Reja: Budjetdan tashqari mablag'lar vaularningturlari


Faoliyat turi bo'yicha mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan, davlatning vaqtincha foydalanilmayotgan binolari va mol-


Download 156.5 Kb.
bet13/19
Sana01.05.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1419205
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
22 TAYOR

Faoliyat turi bo'yicha mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishdan, davlatning vaqtincha foydalanilmayotgan binolari va mol-mulkiniboshqatashkilotlargaijaraga berishdan hamda yuridik vajismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotiga berilayotgan homiylik (beg'araz) yordamidan qo'shimcha daromad olayotgan budjet tashkilotlari 2010-yil oxirigacha Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar va yig'imlaming barcha turlaridan ozod qilingan. Shu munosabat bilan bo'shab qolgan mablag'lar budjet tashkilotining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini hamda xodimlarini moddiy rag'batlantirishga yo'naltiriladi.
Bunda shuni hisobga olish kerakki, I guruh «Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar» bo'yicha tejalgan, uning chorakdagi oxirgi oyning ikkinchi yarmiga tegishli mehnat haqini to'lash uchun moliyalashtirilgan mablag'lar, moliyalashtirilmaganligi sababli yoki budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar asosiy depozit hisobvarag'idagi mablag'ning yetmaganligi sababli olinmagan deponent qilingan mehnat haqi va stipendiyalar hamda nafaqalaming summalari tejalgan summa deb hisoblanmaydi va budjet tashkilotini
rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga o'tkazilmaydi. II guruh «Ish beruvchilarning ajratmalari» bo'yicha hisoblangan, lekin o'tkazib berilmagan mehnat haqiga hisoblanishlar, hisoblangan, lekin to'lanmagan pensiyalar, homiladorlik va tuqqandan keyingi davrlar uchun nafaqa, bola tug'ilganda beriladigan va vafot etganda beriladigan nafaqalar summalari, budjet tashkilotlarini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga o'tkazilmaydi.
Chorakning oxirgi ish kuni tejalgan summalar budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga o'tkazilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) Debet 114-«Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari
mablag‘larbo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun ta­lab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida:147-«Budjet mablag'lari bo‘yicha budjet mablag‘lari oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti) yoki
Kredit 100 - «Tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 147-«Budjet mablag'lari bo'yicha budjel mablag'luri oluvchilar oldidagi majburiyat» subschyoti).
2) Debet 134-«Moliyaviy qo'yilmalar fondi» subschyoti;
Kredit 275-«Kreditor qarzlami birinchi navbatda to'lash uchun zaxira» sub­schyoti.
Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi mablag‘larini xarajat qilish tartibi
Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi mablag'lari faqat avvalo mavjud kreditor qarzlarini to'lashga, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ijtimoiy rivojlantirish tadbirlariga va budjet tashkilotining xodimlarini moddiy rag'batlantirishga xarajat qilinadi. Budjet tashkilotida muddati o'tkazib yuborilgan kreditorlik qarzi bo'lsa, budjet tashkilotini rivojlantirish fondi mablag'lari tejab qolingan budjet mablag'lari doirasida ushbu qarzni to'lashga (mahsulot (ish, xizmaOlar ishlab chiqarish va sotish bo'yicha jami xarajatlar o'rni qoplangandan so'ng) xarajat qilinadi.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling