15-mavzu. Bank daromadlari va xarajatlari hisobi
Download 22.79 Kb.
|
11-MAVZU. BANK DAROMADLARI VA XARAJATLARI HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tijorat banklari operatsion xarajatlari turlari, ularni hisoblash va hisobga olish tartibi.
- Bank daromadlari va ularning turlari. Bankning foizli va foizsiz daromadlari, ularning hisobi.
15-MAVZU. BANK DAROMADLARI VA XARAJATLARI HISOBI.REJA: Bank daromadlari va ularning turlari. Bankning foizli va foizsiz daromadlari, ularning hisobi.Bank xarajanlari va ularning turlari. Bankning foizli, foizsiz va operatsion xarajatlari, ularning rasmiylatirilishi va hisobi. Tijorat banklari operatsion xarajatlari turlari, ularni hisoblash va hisobga olish tartibi.Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi. Tayanch so’z va iboralar:Sof foyda, bank daromadi, daromad manbalari, bank xarajati, Operatsion tsion xarajatlar, sof foyda, prezentasiya, sug’urta va soliqlar, foizli daromadlar, foizsiz daromadlar, foizli xarajatlar, taqsimlanmagan foyda. Bank daromadlari va ularning turlari. Bankning foizli va foizsiz daromadlari, ularning hisobi.Tijorat banklarining daromadlari mijozlarga qisqa va uzoq muddatlarga berilgan kreditlar bo‘yicha olinadigan foizlar, kreditlarning o’z muddatida qaytarilmagani uchun mijozlardan shartnomada ko’rsatilgani bo’yicha olinadigan yuqori stavkadagi foizlardir. Banklarning bu daromadlari barcha daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, tijorat banklari mijozlariga talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari, muddatli, jamg’armali depozit hisobvaraqlari, valuta va boshqa hisobvaraqlar ochadi va yuritadilar. Bu hisobvaraqlar bo’yicha operasiyalarni amalga oshirish jarayonida mijozlarga turli xil xizmatlar ko’rsatib tegishli ravishda haq oladilar. Bu xizmatlari uchun oladigan daromadlari ko’pincha tijorat banki va mijoz o’rtasida hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarga xizmat ko’rsatish to’g’risidagi o’zaro tuzilgan shartnomada belgilanadi. Shunday qilib, tijorat banklarning daromadlari va ularning manbalarini bank faoliyatiga qarab, tijorat banklari amalga oshiradigan operasiyalar nuqtayi nazaridan ko’rib chiqish mumkin. Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasiga asosan bankning barcha daromadlarini foizli, foizsiz va boshqa daromadlarga bo’lish mumkin. Banklarning daromadlarini hisobga olish uchun tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining 4-bo’limida bir qator asosiy va subhisobvaraqlar ochilgan. Hisobvaraqlar rejasidagi daromadlar bo’limining boshida quyidagi hisobvaraqlar keltirilgan: 40200 – O’zR. Markaziy bankidagi hisobvaraqlar bo’yicha foizli daromadlar Bu hisobvaraq o’z ichiga ikkita hisobvaraqni oladi: 40201 – O’zR. Markaziy bankning vakillik hisobvarag’i bo’yicha foizli daromadlar 40205 – Markaziy bankdagi depozitlar bo’yicha foizli daromadlar Tijorat banklarining eng katta daromad manbayi qisqa va uzoq muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlaridir. Banklarda kreditlar bo’yicha foizlar har kuni hisoblanadi va 16309 - «Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag’ida aks ettiriladi. Foizlar hisoblanganda, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya provodkasi bajariladi: Debet 16309 Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar Kredit 42xxx Mijozlarga berilgan qisqa muddatli kreditlardan olingan foizli daromadlar. 42xxx – hisobvarag’i to’liq ravishda qisqa muddatli kredit qanday korxona yoki shaxslarga berilganiga qarab konkret belgilanadi. Masalan, qisqa muddatli kredit xususiy korxona, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan bo’lsa, ularga foizli daromad hisoblansa, buxgalteriya provodkasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Debet 16309 Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar Kredit 42602 Xususiy korxona, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo’yicha foizli daromadlar Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. Debet 20208 – Xususiy korxona, xo’jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari Kredit 16309 – Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar Agan uzoq muddatli kredit yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan bo’lsa: Debet 16309 Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar Kredit 44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar bo’yicha foizli daromadlar. Tijorat banklari qisqa va uzoq muddatli kreditlardan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad ko’radi. Masalan, moliyaviy ijara, ya‘ni lizing bo’yicha, mijozlarning hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish bo’yicha, qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan Repo operasiyalari bo’yicha, bankning xususiy mulkini sotishdan va boshqa daromadlarni olishi mumkin. Tijorat banklari mijozlarning naqd pulsiz hisob-kitob operasiyalarini, jumladan inkasso operasiyalarini bajaradi. Inkasso operasiyalarini bajarganlik uchun haq to’langanda bu operasiya quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi asosida bajariladi: Debet 20200 – Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar Kredit 45257 – Mijozlarning inkasso operasiyalari bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlari uchun olingan daromadlar. Shunday qilib, biz bank daromadlari va ularni hisobga olish bo’yicha bir necha misollarni ko’rib chiqdik. Bank juda ko’plab operasiyalarni bajaradi va xizmatlar ko’rsatadi, buning natijasida daromad oladi. Banklarning daromadlari va ularning turlari bo’yicha operasiyalarni batafsil bilish uchun tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasini olib uning 4-bo’limini o’rganib chiqish tavsiya etiladi. Bunda to’lanadigan hisobvaraqlar debetlanadi, bankning tegishli daromad hisobvrag’i kreditlanadi. Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling