Reja: Bozor tushunchasi, uning funktsiya (vazifa)lari va turlari tasnifi. Mehnat bozori tushunchasi, uning shakllanishi va mehnat bozorini tartibga solish bozor; iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori


Bozor — sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy


Download 124.72 Kb.
bet9/9
Sana03.02.2023
Hajmi124.72 Kb.
#1152657
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bozor

Bozor — sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy.
Endi ozgina qiyinrogʻini koʻramiz:
Bozor- bu xaridorlar bilan sotuvchilar oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, ularni bir-biriga bogʻlaydigan mexanizmdir.
Bozorning murakkab taʼrifi:
Bozor — iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara darajasida ob’yektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari boʻyicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan ob’yektiv narxlarda qondiriladi.
Xulosa
Bozor qanday paydo boʻlganligi haqida gapirishdan oldin tarixga bir nazar solamiz. Natural xoʻjalikda hamma oʻz ehtiyojlarini oʻzi yetishtirgan mahsulotlari evaziga qondirgan. Bu bir maʼnoda qulay boʻlishi mumkin, toki Siz hech kimga bogʻliq boʻlmaysiz, mutlaq avtonomiyada umr kechirasiz.(Gap avtonomiya haqida ketganda, hozirgi kunda dunyoda roʻy berayotgan voqealarni chetlab oʻtib boʻlmaydi. Iqtisodiyot boshidan kechirayotgan inqiroz davrida eng kam zarar koʻrgan davlatlar-bu avtonomlashgan, jahon iqtisodiyoti va bozoriga yuqori darajada integratsiyalashmagan davlatlar boʻlib chiqdi. Bu narsa shu kabi iqtisodiy siyosatning ham oʻziga yarasha ijobiy tomonlari borligidan dalolat beradi.) Keyinchalik, mehnat ixtisoslashuvi va boshqa omillar natijasida inson oʻz ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa odamlarga ham murojaat qilishiga toʻgri keldi. Ushbu narsani bir misolda koʻrsatsa boʻladi. Masalan, ikkita turli kasb egalari- dehqon va chorvador kuniga 8 soat ishlaydi deb faraz qilaylik. Dehqon 1 kg un ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflaydi, chorvador 1 kg qaymoq ishlab chiqarish uchun 4 soat sarflaydi. Unning bozordagi narxi 1000 soʻm, qaymoqniki-2000 soʻm boʻlsin. Dehqon kuniga 4 kg un =4000 soʻm, chorvador 2 kg qaymoq=4000 soʻm ishlaydi. Endi dehqon qaymoq yemoqchi boʻlsa, 6 soat vaqtini sarflab 1 kg qaymoq oladi. Bunga sabab, u dehqonchilik bilan shugʻullangan, uning hayoti dehqonchilikka ixtisoslashgan. Qaymoq ishlab chiqarish uchun chorvadorga nisbatan 1,5-marta koʻproq vaqt sarflaydi. U 6 soat ichida 1 kg qaymoq va ish kunidan qolgan 2 soat ichida 1 kg un ishlab chiqaradi. Uning kunlik mehnat unumdorligining puldagi ekvivalenti 3000 soʻm boʻladi. Agar dehqon dehqonchiligini davom ettirib, qaymoqni oʻzi ishlab chiqarishi oʻrniga, 2000 soʻmga, yaʼni 2 kg unga sotib olganida, unda 1 kg qaymoq va 2 kg un qolar edi. Xuddi shunday vaziyatni chorvadorga un kerak boʻlganida ham kuzatish mumkin. Demak, mahsulotlarni oʻzi ishlab chiqargandan, birovdan sotib olgan arzonroq boʻlar ekan.
Shunday qilib bozor yuzaga keldi. Oddiy barter usulidan keyin, pullar ham paydo boʻldi. Endi mahsulotlar bozorda sotilishi uchun ataylab tovar shaklida ishlab chiqarilar, bozorda sotilib, daromad evaziga yana xomashyo-tovar sotib olinar edi. Shu yoʻsinda ishlab chiqarish sikli davom etardi. Hozirgi kunda ham bozor shu tarzda faoliyat yuritadi.
Tovar bozorda sotiladi. Ishlab chiqaruvchi foyda koʻradi. Foydani bir qismiga ishlab chiqarishni kengaytiradi, ikkinchi qismi evaziga esa, oʻz ehtiyojini qondiradi. Bir xil tovarlar sotiladigan bozorda topilgan pul, boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorda sarflanishi mumkin. Demak, bozor oʻzini oʻzi quvvatlab turadi. Bir turdagi bozorning inqirozi, jahon bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Dunyoda roʻy berayotgan inqiroz, moliyaviy inqiroz sifatida boshlangan, lekin hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuztilmoqda. Bunga sabab, moliya sektorida yoʻqotilgan pullar boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorga kelib tushmadi. Natijada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ziyon koʻrdi. Aksincha, iqtisodiyot katta sektorining rivojlanishi, boshqa sektorlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, bozorda tovar ayirboshlashning uch afzalligi bor. • Bozor orqali ehtiyoj qondirilganda tovarlarni oʻzi ishlab chiqarib isteʼmol etgandan koʻra sotib olish arzonga tushadi • Isteʼmol uchun kerakli mahsulot va xizmatlarni bozordan osongina topish mumkin, bu bilan isteʼmolni qondirish sarflari tejaladi. Agar bozor boʻlmay mahsulotlar bir-biriga toʻgʻridan toʻgʻri ayirboshlansa, kerakli mahsulotga yetishish uchun juda koʻp ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish kerak. • Bozorda tovarlarni tanlab olish imkoni bor. Hamma ishlab chiqaruvchilar bir xil yoki oʻrinbosar tovarlarni bozorda koʻplab taqdim etganidan bular xoh resurs, xoh isteʼmol tovarlari boʻlsin, ulardan maʼqulini tanlab olish mumkin boʻladi. Oʻzi ishlab chiqarganda tanlash imkoni boʻlmas edi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlari:
1.Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil, 12-36 betlar.
2.Abdurahmonov Q.H., Bozorov N., Volgin N va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O’qtuvchi»-2001 yil, 94-110 betlar.
3.Abdurahmonov. Q., Holmo’minov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» Toshkent-2004 yil, 53-66 betlar.
4.Usmonov S.N., Dodoboev YU.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari» . Toshkent:
Download 124.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling