Tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlarini bajarishga doir xarajatlar 082-«Shartnoma asosida bajarilayotganilmiy-tadqiqotishlariningxarajatlari»subschyotidahisobga olinadi. Ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlarini bajarishga doir xarajatlar 082-subschyotning debetida qayd qilinadi, bu subschyotning kreditida esa bajarilgan va buyurtmachilarga topshirilgan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarining haqiqiy qiymatining hisobdan chiqarilishi qayd qilinadi. Ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlari xarajatlarining analitik hisobi mavzu va xarajatlar moddalari bo'yicha ko'p ustunli 283-shakldagi kartochkalarda yuritiladi.
Buyurtmachilar bilan shartnomalar asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlari bo'yicha hisob-kitoblar 154-«To'lanishi lozim bo'lgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» subschyotida hisobga olinadi. Bajarilgan va shartnomada ko'zda tutilgan qiymati bo'yicha to'lash uchun buyurtmachilarga taqdim etilgan subschyotlarda ko'rsatilgan ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlanning qiymati 154-subschyotning debetida qayd qilinadi, bu subschyotning kreditda esa bajarilgan va buyurtmachiga topshirilgan ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlari uchun kelib tushgan summalar va olingan bo'naklar ushlab qolingan summalar qayd qilinadi. To'lanishi lozim bo'lgan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari bo'yicha buyurtmachilar bilan hisob-kitoblaming analitik hisobi mavzular bo'yicha 292-a shakldagi kartochkada yuritiladi.
Buyurtmachilardan shartnomalar asosida bajarilishi kerak bo'lgan ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlariga doir olingan bo'naklar bo'yicha hisob-kitoblar 155-«Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun bo'naklar bo'yicha buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» subschyotida hisobga olinadi. Buyurtmachilardan shartnomalar asosida bajarilishi kerak bo'lgan ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlari bo'yicha olingan bo'naklar 155-subschyotning kreditida qayd qilinadi, bu subschyotning debetida esa bajarilgan va buyurtmachiga topshirilgan ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlari uchun taqdim etilgan schyotlami to'lash vaqtida bo'nak hisobidan qoplangan summalar hamda buyurtmachiga qaytarilgan bo'nak summalari qayd qilinadi. Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari uchun bo'naklar bo'yicha buyurtmachilar bilan hisob-kitoblaming analitik hisobi mavzular bo'yicha 292-a shakldagi kartochkada yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |