Reja: Budjetdan tashqari mablag'lar vaularningturlari


Maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar hisobi


Download 156.5 Kb.
bet2/19
Sana01.05.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1419205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
22 TAYOR

2. Maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar hisobi
Budjet tashkilotlarida maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar alohida subschyotlarda va budjet bo'yicha xarajatlar smetalarining ijrosini hisobga olgan holda bitta balansda aks ettiriladi. O'zining nizomiga ega bo'lmagan unchalik katta bo'lmagan yordamchi xo'jaliklar o'z operatsiyalarining hisobini budjet tashkilotining umumiy balansida olib boradi. Budjet tashkilotlarining maxsus mablag'lari jumlasiga ijara haqi, kvartira haqi, transportdan foydalanishdan olingan daromadlar, muzeylar va ko'rgazmalarga kirish haqi, yordamchi xo'jaliklarning ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlar va maxsus mablag'laming boshqa turlari kiradi. Budjet tashkilotlarida maxsus mablag'lar bo'yicha operatsiyalarni hisobga olish uchun quyidagi ikkinchi tartibli schyotlar (subschyotlar) qo'llaniladi:
111-«Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
211 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar» subschyoti;
400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daro­madlar» subschyoti.
Maxsus mablag'lar hisobi
Bank muassasalarida saqlanayotgan maxsus mablag'lar bo'yicha pul mablag'larining hisobini olib borish uchun ll--«Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti xizmat qiladi. Bu aktiv subschyotdir. ll--«Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyotining debetiga bankka kelib tushgan maxsus mablag'laming summalari yoziladi. ll--«Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyotining kreditida esa materiallar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarning subschyotlarini to'lashga subschyotdan chiqarilgan summalar, ishchi va xizmatchilarga ish haqi to'lash uchun olingan mablag'lar, bank tomonidan maxsus mablag'lar hisobidan to'lanadigan boshqa xarajatlar hamda budjet daromadiga o'tkazilgan summalar qayd qilinadi.
Mazkur budjet tashkiloti tomonidan maxsus mablag'lar bo'yi-cha bajarib topshirilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun buyurtmachilardan bank muassasasidagi maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga kelib tushgan mablag'lar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 111 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblan> subschyoti.
Maxsus mablag'lar smetalari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar hisobini olib borish uchun 211-«Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar» subschyoti tayinlangan. Bu aktiv subschyotdir. Pul mablag'lari, materiallar va boshqa ko'rinishdagi xarajatlar 21 l-«Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlan> subschyotining debetida qayd qilinadi, bu subschyotning kreditida esa yil davomida amalga oshirilgan xarajatlar umumiy summasining hisobdan chiqarilishi qayd qilinadi.
Xarajat qilingan materiallar summasiga quyidagi buxgalteriya pro­vodkasi tuziladi:
Debet 211 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar»- subschyoti;
Kredit 060-069-«Matenallar va oziq-ovqat mahsulotlari» subschyotlari.
Boshqa tashkilotlar tomonidan, maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlarga doir, bajarib topshirilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 211 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar» subschyoti;
Kredil 172 - «To'lovlaming maxsus turlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti yoki
Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub­schyoti.
Yil tugagandan keyin yil davomida amalga oshirilgan xarajatlarning umumiy summasi quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzish yo'li bilan hisobdan chiqariladi:
Debet 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlan> subschyoti;
Kredit 211 - «Maxsus mablag'lar bo‘yicha xarajatlar» subschyoti.
Maxsus mablag'lar bo'yicha daromadlami hisobga olish uchun 400-«Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyoti tayinlangan. Bu passiv subschyotdir. Hisoblangan daro-madlaming summalari 400-«Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyotining kreditiga yoziladi, bu sub-schyotning debetiga esa noto'g'ri yoki ortiqcha olinganligi sababli qaytarilgan summalar, yil davomida amalga oshirilgan maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar summalari va hisobdan chiqarilgan boshqa summalar yoziladi.
Bank muassasasidagi maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ida yilning oxiriga maxsus mablag'larning foydalanilmagan va keyingi yilga o'tadigan qoldiqlari bo'lganda hamda maxsus mablag'lar hisobidan amalga oshirilgan tugallanmagan hisob-kitoblar va maxsus mablag'lar hisobidan sotib olingan materiallaming qoldiqlari bo'lganda, 400-«Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyoti berkitilmaydi. Maxsus mablag'lar bo'yicha daromadlar va xarajatlarning analitik hisobi 294-shakldagi «Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobi kitobi»da yuritiladi. Unda daromadlarning harbir turi bo'yicha alohida-alohida analitik subschyotlar ochiladi. Bu kitobda maxsus mablag'larning muayyan turi bo'yicha kelib tushgan summalar va kelib tushgan daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar hisobga olinadi.
Ijara va kvartira haqi, transportda bajarilgan ishlar va boshqa ko'rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan summalarga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblaD> sub­schyoti;
Kredit 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyoti.
Yil davomida amalga oshirilgan xarajatlarning umumiy summasiga yilning oxirida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyoti;
Kredit 211 - «Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlan) subschyoti.
Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar hajmi uncha katta bo'lmagan budjet tashkilotlarida maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'idagi pul mablag'larining harakatiga doir operatsiyalarning hisobi 292-shakldagi kitobda yoki 292-shakldagi kartochkada yuritiladi. Unda bunday mablag'laming har bir turiga alohida-alohida subschyot ochiladi. Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar hajmi katta bo'lgan budjet tashkilotlarida esa maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'idagi pul mablag'larining harakatiga doir operatsiyalarning hisobi 3-memorial-order bilan birlashtirilgan 381-shakldagi yig'ma vedomostda yuritiladi. 211-«Maxsus mablag'lar bo'yicha xarajatlar» subschyoti bo'yicha xarajatlaming va 400-«Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyoti bo'yicha daromadlarning analitik hisobi 294-shakldagi «Kassa va haqiqiy xarajatlar hisobi kitobi»da yuritiladi. Unda bunday mablag'laming har bir turi uchun alohida-alohida analitik subschyot ochiladi.
Topshiriqlar bo‘yicha summalar hisobi
Topshiriqlar bo'yicha summalarga doir operatsiyalarning hisobi uchun 110-«Topshiriqlarga doir summalar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti va 176-«Topshiriqlar bo'yicha xarajat qilishga olingan mablag'larga doir hisob-kitoblar» subschyoti xizmat qiladi. Ma’lum topshiriqlami bajarish uchun boshqa tashkilotlardan olinadigan pul mablag'lari 110-«Topshiriqlarga doir summalar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyotida qayd qilinadi, tashkilotlaming bergan topshiriqlarini bajarish uchun xarajat qilishga olingan mablag'lar bo'yicha tashkilotlar bilan hisob-kitoblar esa 176-«Topshiriqlar bo'yicha xarajat qilishga olingan mablag'larga doir hisob-kitoblar» subschyotida qayd qilinadi.
176-«Topshiriqlar bo'yicha xarajat qilishga olingan mablag'larga doir hisob-kitoblar» subschyoti passiv subschyotdir. Topshiriqlar bilan bog'liq xarajatlar uchun kelib tushgan mablag'lar bo'yicha tashkilotlar bilan hisob-kitoblar summalari 176-«Topshiriqlar bo'yicha xarajat qilishga olingan mablag'larga doir hisob-kitoblan> subschyotining kreditiga yoziladi, topshiriqlar bilan bog'liq amalga oshirilgan xarajatlar hamda mablag'larning ishlatilmagan qoldiqlari qaytarilishi 176-«Topshiriqlar bo'yicha xarajat qilishga olingan mablag'larga doir hisob-kitoblar» subschyotining debetiga yoziladi.
110-«Topshiriqlarga doir summalar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti bo'yicha operatsiyalaming hisobi 292-shakldagi kitobda yoki 292-a shakldagi kartochkada yuritiladi. Ularda topshiriqlaming alohida-alohida summalari bo'yicha subschyotlar ochiladi. 176-«Topshiriqlar bo'yicha xarajat qilishga olingan mablag'larga doir hisob-kitoblar» subschyoti bo'yicha hisob-kitoblaming analitik hisobi 292-shakldagi kitobda yoki 292-a shakldagi kartochkada yuritiladi. Ularda topshiriqlar bo'yicha mablag' olingan har bir tashkilotga alohida-alohida analitik subschyotlar ochiladi.
Depozit summalar hisobi
Depozit summalar 112-«Budjetdan tashqari boshqa mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyotida va 174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyotida hisobga olinadi. Tashkilot ixtiyoriga vaqtincha tushgan va ma'lum sharoitlar kelishi munosabati bilan qaytariladigan summalar 174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyotida hisobga olinadi. 174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyotining kreditiga tashkilotning ixtiyoriga vaqtincha kelib tushgan summalar yoziladi, depozit hisobvarag'idan berilgan yoki tayinlanishi bo'yicha o'tkazilgan summalar esa 174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblan> subschyo­tining debetiga yoziladi.
Depozit summalar kelib tushganida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 112 - «Budjetdan tashqari boshqa mablag'lar bo'yicha talab qilib
olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 174 - «Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyoti. Depozit summalar egalariga qaytarib berilganida quyidagi buxgal­teriya provodkasi tuziladi:
Debet 174 - «Depozit summalarga doir hisob-kitoblan> subschyoti;
Kredit112-«Budjetdan tashqari boshqa mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
Depozit summalar tayinlanishi bo'yicha depozit hisobvarag'idan budjetga o'tkazib berilganida quyidagi ikkita buxgalteriya provodkasi tuziladi;

  1. Debet 174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyoti; Kredil 173 - «Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti.

  1. Debet 173-«Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti;

Kredit 112 - «Budjetdan tashqari boshqa mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
112-«Budjetdan tashqari boshqa mablag'lar bo'yicha talab qilib olgungaqadardepozithisobvarag'i»subschyoti bo'yicha operatsiyalarning analitik hisobi 292-shakldagi kitobda yoki 292-a shakldagi kartochkada yuritiladi. Ularda topshiriqlarning alohida-alohida summalari bo'yicha analitik subschyotlar ochiladi.
174-«Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyoti bo'yicha analitik hisob 292-shakldagi kitobda yoki 292-a shakldagi kartochkada yuritiladi. Ularda saqlashga qabul qilingan depozit summalaming har biriga alohida-alohida subschyotlar ochiladi.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling