Bajarilgan va buyurtmachiga topshirilgan ilmiy-tadqiqotlar va konstruktorlik ishlari bo'yicha haqiqiy xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriyaprovodkasituziladi:
Debet 282 -«Shartnoma asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini sotish»
subschyoti; Kredit 082 -«Shartnoma asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining
xarajatlari» subschyoti. Shartnomalar asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini sotish natijasida olingan foyda summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 282 -«Shartnoma asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini sotish»
subschyoti; Kredit 410 - «Foyda va zararlan> subschyoti;
Experimental qurilmalarni tayyorlash xarajatlari hisobi
Davlat budjeti mablag'lari hisobidan ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun turli ekspermental qurilmalar(qurilmalar, mashina va asboblaming ko'rgazmanusxalari,sinovstendlarivaboshqalar)nitayyorlashgaqilingan xarajatlar 083-«Eksperimental qurilmalarni tayyorlash xarajatlari» subschyotida hisobga olinadi. Eksperimental qurilmalarni tayyorlash bilan bog'liq xarajatlar 083-subschyotning debetida qayd qilinadi, bu subschyotning kreditida esa eksperimental qurilmalarni tayyorlash bilan bog'liq haqiqiy xarajatlaming hisobdan chiqarilishi qayd qilinadi. Agar ishlar tamomlangandan keyin qurilma kirim qilinmasdan qismlarga ajratilsa, u holda bu haqda dalolatnoma tuziladi va qurilmani qismlarga ajratish natijasida olingan materiallar va asboblar foydalanish mumkin bo'lgan baho bo'yicha kirim qilinadi. Eskperimental qurilmalarni tayyorlash bo'yicha xarajatlaming analitik hisobi har bir eksperiment qurilma bo'yicha ko'p ustunli 283-shakldagi kartochkalarda yuritiladi.
Eksperimental qurilmalarni tayyorlash bilan bog'liq xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 083 - «Eksperimental qurilmalami tayyorlash xarajatlari» subschyoti; Kredit 060-«0‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materials
subschyoti; Kredit 063 - «Xo'jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti; Kredit 067 - «Boshqa material!™ subschyoti;
Kredit 069 - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlan> subschyoti; Kredit 175 - «Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblan>
subschyoti; Kredit 180 - «Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar» subschyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |