Reja: Budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish


Budjet tashkilotlarini respublika budjetidan moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi


Download 212 Kb.
bet4/15
Sana17.06.2023
Hajmi212 Kb.
#1521178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1515124703 69819

Budjet tashkilotlarini respublika budjetidan moliyalashtirish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi xarajatlar jadvah (unda budjet tasnifining paragraflari va xarajatlaming guruhlari ko'rsatilib) va mablag'lami o'tkazish uchun to'lov topshiriq-larida xarajatlaming har bir guruhi (I guruh xarajatlaridan tashqari, chunki ish haqi va unga tenglashliiilgan xarajatlar o'z vaqtida to'lanishining nazoratini ta’minlash uchun ular xarajatlaming turlari bo'yicha moliyalashtiriladi) bo'yicha bir satr bilan rasmiylashtiriladi.
Mahalliy budjetlardan budjet tashkilotlarini moliyalashtirish tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi farmoyish (unda budjet tasnifining paragraflari va xarajatlaming guruhlari ko'rsatilib) va mablag'lami o'tkazish uchun to'lov topshiriqlarida xarajatlaming har bir gumhi (I guruh xarajatlaridan tashqari) bo'yicha bir satr bilan rasmiylashtiriladi.
Moliyalashtirish har bir paragraf bo'yicha alohida amalga oshiriladi. Ajratilgan mablag'lami budjet tashkilotlari qaysi xarajatlar uchun olgan bo'lsa, qat’iy ravishda xuddi shu paragraflar bo'yicha ishlatadi. Budjet tashkilotlariga xarajatlar guruhlari bo'yicha tasdiqlangan limitlami mustaqil o'zgartirish man etiladi.
IV guruh bo'yicha hadjetdan ajratilgan mablag'lag belgilangan limitlar doirasida, birinchi navbatda, oziq-ovqatlar uchun, ikkinchi navbatda, dori-darmonlar uchun, uchinchi navbatda, kommunal xizmatlar uchun va to'rtinchi navbatda, boshqa xarajatlar uchun sarflanishi kerak.
Budjet tashkilotlari 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda mavsumiy yoki shoshilinch tadbirlami (birinchi sinf o'quvchilari uchun maktab anjomlari, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar xarid qilish, epidemiyaga qarshi, yuqumli kasalliklarga qarshi tadbirlar va boshqa tadbirlami) mablag' bilan ta’minlash uchun mablag'lami IV guruh mablag'lari hisobidan tezkorlik bilan xarajat qilishi mumkin.
Xarajatlar hajmining guruhlari va paragraflari bo'yicha o'zgartirish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatida turadi.
Ajratilgan mablag'lami tegishli paragraflar va gumhlar bo'yi­cha tayinlanishiga qarab foydalanish uchun javobgarlik budjet tash-kilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklatilgan.
Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish amalga oshiril-ganda, yangi yildagi rejalashtirilgan budjet mablag'lari debitorlik qarzlarining summasini krcditor qarzlari summasidan ortiqcha qismiga va budjet mablag'laridan foydalanish hisobidan tashkil bo'lgan keyingi yilning birinchi yanvariga budjet tashkilotlarining me’yordan ortiqcha material zaxiralarining qoldig'i summasiga kamaytiriladi.



Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling