Reja Boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Download 128.5 Kb.
|
Мustaqil ish №12
- Bu sahifa navigatsiya:
- SVR – tahlilini
2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish
Amaliy faoliyatda har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil boshqaruv qarorlari qabul qilishi zarur bo‘ladi. Baholar, korxona xarajatlari mahsulot sotish hajmi va tuzilmasiga doir har bitta qaror pirovard oqibatda korxona moliyaviy natijasida namoyon bo‘ladi. Zararsizlik nuqtasini belgilash boshlang‘ich vaqtdan korxona daromadlari to‘la qoplashini aniqlash bu kategoriyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikni aniqlashning oddiy va aniq usuli hisoblanadi. “Xarajatlar-mahsulot hajmi foyda” (Cost-Volume-Profit, SVP- tahlil) o‘zaro aloqadorlik tahlili zararsizlik nuqtasini aniq-lashda menejerlarning qudratli qurollaridan biri hisoblanadi. Tahlilning bu turi korxona faoliyatini rejalashtirish va taxminlashning eng samarali vositalaridan biri sanaladi. U korxona rahbarlariga o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar, baho va mahsulot sotish hajmi o‘rtasidagi qulay mutanosiblikni aniqlash, ishbilarmonlik imkonini tug‘diradi. Buxgalterlar bu usuldan foydalanib, auditorlar, ekspertlar va konsultantlar moliyaviy faoliyatiga baho berishlari va korxona ishini yaxshilash uchun tavsiyalarni asoslashlari mumkin. Marjinal daromad, rentabellik chegarasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilik marjinal zaxirasi CVP - tahlilining asosiy unsurlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida marjinal daromad deb mahsulot (ishlar xizmatlar) sotishdan korxonaga tushgan tushum va uning ishlab chiqarish tannarhi summasi o‘rtasidagi tafovutga aytiladi. Rentabellik chegarasi(zararsizlik nuqtasi) - mahsulot sotish hajmini xarakterlaydigan ko‘rsatkich bo‘lib, bunda mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan korxonaga tushgan tushum uning barcha mushtarak xarajatlariga tengdir. Ishlab chiqarish dastagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish hajmining o‘zgarishiga bog‘liq holda korxona foydasi bilan boshqarish mexanizmidir. CHidamlilikning marjinal zaxirasi mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan haqiqiy tushumning chegarasi (rentabellik ostonasi) dan og‘ish foizidir. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni qoplovchi tushum hajmini hisob-kitob qilish uchun ishlab chiqarish korxonalari o‘z amaliy faoliyatlarida marjinal daromat hajmi va koeffitsienti kabi ko‘rsatkichlardan foydalanadilar. Marjinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlarini qoplash va foyda olishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi. Marjinal daromad hajmini aniqlashning ikki usuli mavjud. Birinchi usulda sotilgan mahsulot uchun korxona tushumlaridan barcha o‘zgaruvchan xarajatlarni chiqarib tashlanadilar. Ikkinchi usulda esa marjinal daromad hajmi korxona doimiy xarajatlari va foydasini ko‘paytirish yo‘li bilan belgilanadi. Marjinal daromadning o‘rtacha hajmi deganda mahsulot bahosi bilan o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi tafovut tushuniladi. Marjinal daromadning o‘rtacha hajmi buyumning doimiy xarajatlarini qoplashga qo‘shgan hissasi va olgan foydasini aks ettiradi. Marjinal daromad koeffitsienti deb mahsulot sotishdan tush-gan tushumdagi daromad hajmining ulushi yoki (alohida buyum uchun) tovar bahosidagi marjinal daromad o‘rtacha hajmining ulushiga aytiladi. SHuni ta’kidlash kerakki, korxona xarajatlarini doimiy va o‘zgaruvchanlarga bo‘lish SVR tahlilining asosiy sharti hisoblanadi. Ma’lumki, doimiy xarajatlar ishlab chiqarish va sotishlar hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, o‘zgaruvchanlar esa - bu ko‘rsatkich o‘zgarishiga muta-nosib ravishda o‘zgarib turadi. Marjinal daromadning o‘rtacha hajmi uchchala variant uchun bir xil bo‘lgani sababli hisob-kitobni soddalashtirish mumkin. Mahsulot chiqarishning har qanday hajmidan korxona foydasini aniqlaymiz. Buning uchun: SVR – tahlilini amaliyotda goho zararsizlik nuqtasi tahlili deb ham aytiladi. Zararsizlik nuqtasi deganda korxona ishlab chiqarishining shunday tushumi va hajmi tushuniladiki, ular uchun barcha xarajat-lar va kunlik foydani xohlashini ta’minlaydi, ya’ni bu sotishning shunday hajmiki, unda korxona na zarar ko‘radi, na foyda. Bu nuqta “xatarli” yoki “o‘lik” yoki “muvozanat” nuqtasi deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu nuqta VER (“Break-even point”-qisqartmasi) sifatida belgilangani uchratish mumkinki, u rentabellik nuqtasi deb aytiladi. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) nuqtasini chiqarib tashlash uchun uch usuldan foydalaniladi: grafik, tenglamalar va marjinal daromad. Grafik usulda zararsizlik nuqtasini topish “xarajatlar-haj-mi-foyda” majmuiy grafigini tuzishga olib keladi. Grafik tuzishdagi izchillik quyidagilardan iborat: grafikda doimiy xarajatlar chizig‘ini tortamiz, buning uchun absissalarni to‘g‘ri, parallel o‘qlari chiziladi; absissalar o‘qida qandaydir nuqtani, ya’ni hajm kattaligini tanlaymiz. Zararsizlik nuqtasini topish uchun mushtarak xarajatlar (doimiy va o‘zgaruvchan) kattaligini hisoblab chiqamiz. Grafikda bu miqdorga javob beruvchi to‘g‘ri chiziqni chizamiz. Absissalar o‘qida yana istalgan nuqtani tanlaymiz va uning uchun sotishdan tushgan tushumning summasini topamiz. Bu miqdorga javob beruvchi to‘g‘ri chiziqni chizamiz. Grafikdagi zararsizlik nuqtasi - bu ma’nosiga ko‘ra to‘g‘ri tuzilgan xarajatlar va tushumning kesishuv nuqtasidir. Zararsizlik nuqtasi (rentabellik ostonasi) - bu yalpi tushum va mushtarak xarajatlar grafiklarining kesishuv nuqtasidir. Foyda va zararlar o‘lchamlari shtrixlab qo‘yilgan. Zararsizlik nuqtasida korxona oladigan tushum uning mushtarak xarajatlariga tengdir, bunda foyda pulga teng. Zararsizlik nuqtasiga mos keluvchi tushum ostonaviy tushum deb aytiladi. Zararsizlik nuqtasidagi ishlab chiqarish (sotish) hajmi ishlab chiqarish (sotishlar)ning ostonaviy hajmi deb ataladi. Agar korxona sotishlarining ostonaviy hajmidan oz mahsulot sotsa, u zarar ko‘radi, ko‘p sotsa foyda oladi. Formula ko‘rsatkichlari hisob-kitobi tartibini quyidagidek tasavvur qilish mumkin: Download 128.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling