinchasi mushaklari va suyaklarini mustahkamlashga oid mashqlar. Qo'lda ipni aylantirib, undan sakrash. Qomatni tik tutish. Faqat oyoq qorinchasi va tovon mushaklari ishlaydi. 4-mashq. Koordinatsiyani rivojlantirishga oid mashqlar. To'pni chap va o'ng qo'llarda olib yurish. To'pni qo'l bilan shaloplatib urmaslik kerak. 5-mashq. Uyga vazifa. Yerga tayanib yotgan holda qo'llarni tirsakdan bukish va yozish, belni polda ko'tarishga harakat qilish. Iyak polga tegadi, tirsaklar belga yopishgan. O'rtog'ingizning tovonidan tutib, ko'maklashing «Sehrgarlar” harakatli o'yini (kartochka). Pulьsni nazorat qilish Yakunlovchi qism (7-10 daqiqa) Saflanish, turli xil ko'rinishda yurish, nafas olishni meyoriga keltirish hamda diqqatni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar. O'yin - grippning oldini olishga qaratilgan. «Tum-taka-tum-tak, Quyon daraxtga boshin urdi – Baq» (qo'l kaftlari bilan peshananing faol nuqtalarini uqalash) «Voy, bechora quyoncha, Peshanasi g'urracha» (qo'lni musht qilgan holda burunning ikkala tomonidagi nuqtalarni uqalash). «Tez o'rmonga boraylik, Quyonni davolaylik». (Ko'rsatgich va o'rta barmoqlar bilan quloq oldi va orqa qismlarini uqalash.) Saflanish va natijalarni e'lon qilish. Uyga vazifa. Nafasni nazorat qilish va vizual charchash belgilarini kuzatish. «Sehrgarlar» o'yini kartochkasi Grafik tasvir Mazmuni O'yin qoidasi va variantlari O'yin ishtirokchilari maydoncha bo'ylab erkin tarqaladilar. “Sehrgarlar” tanlanadi. Bolalar “sehrgarlar”dan qochishga harakat qiladilar. «Sehrgar» qochayotgan bolalarga qo'lini tekkizib, uni sehrlab qo'yadi. Ya'ni “sehrlangan” bolalar oyoqlarini yelka kengligidan kattaroq yozib, qo'llari balandga ko'tarib, qotib turishadi. Qolgan bolalar esa uning oyoqlari orasidan o'tib, sehrdan xalos qilishga harakat qiladi. O'yin belgilangan vaqt davomida o'tkaziladi. «Sehrgarlar» bir nechta bo'lishi ham mumkin. Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati. Boshlang'ich ta'limda mustaqil jismoniy tayyorgarlik dasturidan foydalanishning ahamiyati. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi jismoniy mashqlar dasturi asosan muskul guruhlariga, bo'g'imlariga va a'zolar yig'ilmalariga salomatlikni har tomonlama mustahkamlashga yordam beradi. Biz boshlang'ich sinf o'quvchilarga ularning jismoniy tayyorgarligiga qarab mustaqil bajaradigan mashqlar to'plamini ishlab chiqdik. Tajriba va kuzatishlar natijasida mashqlarning taxminiy me'yorini ishlab chiqdik. Har kuni jismoniy mashqlar bilan 10-20 minut atrofida shug'ullanish kerak. Asosiy muskul gruppalari va a'zolar tuzilmalariga ta'sir qiladigan mashqlarni bajarish uchun shu vaqt yetarli bo'ladi. Jismoniy tayyorgarlikka, bolalar yoshiga va holatiga qarab mashqlar jadvalda ko'rsatilganidek, 3-5 marta ko'p yoki kam bajarish mumkin. Har bir bolaga qulay bo'lgan og'irlik tanlanadi. Buni albatta shifokor yoki mutaxassislar maslahati bilan birgalikda bajariladi. “Salomatlik yo'laklari”da va gigiyenik gimnastika mashqlari jamlamasini qanday izchillikda almashtirib borish kerak? Buning bir necha variantlari quyidagilar: 1. Dastlab har kungi gimnastika mashqlari bajariladi 10-20 minut, keyin “Salomatlik yo'laklari”ga 10-15 minutga chiqishga tavsiya etiladi. 2. Dastlab yurish “Salomatlik yo'laklari” bo'ylab yugurish kerak bo'ladi (10- 15 minut), kechqurun harakatchan o'yinlar o'ynash mumkin. 3. Ertalabь kundalik gigiyenik gimnastika jamlamasi (10-20 minut), “Salomatlik yo'laklari”da yurish (10-15 minut); kechqurun harakatli o'yinlar. Quyidagi mashqlar to'plami boshlang'ich sinf o'g'il (7-11 yoshli) bolalar uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi: 1. Turgan joyda yurish, qo'llarni faol harakatlantirib, tizzalarni asta baland ko'tarib oldinga yurish, 30 sekunddan 1 minutgacha. 2. Oddiy holatda tik turgan joyda qo'llar oldinga-orqaga, yuqoriga-orqaga, yon tomnlarga va orqaga, yana oldinga-orqaga aktiv harakatlantiriladi. 8-12 marta bajariladi. 3. Qo'llar yelkaga qo'yiladi, bukilgan qo'llar bilan ichkariga va tashqariga aylanma harakatlar qilinadi (turli holatda 20-30 sekund bajariladi. 4. O'ng oyoq yon tomonga qo'yiladi, o'ng qo'l belga qo'yiladi, chap qo'l yuqoriga bosh orqasida turadi, gavda o'ng tomonga egiladi, 8-10 marta bajariladi. 5. Gavdani oldinga va pastga egib, tizza orqasida qarsak chalinadi, gavda rostlanadi va bosh ustida qarsak chalinadi. 5-8 marta tez sur'atda bajariladi. 6. Dastlabki holat – qo'llar belda, oyoqlar yelka kengligida turadi . Qo'llarni oldinga cho'zgan holda gavda o'ngga buriladi. Chap tomonga ham shunaqa harakat qilinadi. 10-12 martadan takrorlanadi. 7. Dastlabki holat – oyoqlar tomonlarga kengroq kerib qo'yiladi, gavda galma-gal chap va o'ng oyoqlarga tomon egiladi . 10-12 martadan bajariladi. 8. Bitta oyoqda turib va harakatda sakrash. 10-15 marta bajariladi . 9. Dastlabki holat – cho'kkalab turib bitta oyoqni ko'targan holda qo'llar bukiladi va yoziladi 8-12 marta . 10. Dastlabki holat – chalqancha yotiladi. Ikkala oyoq ko'tariladi, harakatlantiriladi va chalkashtiriladi , oyoqlar bilan velosipedchi harakati qilinadi . 30-40 sekund takrorlanadi. 11. Dastlabki holat – qorin bilan yotiladi. Qo'l va oyoqlar ko'tariladi va gavda egiladi, keyin ikkala qo'l bilan oyoqlar ushlanadi. 5-6 marta bajariladi. 12. O'tirgan holda oyoqlar yon tomonlarga uzatiladi, gavda chap va o'ng tomonga buriladi, bunda o'ng qo'l bilan chap oyoq uchini va chap qo'l bilan o'ng oyoq uchini ushlashga harakat qilinadi 8-12 martadan bajariladi . 13. Dastlabki holat – yaxshilab o'tirib olinadi, boshni tushirib, orqa do'paytiriladi. Gilam ustida 5-6 marta oldin tomonga o'mbaloq oshiladi. Shuningdek, orqa tomonga ham 3-5 marta o'mbaloq oshiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun har kungi mustaqil bajariladigan mashqlar yig'indisi. 1. Turgan joyda yurish, qo'llarni harakatlantirib, tizzaini ko'tarib yurish 30 sekunddan 1 minutgacha . 2. Qo'llarni yuqoriga ko'tarib, ayni paytda bir oyoq orqaga uzatiladi va tana egiladi 5-6 marta takrorlanadi . 3. Dastlabki holat – qo'llar yelkaga qo'yiladi, bukilgan qo'llar bilan oldinga va orqaga aylanma harakatlar qilinadi 20-30 sekund takrorlanadi. 4. Dastlabki holat – oyoqlar va qo'llar yon tomonlarga cho'ziladi. Gavda o'ngga va chapga egiladi 10-12 marta takrorlanadi. 5. Dastlabki holatda turgan holda qo'llarniyuqoriga ko'tarib, gavdani egib, kaft polga tekkiziladi 8-10 marta. 6. Qo'llar bosh orqasiga, yon tomonga qo'yiladi, gavda goh o'ngga , goh chapga egiladi 8-10 marta takrorlanadi. 7. Dastlabki holat – oyoqlar va qo'llar yon tomonga cho'ziladi. Gavdani oldinga egib, avvalo chap oyoq tizzasi orqasida, keyin o'ng oyoq orqasida qarsak chalinadi 6-8 marta takrorlanadi . 8. Dastlabki holat – asosiy turish. Dastlab chap oyoq, so'ngra chap oyoqni yuqori ko'tarib, oyoq tagida qarsak chalinadi 8-10 marta. 9. Devor oldida turib, qo'llar yuqori ko'tariladi, ko'krak yoziladi 5-6 marta. 10. Dastlabki holatda turib, qo'llar belga qo'yiladi, turlicha cho'qqayib o'tiriladi, oyoqlar juftlashtiriladi va yelka kengligida qo'yiladi 10-15 marta takrorlanadi. Mashqlar dastlab sekin, keyin tez bajariladi . 11. Turgan joyda bir oyoqda sakraladi, bunda ikkinchi oyoq va qo'llar bo'shashtirib turiladi 25-30 sekund takrorlanadi. 12. Dastlabki holat – oyoqlar yelka kengligida qo'yiladi, qo'llar pastga tushiriladi. Chapga, o'ngga egib tushiriladi 5-6 marta takrorlanadi. 13. Dastlabki holat – chalqancha yotiladi. Avval bitta oyoq, keyin ikkinchi oyoq yuqori ko'tariladi. Oyoqlar yon tomonlarga cho'ziladi va chalkashtiriladi. 30-40 sekund bajariladi. 14. Yuqoridagi kabi chalqancha yotib, dastlab bir oyoq bilan, keyin ikkinchi oyoq bilan aylanma harakatlar qilinadi 6-8 martadan takrorlanadi. Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sport ishlarining asosiy maqsad va vazifalari bugungi kunda o’quvci yoshlar o’rtasida jismoniy madaniyatni oshirish, sog’lom turmush tarziga tayyorgarlikni shakllantirish, sport mashg’ulotlariga qiziqishni rivojlantirish, jismoniy mashqlarni muntazam bajarish, axloqiy, hissiy, intellektual, ijtimoiy-madaniy va estetik shaxsiyatni, ijodiy qobiliyat va kognitiv ehtiyojlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgandir [2]. Shuni ham tan olish kerakki, maktab o’quvchilari uchun musobaqa ishtirokchilari o’rtasida shiddatli raqobat, g’oliblarning faqat kichik bir guruhini rag’batlantirish, sport musobaqalarini tashkil etishning an’anaviy modeli kabi jarayonlar ancha jiddiy kamchiliklarga egadir. Bu ishtirokchilarning har qanday yo’llar va usullar bilan g’alaba qozonish hissini, boshqalardan ustunligini ochiq ko’rsatish, shon-shuhratga erishish, g’alaba bilan bog’liq moddiy manfaat olish, qimmatbaho sovrinlarni qo’lga kiritish istagini tug’diradi (hatto sog’liq uchun zararli bo’lsa ham, axloqiy tamoyillar buzilsa ham). Ta’lim tizimida pedagoglar ko’pincha jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini amalga oshirishning to’rtta asosiy yo’nalishidan foydalanadilar [3]. Birinchi yo’nalish birinchi navbatda jismoniy tarbiya va sport sohasida o’quvchilarning ma’lum bilimlarni o’zlashtirishlariga, shuningdek, ko’nikmalari va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ikkinchi yo’nalish doirasida asosan, jismoniy sifatlarning yuqori darajadagi rivojlanishiga va majburiy mashg’ulotlar sonini ko’paytirish orqali mashg’ulot samaradorligiga e’tibor qaratiladi. Uchinchi yo’nalish sportga yo’naltirilgan bo’lib, birinchi navbatda mashg’ulotlarning bo’lim va sinf-dars shakllarini oqilona birlashtirishga, sportning ayrim turlarini amalga oshirishga asoslangan. Ushbu jarayondagi asosiy vazifa - jismoniy faoliyatning afzal bo’lgan turlari bo’yicha tizimli tayyorgarlik ko’nikmalarini shakllantirishdir. To’rtinchi yo’nalish doirasida o’quvchilarning salomatligi va ularning jismoniy rivojlanish darajasi, jismoniy tayyorgarligi insonning eng yuqori qiymati deb hisoblanadi [4]. Maktabda jismoniy tarbiyani takomillashtirishning barcha to’rtta yo’nalishi, ularning har birini amalga oshirish doirasida, o’quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda o’zgaruvchan o’quv dasturlarini yaratishga katta ahamiyat berilishi bilan ta’minlangan bo’ladi [5]. Shuningdek o’qituvchining kasbiy imkoniyatlari inobatga olinib u ikkita blokdan iborat bo’lishi kerak deb taxmin qilinadi: bular, majburiy (asosiy) va differentsial (o’zgaruvchan)dir [6, 7]. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini takomillashtirishning muqobil shakllari, jismoniy tarbiya darsining an’anaviy shakllaridan farqli o’laroq, o’quv guruhlarida o’quv jadvalidan tashqari o’quv rejimida mashg’ulotlarni tashkil etishga imkon beradi. Shu bilan birga, "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 960 talabalar o’z qiziqishlari va intilish darajalariga qarab, dars turini tanlashda to’liq erkinlikka ega bo’lishadi [8, 9]. Sport o’yini - tarixan rivojlangan ijtimoiy hodisa, odamlarga xos bo’lgan sport faoliyatining mustaqil turidir [10, 11]. Bu o’yin, o’zini-o’zi rivojlantirish, o’zini bilish, sport, dam olish, umumiy jismoniy rivojlanish yoki ijtimoiy ta’lim vositasi bo’lishi mumkin. Jismoniy rivojlanish uchun qo’llaniladigan sport o’yinlari turli xildir, ammo ularni baribir sport va harakat faolligiga ajratish mumkin. Sport o’yinlari harakatli o’yinlarning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Shu bilan birga sport o’yinlari harakatli o’yinlardan yagona qoidalar, o’yin davomiyligi, ishtirokchilarning ma’lum bir tarkibi, maydonlarning o’lchami va tartibi, uskunalar va inventarlar va boshqalar bilan farq qiladi, bu esa musobaqalarni sifatli o’tkazishga imkon beradi [12, 13, 14,]. Sport o’yinlari musobaqalari ishtirokchilardan ko’proq jismoniy kuch va irodaviy sifatlarni talab qiladi. Sport o’yinlarida ikkita juda muhim omil ob’ektiv ravishda birlashtiriladi: bir tomondan, bolalar ushbu raqobatbardoshlikdan estetik va axloqiy qoniqish oladi, atrof-muhit haqidagi bilimlar zaxirasini kengaytiradi, boshqa tomondan ular amaliy mashg’ulotlarga qo’shiladi. Bularning barchasi shaxsiyatning shakllanishiga hissa qo’shadi [15, 16]. Shunday qilib sport o’yinlari-bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlikka, o’yin organishning xarakter xususiyatlari va funktsiyalarini yaxshilashga qaratilgan murakkab samarali ta’lim vositalaridan biridir. Sport o’yinlari maktab o’quvchilarining psixologik va pedagogik bilim olish jarayonlariga samarali ta’sir qiladi: fikrlash, e’tibor, xotira, idrok, tasavvur, o’qish kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi va fiziologik jihatdan nafas olish tizimini, metabolizmni, qon aylanishini yaxshilaydi. O’quvchilar o’qituvchilari bilan birgalikda o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalarni izlash va joriy etishga harakat qilishadi va ushbu jarayonda maktab o’quvchilari uchun o’yin faoliyatining jozibadorligi va ahamiyati yaqqol ko’rinadi. Sport o’yinlari o’qituvchiga o’quvchilar bilan ishlashda bir qator muhim va strategik vazifalarni hal qilishga imkon beradi, ularning jismoniy faollikka bo’lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirish, o’z tanasizni boshqarishni o’rganish, his-tuyg’ularini barqarorlashtirish, nafaqat jismoniy, balki aqliy, psixofiziologik, ijodiy qobiliyatlar, axloqiy sifatlarni namoyon etdiradi. Sport o’yinlarini jismoniy tarbiya darslarida, maktablardagi uzaytirilgan tanaffuslarda, uzoq kunlik guruhlarda muntazam ravishda ishlatish vosita rejimini optimallashtirishga, sog’lig’ini va aqliy faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Sport o’yinlarini haqli ravishda o’quvchilarning barkamol rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi vositasi deb atash mumkin. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 9 Foydalanilgan adabiyotlar 1. Iqtisodiy islohat. Karimov I. Toshkent. 1994 2. Milliy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. I.Karimov Toshkent. 2000 3. Vatan va xalq mangu qoladi. I.Karimov Toshkent. 2010 4. Teoriya i praktika fizicheskogo vospitaniya detey v seme. Ataev A. 1983 5. Fizkultura i zdorove. Shenkman Moskva. 1984 6. Obuchenie dvigatelno’m deystviyam. Bogen M. Moskva 1985 7. Xan A.N. Teoriya uroka fizicheskoy kulturo’, Saratov, 1989. 8. Korobeynikov N. Fizicheskoe vospitaniya. Moskva. 1989 9. Zatsiorskiy Yu. M. Fizicheskaya kultura. Moskva. 1989 10. Tursunov O’. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Qo’qon., 1992. 11. Abdullaev A., Xonkeldiev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. 2000 y. Toshkent. 12. Axmatov M.S. Uzluksiz ta’lim tizimida ommaviy sport-sog’lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish. 2001y. Toshkent. 13. Koshbaxtiev I. A. Valeologiya asoslari. 2001y. Toshkent. Download 22.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling