Reja: Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari
Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilis
1. Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari
va ustuvor yo’nalishlari. O’zbekistonning hayoti deyarli 130 yil mobaynida chor Rossiyasiga, Sovet tuzumiga, hokimiyat tepasiga kelib-ketib turgan rahbarlarning g’ayriinsoniy siyosatiga, jamiyatdagi hukmron partiya tutgan yo’lga bog’liq bo’lgan. Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning kundalik turmushiga daxldor bo’lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham o’z zimmasiga olgani uchun mamlakat taraqqiyoti sustlashib, xalq turmush darajasi kundan-kunga pasayib borgan. Davlatlatlashtirilgan iqtisod defitsitli iqtisodga aylandi. Mustaqillik arafasida eng zarur tovarlarning ilgari sezilmagan taqchilligi shiddat bilan kuchayib bordi. Defitsit za-monaviy tovarlar u yoqda tursin, hatto kundalik ehtiyoj tovarlarni ham qamrab oldi, inflyatsiya jarayoni kuchaydi. Iqtisodiyotdagi obyektiv qonuniyatlarning ko’r-ko’rona inkor egilishi ishlab chiqarishning o’sishiga salbiy ta‘sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zo’rayishiga sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining o’rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan oqilona foydalana bilmaslik, uning o’rniga ma‘muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yo’lida to’g’anoq bo’ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xo’jalik aloqalarining uzilishi ishlab chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi. Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, O’zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan mavjud vaziyatdan chiqib ketishi ancha qiyin edi. Chunki respublikada ko’p yillar davomida shakllangan xalq xo’jaligi tarkibi, ya‘ni unda paxta yakkahokimligining o’rnatilgani, xom ashyo resurslarinint Ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga yetkazilmatan va ishlab chiqarishning xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi. Respublikada yuzaga kelgan bunday holatni O‘zbekiston Respublikasi (keying o‘rinlarda O‘z.R)ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tahlil qilib, shunday degan edi: "Bir necha o’n yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda to’qilgan qarorlar amalga oshirildi, "kampaniya"lar o’tkazildi. O’zbekistonning chinakam manfaatlari, o’ziga xos sharoiti va imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xo’jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg’i, asbob-uskunalar va texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste’moli mollarini chetdan keltirishga majburdir" (Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 61). Mustamlakachilik siyosati oqibatida O’zbekiston iqtisodi zaif bo’lgani holda, o’z yeridagi boylikni o’zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. O’zbekistonning yer osti boyliklari umumittifoq mulki deb qaralar, hatto, "... oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategic ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda O’zbekiston xazinasiga tushmas edi"(Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 371). Faqat sovet davrining so’nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular O’zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilmas edi, albatta. Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o’zining ko’plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi mavjud yetishmovchiliklarni o’z bo’ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste‘moli mollari va moddiy resurslar bilan ta‘minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xo’jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga o’tishiga olib keldi, mintaqaviy xo’jalik yuritish g’oyasini vujudga keltirdi va g’ayriintegratsion jarayonlarga turtki bo’ldi. Yillar davomida to’planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi. "Bugun ochiq Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling