Reja: Budjetdan tashqari mablag'lar vaularningturlari


Download 156.5 Kb.
bet1/19
Sana01.05.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1419205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
22 TAYOR


Byudjetdan tashqari jamgarmalarning turlari va harajatlari

Reja:



1. Budjetdan tashqari mablag'lar vaularningturlari
2. Maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar hisobi
3. Budjet tashkilotlarida ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi
4. Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi hisobi
5. Statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanganligi uchun davolanayotganlar bilan hisob-kitoblar hisobi


1. Budjetdan tashqari mablag'lar vaularningturlari
Budjet tashkilotlarida barcha xarajatlar davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi. Ammo ayrim tadbirlami moliyalashtirish uchun budjetdan tashqari mablag'lar foydalaniladi, ya’ni bular davlat budjeti mablag'lari hisobidan emas, balki boshqa manbalar hisobidan tashkil etiladigan mablag'lardir.
Budjetdan tashqari mablag'lar jumlasiga maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar kiradi.
Maxsus mablag‘lar-bu budjet tashkilotlariga tegishli binolardan, xonalardan, korxonalardan va yordamchi xo'jaliklardan, inventarlardan va uskunalardan foydalanish va ishlatish natijasida paydo bo'lgan budjet tashkiloti daromadlarining summasidir. Maxsus mablag'lar foydalanish xarajatlarini qoplashga, qaysi tadbirlardan olingan bo'lsa, o'sha tadbirlaming faoliyatini kengaytirish va yaxshilashga sarflanadi. Maxsus mablag'larni boshqa maqsadlarga hamda budjetdan moliyalashtiriladigan tadbirlarga sarflashga yo'l qo'yilmaydi. Maxsus mablag'larga barcha budjet tashkilotlari ega bo'lishi mumkin.
Maxsus mablag'laming har bir turi bo'yicha kirim-chiqim smetalari tuziladi. Smetaning daromadlarida maxsus mablag'laming kirimi ko'rsatiladi, xarajatlarida esa mablag'laming budjet tasnifi moddalari bo'yicha yo'naltirilishi ko'rsatiladi. Agar budjet tashkiloti maxsus mablag'laming bir nechta turlariga ega bo'lsa, u holda individual smetalar asosida ularning yig'masi tuziladi. Yig'ma smetada maxsus mablag'lar har bir turining daromad va xarajatlari alohida-alohida ko'rsatiladi. Maxsus mablag'laming smetalari bo'yicha xarajatlar daromadlaridan yuqori bo'lishi mumkin emas.
Maxsus mablag'laming smetalarini yuqori budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar tomonidan tasdiqlanishi haqida ikki nusxada ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotning bir nusxasi bank muassasasiga beriladi, boshqasi esa ma’lumot berilgan tashkilotda qoladi. Bank mazkur tashkilotdagi barcha maxsus mablag'lar smetalarining tasdiqlanishi haqidagi bitta ma’lumotnomani oladi va bank muassasalari Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlaridan mablag'lar beradi. Budjet tashkilotlarining rahbarlari maxsus mablag'laming tasarruf qiluvchilari hisoblanadi. Ular smetada ko'zda tutilgan daromadlaming tushumini ta’minlashga va maxsus mablag'larning xarajatlarini har bir moddasi bo'yicha tasdiqlangan summalar doirasida smeta bo'yicha maqsadli tayinlanishiga muvofiq sarflashga majburdirlar. Maxsus mablag'larning kelib tushayotgan summalarini, odatda, to'lovchilar to'g'ridan-to'g'ri bank muassasasiga ulami budjet tashkilotining maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga qo'yish uchun topshirishlari kerak.
Topshiriqlar bo‘yicha summalar ayrim topshiriqlami bajarish uchun boshqa tashkilotlardan budjet tashkilotiga kelib tushgan mablag'lardir. Bularga, masalan, o'quv yurtlarini tugatib ish joyiga yuborilgan yosh mutaxassislarga to'lash uchun tashkilotlardan olingan summalar, korxonalardan o'qishga yuborilgan talabalarga ular hisobidan stipendiya to'lash uchun olingan summalar, boshqa tashkilotlardan, ular uchun uskunalar, adabiyotlar va boshqa shunga o'xshashlami sotib olish uchun olingan summalar kiradi. Topshiriqlar bo'yicha kelib tushgan mablag'lar bank muassasalarida topshiriqlar bo'yicha summalarga doir talab qilib olgunga qadar alohida depozit hisobvarag'ida saqlanadi. Bunday hisobvaraqlar tegishli moliya organining ruxsati bilan ochiladi.
Depozit summalar-budjet tashkilotining ixtiyoriga vaqtincha kelib tushgan va ma’lum sharoit vujudga kelishi munosabati bilan qaytarilishi yoki tayinlanishi bo'yicha hisobga o'tkazilishi lozim bo'lgan mablag'lardir. Bular jumlasiga, masalan, davolash muassasalaridagi kasallarning, ulami davolash muassasasidan chiqarilganda egalariga qaytariladigan pullari, sud organlari ixtiyorida vaqtincha saqlanayotgan va sud qaroriga asosan egasiga qaytariladigan yoki tayinlanishi bo'yicha o'tkaziladigan summalar va boshqalar kiradi. Depozit summalar hukumat tomonidan belgilangan ma’lum muddat davomida bank muassasalarida budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlarida saqlanadi. Bu muddat tugagandan so'ng talab qilib olinmagan summalar tegishli budjetning daromadiga o'tkaziladi.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling